Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti toshkent moliya instituti
Raqamli iqtisod va elektron tijorat bo‘yicha o‘quv kurslari
Download 2.84 Mb.
|
Raq iqt-УКУВ КУЛ-ТДИУга-лат-16.03.2020
- Bu sahifa navigatsiya:
- Яндекс.Практикум
- Яндекс
- Python
- S7 TechLab
- Oliy Iqtisod maktabi
2.Raqamli iqtisod va elektron tijorat bo‘yicha o‘quv kurslari
MGIMO va Rossiya oliy iqtisodiyot maktabida 2019 yil bahoridan boshlab raqamli iqtisodiyot asoslari va uning huquqiy masalalari bo‘yicha mashg‘ulotlar tashkil qilingan. Bu mashg‘ulotlar davomida Sberbank mutahassislari talabalarga katta ma’lumotlar (BigData) va Python tilida dasturlash asoslarini o‘rgatadilar. Yandex ham bu sohada orqada qolmadi va “Яндекс.Практикум” deb nomlangan ta’lim servisini ishga tushirdi. Har bir qiziquvchan va bilimli inson ushbu servis orqali turli hildagi IT-mutahassisliklarni o‘rganishi mumkin. Hozirgi kunlarda ushbu servis “front end mutaxassis”, “web-mutaxassis”, “ma’lumotlar analitigi”, “data injener”, “mashinaviy o‘qitish bo‘yicha mutaxissis” va “interfeyslar dizayneri” kabi yo‘nalisharda o‘qitish jarayonini yo‘lga qo‘ygan. To‘liq on-layn tarzda amalga oshiriladigan ta’lim jarayoni nazariya va amaliyotni o‘z tarkibiga olgan. O‘quv jarayoni oxirida har bir mutahassisda o‘z shahsiy loyihalar portfoliosi bo‘ladi. Ta’lim jarayoni mutaxassisliklarga bog‘liq ravishda o‘qish 6 oydan 9 oygacha davom etadi. Yakuniy attestatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tganlar «Яндекс» нингsertifikatini oladilar. «Яндекс» ning yana bir ta’limiy loyihasi Moskva fiziko-texnologik instituti (MFTI) bilan birgalikda amalga oshirilgan va u “Машинноеобучениеианализданных - Mashinaviy ta’lim va ma’lumotlar tahlili” deb ataladi. Dasturning saytida ko‘rsatilishicha, bu tizim ma’lumotlar tahlili bilan yaxshi tanish bo‘lmaganlar uchun mo‘ljallangan. O‘qishuchunmahsusbilimlartalabqilinmaydi, barchasinoldanboshlanadi. Ammo maktab kursi darajasida matematik statistika va Python dasturiy tili bilan tanish bo‘lishlilik ta’lim jarayonini ancha yengillashtiradi. Talim jarayoni to‘liq onlayn tarzda o‘tadi va sakkiz oy davom etadi. Ta’lim jarayoni tugaganidan so‘ng, MFTI ning malaka oshirish sertifikati beriladi. Yana bir onlayn ta’lim loyihasi “Школаданных” deb nomlanadi. Ushbu loyiha blokcheyn va katta ma’lumotlar (Big data) bo‘yicha amaliy kurslar taklif qiladi. «Big Data подготовительный»debnomlangankurskattama’lumotlar, mashinaviyta’limvasun’iyintellekthamdabutexnologiyalarniqandayqilibbiznesjarayonlargatadbiqqilishusullaribo‘yichabo‘yichaoltitadarsnio‘ztarkibigaoladi. Ammo bu kursda o‘qish uchun Python dasturlash tilini bilish kerak. O‘qitish haftasiga bir marta interaktiv seminarlar tarzida tashkil etiladi. Python dasturlash tilini yaxshi biladiganlar va “data sayentist” bo‘lmoqchi bo‘lganlar uchun mashinaviy ta’lim va ma’lumotlar analizini o‘rgatadigan intensiv kurs taklif etiladi. Undantashqari, S7 TechLab kompaniyasi (S7 Groupning qo‘shicha korxonasi) bilan birgalikda «Школаданных» va «Практическийблокчейн» deb nomlangan kurslar ham tashkil qilgan. Ushbu kurs dasturida bir qancha foydali ma’lumotlar beriladi, shu jumladan, blokcheyn texnologiyasi asoslari, kriptovalyutalar va ularning ko‘rsatgichlari, blokcheyndan foydalanishning muvaffaqiyatli holatlari tahlili va taqsimlangan reestr texnologiyalarining biznesda qo‘llanilishiga doir misollar. O‘quv jarayoni kuniga 2 soatdan 8 marta amalga oshiriladi. MGIMO biznes va halqaro kompetentsiyalar maktabi «Правовыеосновырегулированияновыхцифровыхтехнологий» deb nomlangan bir haftalik kursga tanlov e’lon qildi. Bukursdatalabalar quyidagi fanlarni o‘rganadilar: Blokcheyn texnologiyalarni tadbiq qilishning huquqiy asoslari; Sun’iy intellekt va big data; Kompaniya resurslarini tokenlashtirish; Raqamli texnologiyalar doirasida biznesni rivojlantirish; Kriptovalyutalar aylanishida moliyaviy hamda soliq nazorati va boshqalar. Moskva shaxridagiOliy Iqtisod maktabi (ВысшаяШколаЭкономики) ham masofaviy usulda amalga oshiriladigan 80 dan ortiq ta’lim dasturlarini taklif qiladi. 2019 yilda ma’lumotlar tahlili, mashinaviy o‘qitish va raqamli iqtisodiyot bo‘yicha ham dasturlar ishlab chiqildi. Masalan, «ЮристЦифровойЭкономики» va «Дизайнвцифровойсреде» dasturlarini bunga misol qilib keltira olamiz. Dasturlash bo‘yicha tajribasi bor insonlarga «Практическийанализданныхимашинноеобучение» ta’lim dasturini taklif qilish mumkin. Bu kurs bo‘yicha ta’lim oluvchilar mashinaviy o‘qitish usullari, neyron tarmoqlari va deep learning bo‘yicha ma’lumotlarni olishlari mumkin. Ta’lim jarayoni so‘ngida kurs ishtirokchilari ma’lumotlar tahlili bo‘yicha individual loyiha tayyorlaydilar. O‘qish muddati 5 oyni tashkil qiladi. O‘qish yakunida barcha ishtirokchilar Oliy Iqtisod maktabining malaka oshirish haqidagi sertifikatini oladilar. Download 2.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling