Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti toshkent moliya instituti
Download 2.84 Mb.
|
Raq iqt-УКУВ КУЛ-ТДИУга-лат-16.03.2020
Xomashyo materiallarni topish osonligi;
Printerlarni ishlatish nisbatan qulayligi; Ishonchlilik va yaratilayotgan ob’ektlarning mustahkamligi; Bajarilayotgan ishning ekologik talablarga jabob berishi; Fizik model yaratish jarayoning narxi unchalik qimmat emasligi. Xuddi shuning uchun ham 3D-printerlarda yasaladigan ob’ektlarning narxi boshqa usullarga nisbatan bir necha barobar arzon bo‘ladi. Shu tufayli 3D-printerlar quyidagi yo‘nalishlarda tobora keng miqyosda qo‘llanilayaptilar: Mashinasozlikda va ob’ektlarning prototiplarini yaratishda; Arxitektura yumushlarida va dizaynlashtirishda; Modellashtirishda hamda turli xildagi mashina va agregatlarni loyihalashda; Tibbiyotda va stomatologiyada turli xil organlarni yaratish va ularni sinab ko‘rishda; Muhandislik ishlarida turli xildagi uskuna va ob’ektlarning nushalarini hosil qilishda; Qurilishda va uning uchun kerakli bo‘lgan turli inter’erlar hamda exter’erlarni yaratishda; Kino va mul’tfilmlar ishlab chiqarishda personajlar yaratish va ularni suratga olishda; Avtomobilsozlik, samolyotsozli va kosmik sanoatda turli xil zahira qismlarni ishlab chiqish va ularni sinab ko‘rishda; Turli xildagi va ko‘rinishdagi zargarlik buyumlari ishlab chiqarishda; Bolalar uchun turli o‘yinchoqlar ishlab chiqarishda. Shuning uchun ham 3D-printerlar texnologiyalari yil sayin rivojlanib, qo‘llanilish sohasi tobora kengayib bormoqda. Ilmiy xodimlar turli xil inson organlarini ham 3D-printerda yaratish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar. Kosmik agentlik NASA esa fazogirlar uchun kerakli bo‘lgan turli xildagi ehtiyot qismlarni va ba’zi bir oziq-ovqat mahsulotlarini 3D-printerda yaratish ustida ilmiy izlanishlarni jadallashtirmoqdalar. Bir qancha avtomobilsozlik firma va samolyotsozlik kompaniyalari o‘zlari ishlab chiqarayotgan avtomobil va samolyotlarning bir qancha oddiyroq qismlarini xozirdayoq 3D-printerlarda yasayaptilar hamda bundan katta iqtisodiy samara ko‘rayaptilar. Gollandiyada esa 3D-texnologuya asosida uylar qurishga tayyorgarlik qilinayapti. Yuqorida aytilganlardan kelib chiqqan xolda, shuni ta’kidlash mumkinki, raqamli3D-texnologiya har qanday ishlab chiqarish jarayonining samarasini bir necha barobar oshirish imkonini yaratadi hamda individual buyurtma asosida turli xildagi sanoat mahsulotlarini arzon narxlarda ishlab chiqarishga imkon beradi (on-demand-production). Xuddi shuning uchun ham bunday texnologiyalarni O‘zbekiston sharoitida ishlab chiqarishga keng tadbiq etish katta iqtisodiy samara beradi deyish mumkin. 3D-printerlarning oziq-ovqat sanoatida ishlatilishiga bir misol sifatida AQSH ning Kornel universiteti ilmiy xodimlari tomonidan ishlab chiqilgan «Solid Freeform Fabrication» texnologiyasini keltirish mumkin. Bunda xomashyo sifatida oziq-ovqat sanoatida qo‘llaniladigan gidrofil polimerlar ishlatilib, ular vositasida sun’iy shokolad, pechen’e, olma, sir, zefir, non va boshqa mahsulotlarni 3D-printer yordamida xosil qilish mumkin bo‘ldi. Xozirgi paytda plastikdan, gipsdan, mumdan, fotopolimerdan va metalldan turli xildagi modellar yasay oladigan 3D-printerlar ham mavjud. Agarda sizni 3D-printerlar bo‘yicha ma’lumotlar qiziqtirsa yoki 3D-informatsion model olishni juda ham istasangiz, info@vektorus.ruelektron manziliga muroja’at qilishingiz mumkin. Misol sifatida 3D-printerning tasvirini quyida keltiramiz: Download 2.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling