Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti toshkent moliya instituti
Download 2.84 Mb.
|
Raq iqt-УКУВ КУЛ-ТДИУга-лат-16.03.2020
- Bu sahifa navigatsiya:
- Texnologik park
- Biznes-inkubator
Injiniring firmalari – bir tomondan ilmiy izlanishlarni loyihalar bilan, ikkinchi tomondan, yangiliklarni ishlab chiqarish bilan o‘ziga xos ravishda bog‘lab turadigan tashkilotlardir. Injiniring faoliyati bilan mashg‘ul firmalar turli xil ishlab chiqarish korxonalarini yaratish, loyihalashtirish, hizmat ko‘rsatish, ishlab chiqarish jarayonlarini optimal ravishda tashkil qilish bilan shug‘ullanadilar.
Raqamli innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlaydigan tuzilmalar ichida texnoparklar ham alohida ahamiyatga ega bo‘lib, ular asosiy va aylanma fondlarni, investitsiyalarni va intellektual zahiralarni innovatsion hizmatlarga aylantiradilar. Katta texnoparklar texnopolislar deb atalsa, juda ham kattalari qandaydir raqamli innovatsion yo‘nalishga ega bo‘lgan va katta xududlarni egallagan ilmiy-texnikaviy xududlar (regionlar) deb nomlanadi. Texnopark tuzilmalarini murakkabligi oshib borishi ketma-ketligida joylashtirsak, quyidagini olamiz: inkubatorlar, texnologik parklar, texnopolislar, fan va texnologiya xududlari (regionlari). Texnologik park – ancha murakkab funktsional tuzilmaga ega bo‘lgan ilmiy ishlab chiqarish xududiy kompleksi bo‘lib, uning asosiy vazifasi - kichik va rivojlanishi ilm-fan talab qiladigan mijoz firmalarga iloji boricha qulay bo‘lgan sharoitlar yaratishdir. Texnoparkning tuzilmaviy birligi innovatsiyalar markazi hisoblanadi. Eng keng ko‘lamda tarqalgan markazlarga ilmiy izlanish markazi, biznes-inkubator, ilmiy-texnologik kompleks (innovatsion markaz), ishlab chiqarish zonasi, marketing markazi va o‘quv markazi kiradi. Ushbu har bir markaz o‘ziga mos bo‘lgan hizmatlar turini amalga oshirib beradi. Biznes-inkubator ko‘p funktsiyali murakkab kompleks bo‘lib, keng ko‘lamdagi raqamli innovatsion hizmatlar ko‘rsatadi. Innovatsion firma o‘z texnologik yo‘nalishiga bog‘liq ravishda inkubatordan xonalari (yoki uskunalarni) ijaraga olib, uning innovatsion hizmatlaridan foydalanadi. Mijoz firmaning inkubatsion davri 2 yildan 5 yilgacha bo‘lishi mumkin. Shundan so‘ng u inkubatorni tark etib, mustaqil faoliyat ko‘rsata boshlaydi. Texnopolis alohida shahar asosida tashkil qilingan bir butun ilmiy ishlab chiqarish tuzilmasi bo‘lib, uning iqtisodiyotida texnopark va inkubatorlar sezilarli o‘rin egallaydi. Ilmiy markazlarda ishlab chiqilgan yangi mahsulot va texnologiyalar shaharning iqtisodiy-ijtimoiy muammolarini hal qilish uchun ishlatiladi. Texnopolislar rivojlangan raqamli innovatsion tuzilmalar bolgan yangi yoki qaytadan qurilayotgan shaharlarda tashkil qilinishlari mumkin. Download 2.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling