Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti toshkent moliya instituti


Download 2.84 Mb.
bet58/176
Sana02.06.2024
Hajmi2.84 Mb.
#1838135
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   176
Bog'liq
Raq iqt-УКУВ КУЛ-ТДИУга-лат-16.03.2020

2-qadam:Blok simvollari yordamida jadval to‘ldiriladi va bu jadvalda simvolning tartib raqami uchun ma’lum bir joy ajratiladi.
3-qadam:Jadvaldagi simvollarni o‘qish marshrutlarning biri bo‘yicha amalga oshiriladi. Marshrutlar sonining oshishi shifr kriptoturg‘unligini oshiradi. Marshrutlar ketma-ket tanlanadi yoki ularning navbatlanishi kalit yordamida beriladi.
4-qadam:Simvollarning shifrlangan ketma-ketligi belgilangan Luzunlikdagi bloklarga ajratiladi. Lkattalik birinchi qadamda dastlabki informatsiya bo‘linadigan bloklar uzunligidan farqlanishi mumkin
Ma’lumotlarni rasshifrovka qilish esa teskari tartibda amalga oshiriladi.Kalitga mos xolda marshrut tanlanadi va bu marshrutga binoan jadval to‘ldiriladi. Jadvaldan simvollar element nomerlari kelishi tartibida o‘qiladi.
Misol:
Dastlabki matnТ0 = <ЎРИНАЛМАШТИРИШUSULИ> ni shifrlash talab etilsin. Kalit va shifrlangan bloklar uzunligi mos xolda quyidagilarga teng:
К = <2,1,1> L = 4
Shifrlash uchun mahsus jadval va ikkita marshrutdan foydalaniladi. Berilgan shartlar uchun matritsalari to‘ldirilgan marshrutlar grafik ko‘rinishda ifodalanadi. Amaliyotda o‘rin almashtirish usulini amalga oshiruvchi mahsus shifrlovchi va deshifrlovchi apparat vositalar ishlatiladi. O‘rin almashtirish usullarining amalga oshirilishi sodda bo‘lsada, ular ikkita jiddiy kamchiliklarga ega. Birinchidan, bunday shifrlashni statistik usullar yordamida fosh qilish mumkin. Ikkinchidan, agar dastlabki matn uzunligi Кsimvollardan tashkil topgan bloklarga ajratilsa, shirfni fosh qilish uchun shifrlash tizimiga bittasidan boshqa barcha simvollari bir xil bo‘lgan matn informatsiyasining К-1blogini yuborish kifoya.
Shfrlashning analitik usullari
Matritsa algebrasiga asoslangan shifrlash usullari eng ko‘p tarqalgan. Bunda dastlabki informatsiyaning Вk = ( bj ) vector ko‘rinishida berilgank – blokini shifrlash А = ( аij) matritsa kalitni Bk vektorga ko‘paytirish orqali amalga oshiriladi. Natijada Сk = ( ci) vector ko‘rinishidagi shifromatn bloki hosil qilinadi. Bu vektorning elementlari сi = ifodasi orqali aniqlanadi.Informatsiyani rasshifrovka qilish Сk vektorlarni А matritsaga teskari bo‘lgan А matritsaga ketma-ket ko‘paytirish orqali aniqlaniladi.
Shirflashning additiv usullari
Shifrlashning additiv usullariga binoan dastlabki informatsiya simvollariga mos keluvchi raqam kodlarining ketma-ketligigamma deb ataluvchi qandaydir simvollar ketma-ketligiga mos keluvchi kodlar ketma-ketligi bilan ketma-ket jamlanadi. Shu sabali, shifrlashning additiv usullari gammalsh deb ham ataladi. Ushbu usullar uchun kalit sifatida gamma ishlatiladi. Additiv usullarning kriptoturg‘unligi kalit uzunligiga va uning statistik ko‘rsatgichlarining tekisligiga bog‘liq. Agar kalit shifrlanuvchi simvollar ketma-ketligidan qisqa bo‘lsa, shifromatn kriptoanalitik tomonidan statistik usullar yordamida rasshifrovka qilinishi mumkin. Kalit va dastlabki informatsiya uzunliklari qanchalik farq qilsa, shifromatnga muvaffaqiyatli hujum ehtimolligi ham shunchalik ortadi. Agar kalit uzunligi shifrlanuvchi informatsiya uzunligidan katta bo‘lgan tasodifiy sonlarning davriy bo‘lmagan ketma-ketligidan iborat bo‘lsa, kalitni bilmasdan turib, shifromatnni rasshifrovka qilish amaliy jihatdan mumkin emas. Amaliyotda asosini psevdotasodifiy sonlar generatorlari (yoki datchiklari) tashkil etgan additiv usullar eng ko‘p tarqalgan va samarali hisoblanadi. Bunday generatorlar psevdotasodifiy sonlarning cheksiz ketma-ketligini shakllantirishda nisbatan qisqa uzunlikdagi dastlabki informatsiyadan foydalaniladi. Psevdotasodifiy sonlar ketma-ketligini shakllantirishda kongruent generatorlardan ham foydalaniladi. Bu toifaga mansub generatorlar sonlarning shunday psevdotasodifiy ketma-ketliklarini shakllantiradiki, ular uchun generatorlarning davriyligi va chiqish yo‘li ketma-ketliklarining tasodifiyligi kabi asosiy ko‘rsatgichlarini qat’iy matematik tarzda ifodalash mumkin. Bunday generatorlarni apparat yoki dasturiy vositalar yordamida osonlik bilan yaratish mumkin.
Shifrlashning kombinatsiyalangan usullari
Qudratli komp’yutarlar, tarmoq texnologiyalari va neyronli hisoblash tizimlarining paydo bo‘lishi xozirgacha umuman fosh qilinmaydi deb hisoblangan kriptografik tizimlarning obrusizlantirilishiga sabab bo‘ldi. Bu esa o‘z navbatida yuqori turg‘unlikka ega bo‘lgan kriptotizimlarni yaratishni taqozo qildi. Bunday kriptotizimlarni yaratish usullaridan biri shifrlash usullarning kombinashiyalangan tartibda qo‘llanilishidir. Quyida eng kam vaqt sarf qilgan xolda kriptoturg‘unlikni jiddiy ravishda oshirish imkonini beruvchi shifrlashning kombinatsiyalangan usuli haqida gap boradi. Shifrlashning ushbu kombinatsiyalangan usulida ma’lumotlarni shifrlash ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda ma’lumotlar standart usul (masalan, DECusuli) yordamida shifrlansa, ikkinchi bosqichda shifrlangan ma’lumotlar ikkinchi bor mahsus usul bo‘yicha qayta shifrlanadi. Mahsus usul sifatida ma’lumotlar vektorining elementlarini noldan farqli bo‘lgan son matritsasiga ko‘paytirishdan foydalanish mumkin. Gammalashni qo‘llashda agar shifr gammasi sifatida raqamlarning takrorlanmaydigan ketma-ketligi ishlatilsa, shifrlangan matnni fosh qilish juda ham qiyin bo‘ladi. Odatda shifr gammasi har bir so‘z uzunligidan katta bo‘lsa va dastlabki matnning hech qanday qismi ma’lum bo‘lmasa, shifrni faqat to‘g‘ridan-to‘g‘ri saralash orqaligina fosh qilish mumkin. Bunda kriptoturg‘unlik kalit o‘lchami orqali aniqlanadi. Shifrlashning bu usulida ko‘pincha himoya tizimining dasturiy ko‘rinishda amalga oshirilishida foydalaniladi va shifrlashning bu usuliga asoslangan tizimlarda bir soniyada ma’lumotlarning bir nacha yuz kilobaytini shifrlash imkoniyati mavjud. Rasshifrovka qilish jarayoni – kalit ma’lum bo‘lganda, shifr gammasini qayta generatsiyalash va uni shifrlangan ma’lumotlarga singdirishdan iboratdir.

Download 2.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling