Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti toshkent moliya instituti
Elektroenergetikada sun’iy intellektning qo‘llanilishi
Download 2.84 Mb.
|
Raq iqt-УКУВ КУЛ-ТДИУга-лат-16.03.2020
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlab chiqarishda sun’iy intellekt
- Logistikada sun’iy intellekt 2018 yilning may oyida mahsulotlarni ekspress usulda yetkazib beruvchi logistika kompaniyasi xamda IBM
Elektroenergetikada sun’iy intellektning qo‘llanilishi
Loyihalash darajasida: energoresurslar generatsiyasini va unga talabni bashorat qilish, energiya generatsiya qiladigan jihozlarning ishonchliligini chamalash, talab ko‘payib ketganda generatsiyani ko‘paytirish; Ishlabchiqarishda: uskunalarningprofilaktikremontini optinallashtirish, generatsiyaning samaradorligini oshirish, yo‘qotishl;arni kamaytirish va energoresurslarning o‘g‘irlanishini kamaytirish; Mahsulotni bozorda realizatsiya qilishda: Kunning vaqtiga bogliq ravishda narxlarni o‘zgartirish va dinamik tarifikatsiya. Hizmatko‘rsatishdarajasida: eng foydali yetkazib beruvchini avtomatik ravishda tanlash, iste’molning to‘liq statitikasini tuzish, mijozlarni avtomatik ravishda saqlash, energiya ta’minotini mijozning odatlari va xulq-atvoriga bog‘liq ravishda optimallashtirish. Ishlab chiqarishda sun’iy intellekt Loyihalash jarayonida: yangi mahsulotlar yaratish samaradorligini oshirish, mehsulot yetkazib beruvchilarni avtomatik ravishda baholash, detallar va extiyot qismlarga bo‘lgan talablarni baholash; Ishlab chiqarish jarayonida: turli xildagi masalalarning bajarish jarayonini mukammallashtirish, yig‘uv liniyalarini avtomatlashtirish, xatolar sonini kamaytirish va xomashyo yetkazish vaqtini kamaytirish. Mahsulotni bozorda realizatsiya qilishda: baholash jarayonini boshqarish, xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq xizmatlar hajmi bashoratini amalga oshirish. Hizmat ko‘rsatish jarayonida: transport vositalari parki marshrutlarini rejalashtirishi mukammallashtirish, avtopark resurslarini boshqarish va xizmat ko‘rsatuvchi injenerlarni tayyorlash sifatini oshirish. Logistikada sun’iy intellekt 2018 yilning may oyida mahsulotlarni ekspress usulda yetkazib beruvchi logistika kompaniyasi xamda IBM “Logistikada sun’iy intellekt” deb nomlangan hisobot taqdim etishdi. Ushbu hisobotda sun’iy intellektning logistikada qo‘llanilish imkoniyatlari chamalanadi va bu industriyani zamonaga mos ravishda o‘zgartirish bo‘yicha, yangi turdagi logistic aktivlar yaratish bo‘yicha va logistikada intellektual operatsion tizimlar yaratish bo‘yicha bir qancha g‘oyalar ilgari suriladi. DHL va IBM sun’iy intellektdan foydalanganda logistika tarmog‘I liderlari qanday imkoniyatlarga ega bo‘lishlari mumkinligini ham tushutirib o‘tganlar. Ularning fikrlaricha, hozirgi davrda logiastika uchun eng ma’qul, arzon va maqsadga muvofiq zamonaviy texnologiya bu sun’iy intellekt texnologiyasidir. Shu kunlarda sun’iy intellekt texnologiyasi allaqachon mijozlar tomonidan ishlatilishi boshlangan. Tovushni taniy oladigan virtual elektron yordamchilardan foydalangan holdagi ilovalarning ommabopligi tobora oshishi bunga yaqqol misol bo‘la oladi. DHL va IBM tomonidan sohadagi muammolarni o‘rganish natijasida mutaxassislar sun’iy intellekt texnologiyasining doimiy ravishda rivojlanishi logistika uchun hayotiy muhim bo‘lgan bir qancha qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishini bildiradilar. Masalan, ular logistic xizmatlar provayderiga mijozlar bilan interaktiv muloqot yordamida xizmatlar sifatini oshirishga va mahsulotlarni tezroq yetkazib berishga imkon beradi. Hozirgi davrda iqtisodiyotning boshqa ko‘pchilik tarmoqlari ham sun’iy intellektni kundalik biznes jarayonlariga keng qo‘llamoqdalar. Sun’iy intellekt texnologiyalari tasvirlarni tanib olish funktsiyalari va dialog interfeyslar vositasida ishlab chiqarish liniyalaridan foydalanishni va ishlab chiqarish jarayonini ham ancha soddalashtirishga imkon berayapti. Masalan, avtomobilsozlikda sun’iy intellect avtonom robot-avtomobilning oz-ozini orgatish imkoniyatlarini rivojlantirish uchun foydalanilishi mumkin. Bunday imkoniyatlar esa biznes olamini tubdan o‘zgartirish imkonini beradi. Shunday qilib, sun’iy intellektni qo‘llash bo‘yicha jahon miqyosida bir qancha yillarga davom etadigan trend hosil bo‘lgan va bu sohaga investitsiya qilish yaqin 15-20 yillar davomida foydali bo‘lib qoladi. Shuning uchun ham yaqin yillarda meditsina, kosmonavtika, iqtisodiyot, robotlashtirish, transport va boshqa soxalarda sun’iy intellektning tez sur’atlar bilan rivojlanishiga guvoh bo‘lishimiz mumkin. Download 2.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling