Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti toshkent moliya instituti


Download 2.84 Mb.
bet111/176
Sana02.06.2024
Hajmi2.84 Mb.
#1838135
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   176
Bog'liq
Raq iqt-УКУВ КУЛ-ТДИУга-лат-16.03.2020

Vositachilik modeli (Brokerage Model) – bu modelni ish faoliyatidan qat’i-nazar vositachi kompaniyalar ishatadilar. Masalan, internet auktsionlar (e-auction, Auction Broker), tarmoqli va mustaqil elektron birjalar (e-exchange, Market-place exchange), to‘lov tizimlari (Transaction Broker), aggregator-kompaniyalar, distribyuterlar (Distributor), ma’lumot axtaruv tizimlari (Search agent), virtual mo‘llar (cybermall, e-mall, Virtual Marketplace) va metavositachilar (Metamediary). Bularga misol sifatida quyidagi kompaniyalarni keltirishimiz mumkin: eBay, PayPal, GettTaxi, booking.com, Merchant Services at Amazon,CarsDirect, Priseline.com.

  • Reklama modeli (Advertising Model) – bunday modellar orasida reklamadan daromad olish modeli eng ommabop hisoblanadi. Internetda banner reklamasidan, kontekst reklamadan, videoreklamadan, animatsion reklamadan, rolilardan, suzib chiqadigan reklama va Pop-up reklama turlaridan yaxshi daromad qilish mumkin. Reklama modellarini turli sohalardagi kompaniyalar qo‘llaydilar, ammo uning bir qancha shartlari ham mavjud, shu jumladan, eng asosiysi trafik yuqori bo‘lishi kerak. Shuning uchun bu modeldan internet-portallar, e’lon doskalari (Classifields), qidiruv tizimlari (Search Agents), ijtimoiy tarmoqlar (Social Networking Services) kabilar foydalanadilar. Misol sifatida Yandex, Yahoo!, NY-Tymes, Google, VKontakte, Craigslist larni keltirishimiz mumkin.

  • Infovositachi modeli (Infomediary Model) -bunday biznes-modelni turli xil formatlardagi ma’lumotlarni, masalan, spravkalar, byulletenlar, yangiliklar, elektron-analitik hisobotlarni sotish bilan shug‘ullanadigan kompaniyalar ishlatadilar. Undan reklama tarmoqlari (Advertising Networks), marketing agentliklari (Audience Measurement Services), metavositachilar (Metamediary) kabilar foydalanadilar. Misol sifatidan Nielsen va DoubleClick larni keltirishimiz mumkin.


  • Download 2.84 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   176




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling