Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti toshkent moliya instituti


Raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratning rivojlanish yo‘nalishlari


Download 2.84 Mb.
bet142/176
Sana02.06.2024
Hajmi2.84 Mb.
#1838135
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   176
Bog'liq
Raq iqt-УКУВ КУЛ-ТДИУга-лат-16.03.2020

14.3. Raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratning rivojlanish yo‘nalishlari


Raqamli elektron iqtisodiyotning yaqin kelajakdagi rivojlanish yo‘nalishlaridan eng diqqatga sazovorlari Industriya 4.0 – Buymlar interneti, Virtual va To‘ldirilgan voqe’lik (VR va AR) hamda 3D-printerlar desak, aslo yanglishmagan bo‘lar edik. Hozirgi kunda internetga turli xildagi qurilmalardan kirishlar soni unga insonlarning kirishlari sonidan ko‘ra ko‘proq bo‘lib ketgan (Lavina dannix//Ogonyok, №24, 24 oktyabr 2016, str.4-5). „Aqlli uy“, „Xaydovchisiz avtomobil“, „Ishchilarsiz zavod“ va „Inson ishtirokisiz savdo“ deb nomlangan loyihalar barchaga ma’lum va mashxur. Gamburg dengiz portida IoT tizimi portga kelayotgan yuk mashnalari haqidagi ma’lumotlarni yig‘a va tahlil qila oladi. Buning natijasida portning o‘tkazuvchanlik qobiliyati 178% ga ko‘paygan. 2019-2020 yillarga kelib, IoT ning jahon bo‘yicha yillik o‘sish sur’ati 23% bolishi kutilgan holda, 2021 yilga kelibinternetga ulangan 28 milliard qurilmalardan 16 milliardi IoT bilan bog‘liq qurilmalar bo‘lishi bashorat qilingan. 2025 yilga kelib esa internetga uangan barcha datchiklar soni 10 trillion bo‘lishi kutilmoqda. IoT bozori eng katta bozorlardan biri bo‘lib, u yil sayin faqat qo‘paya boradi. 2020 yilga kelib bu bozorning hajmi €1,9 milliard evro bo‘lishi BCG konsulting kompaniyasi tomonidan ta’kidlanmiqda (Evans Philip, BCG, 2015, p.74).
Virtual voqe’lik (virtual realityv VR) va to‘ldirilgan reallik (augmented reality – AR) texnologiyalari ham kelajak trendlari bo‘lib, ular borgan sari ko‘proq ishlab chiqarishga tadbiq qilinmoqda. Virtual reallik texnologiyasi real dunyoni komp’yuter grafikasi vositasida yaratilgan virtual punyiga ko‘chiradi. To‘ldirilgan reallik texnologiyasi esa atrof-muxitdagi real dunyoni qo‘shimcha elementlar, ma’lumotlar va ob’ektlar bilan to‘ldiradi. Bunday texnologiyalar har bir hizmatchiga mashina va nexanizmlarning ichki tuzilishi ko‘rishga va ishlashini kuzatishga imkon beradi. Natijada ishchi va hizmatchilar ob’ektni yaxshiroq tushunish, boshqarish va undagi potentsiyal havflar va buzilishlarning oldini olishlari mumkin bo‘ladi. Masalan, BMW Group mutahassislari Miniavtomobillari markasi uchun mashina dvigatelining nosozliklarini aniqlashga imkon beradigan to‘ldirilgan reallik ko‘zoynaklarini yaratdilar. Bunday ko‘zoynaklar yordamida motorning ishini rangli uch o‘lchamli tasvirda ko‘rish va ta’mirlashlash uchun instruktsiyalarni olish mumkin (Ryussman Maykl, Ishchilar va robotlar uchun ish joylari, BCG, 2015, p.47). AR va VR texnologiyalarning yana boshqa faol qo‘llanilish soxalariga ta’limni, muzeylar faoloyatini va vistavkalar taskil qilishni kiritish mumkin. Digi Capital kompaniyasining baholashiga ko‘ra, 2020 yilga kelib, to‘ldirilgan reallik bozorining hajmi $90 milliard dollarga yetar ekan. Goldman Sacks ning bashoratlriga ko‘ra esa 2025 yilga kelib, to‘ldirilgan reallik dasturiy ta’minotining sotuv hajmining o‘zi $9 milliard dollarga yetar ekan (Texnoligiya va tarix//RBK, 15 iyul 2016 yil. №125(2381)). 2015 yilda Apple va dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchi kompaniya RTS to‘ldirilgan voqe’lok texnologiyalarini rivojlantirish uchun katta miqdorda investitsiyalar qilidilar – Applekompaniyasi Metaio kompaniyasini sotib oldi, RTS esa $65 million dollarga Vuforia kompaniyasini harid qildi. To‘ldirilgan voqe’lik qurilmalarini sotish bo‘yicha Microsoft kompaniyasi ham mablag‘ ishlab olish maqsadida mahsus HoloLens ko‘zoynaklarini sotuvga chiqardi. VR va AR texnologiyalari bilan Facebook ham faol ravishda qiziqmorda. Masalan, bu kompaniya virtual voqe’lik shlyomlarini ishlab chiqaradigan kompaniya Oculus ni $2 milliard ollarga sotib oldi. Virtual voqe’lik shlyomlarini ishlab chiqaradigan kompaniyalarga misol qilib quyidagilarni keltirishimiz mumkin: Samsung, Sony, Microsoft va boshqalar. Hozirgi davrda bitta virtual voqe’lik loyihasini amalga oshirish narxi 1-10 million rubl atrofida bo‘lishi tahmin qilinadi. IDC kompaniyasining baholoviga ko‘ra, AR va VR bozorining umumiy hajmi 2020 yilga kelib$162 milliard dollar bo‘lishi mumkin ekan. Kelajakdagi eng perspektiv texnologiyalar sirasiga esa aralash voqe’lik texnologiyalarini yoki gibrid voqe’lik texnologiyalarini kiritishimiz mumkin.
3D-printerlar ham Industriya 4.0 ning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu texnologiyani amaliyotda „additiv texnologiyalar“ deb ham yuritiladi, 3D-pechatning ishlab chiqarishda ishlatilishi esa „additive manufacturing“ (AM) deb nomlangan. Ushbu usulning boshqalaridan farqi shundaki, kerakli mahsulot uni qavatma-qavat turli materiallarni (metallni, plastikni, gipsni, kompozir materiallarning kukunlarini) ishlatgan holda ko‘p marotabalab chop qilinib hosil qilinadi. Bunday ko‘p qavatli pechat usuli istalgan murakkablikdagi detallarni svarkasiz, ulovlarsiz va butlovchi qismlarsiz tezkorlik bilan yaratish (yasash) imkonini beradi. 3D-texnologiya aviatsiyada, avtomobilsozlikda, meditsinada, stomatologiyda, maishiy sohada, mahsus qurilmalar yasashda va boshqa yo‘nalishlarda murakkab detallarni tez va arzon yaratishda ishlatilishi mumkin. 3D-printerlar yangi mexanizmlarning prototiplarini yaratishda va tayyor mexanizmlarning modellarini yasashda hamda ularni real sharoitlarda tekshirib ko‘rishda ham ishlatilishi mumkin. Additiv texnologiyalarning boshqa afzalliklariga ishlab chiqarish tsiklining kamayishini, transport harajatlarining pasayishini, zakaz uchun mahsulotning kichik-kichik partiyalarini chiqara olishni ham ko‘rsatish mumkin. Kelajakda 3D-printerlar ishlab chiqarish modelini o‘zgartirib, ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarni bir-birlariga yaqinlashtirish uchun ham hizmat qilishi mumkin. Bu ayniqsa seriyali ishlab chiqarish va kichik partiyada mahsulotlar ishlab chiqarishda katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Bunday turdagi ishlab chiqarish maqkazlashmagan ishlab chiqarish degan nomni olgan – distributed manufacturing (Zaxarov A. 3D-ishlab chiqarish//RBK, yanvar-fevral 2017. Str.21).
Hozirgi zamonda robototexnikaning evolyutsiyasi shunga olib keldiki, endi ular nafaqat oddiy operatsiyalarni bajara oladilar, balki ular insonlarning ovozlarini taniy oladilar, harakatlarini kuzata oladilar va sun’iy intellektga egadirlar. Bular hodimlar va ishchilar bilan birgalikda ishlay oladigan avtonom robotlaridir. ABB firmasining YuMI deb nomlangan poboti mahsulot mahsulot yig‘ish konveerida boshqa ishchilarning qo‘llari konturlarini va yig‘ilayotgan mahsulotning tarkibiy qismlarini taniy oladi. Kaliforniya shtatidagi Tesla avtomobillari zavodida 160 nafar universal ishlab chiqarish robotlari haftasiga 400 ta avtomobil yig‘adilar. Robototexnika halqaro federatsiyasining ma’lum qilishicha 2000-2012 yillarda ishlab chiqarish robotlarining sotish hajmi 60% dan ortiqroq miqdorga o‘sdi (Ford M. Robotlar hujum qilayaptilar. M.: Alpina non-fikshn, 2016. str.21). Yaponiyada esa robotlar hizmat qiladigan mehmonhonalar juda ommabop hisoblanadi. Bu yerlarda robotlar ovqat pishiradilar, idish yuvadilar, yig‘shtiradilar, kofe tayyorlaydilar, yo‘lovchilarga yordam ko‘rsatadilar. Misol sifatida yaponiyaning sushi-restoranlar tarmog‘i Kura ni keltirish mumkin. Unda robotlar sushi pishirishga yordam beradilar, ofitsiyantlar hizmatini qiladilar, hisob varaqlari tayyorlaydilar va boshqa amallarni bajaradilar. Avtomatlashtirishga asoslangan tizimga o‘tish tufayli Kura bir tarelka sushining narxini bir dollargacha tushirishga mufaffaq bo‘ldi, bu esa raqobatchilar oldida katta afzallillarga erishishga imkon berdi. (http://www.nytimes.com/2010/12/31/business/global/31sushi.html). Shu turdagi boshqa robotlarga misol sifatida ikki o‘lchamli ko‘rish tizimiga ega bo‘lgan robot Rethinkni, yuk tashuvchi robot Industrial Perseption larni keltirishimiz mumkin. Robotlar uchun mo‘ljallangan operatsion tizimlar [ROS (Robot Operating Systems)] Stenford Universitetining sun’iy intellekt laboratoriyasida ishlab chiqilgan. Keyinchalik bu tizimni to‘laqonli robototexnik platformaga aylantirish Willow Garage, Inc. kompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan. ROS ochiq kodli va tekin dasturiy ta’minot hisoblanadi. Soha bo‘yicha mutahassislarning fikrlaricha, 2025 yillarga kelib, robotlar ommaviy ravishda hayotga tadbiq qilina boshladilar va bu is samaradorligini 25% ga oshiradi(Ford M. Robotlar hujum qilayaptilar. M.: Alpina non-fikshn, 2016. str.31). Uchuvchisiz qurilmalar (dronlar) ni ham tijoriy maqsadlarda ishlatish yuklarni tashish bo‘yicha logistik operatsiyalarni, aerofotos’emkalarni, qurilish boshqaruvini va videokontentlar tayyorlashni avtomatlashtirishga yordam beradi. Markets&Markets kompaniyasining ma’lumot berishicha, 2020 yilga kelib, dronlar bozorining hajmi $5,6 milliard dollarga yetadi va yillik o‘sish miqdori 32% dan kam bo‘lmaydi. BI Intelligence kompaniyasi baholoviga ko‘ra esa 2021 yilda dronlar bozori hajmi $12 milliard dollarga yetadi. Dronlardan foydalanish UPS, DHL, Amazon va Facebookkompaniyalariga logistika zanjirlarini yanada mukammallashtirishga va rivojlantirishga imkon beradi (PwC, Osipov I. Dronlar – yetkazib beruvchilar//RBK, yanvar-fevral 2017.str.32-33).
Ushbu kitobda ko‘rib o‘tilgan masala va muammolarga o‘ziga xos hulosa tariqasida raqamli texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha kelajak trednlari va bizning kamtarona takliflarimiz sifatida quyidagilarni ko‘rsatib o‘tishimiz mumkin:
Hulosa va takliflar
Davlatimizning raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlari information texnologiyalar va elektron hujjat aylanishi sohasida bir qancha yangi samarali yo‘nalishlar hosil bo‘lishiga olib keladi. Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishiga asosiy turtkilardan biri bo‘lib, jahon miqyosidagi internet tizimining barqaror ishlashi va sifatli aloqaning mavjudligi sabab bo‘ldi. Bu imkoniyatlar natijasida katta hajmdagi ma’lumotlarni almashinishni amalga oshirilishi hamda ularni saqlash va qayta ishlash mumkin bo‘ldi. Bu esa o‘z navbatida aniqroq bashorat qilish, asoslangan yechimlar qabul qilish hamda hisoblash imkoniyatlaridan unimli foydalanishga yo‘l ochadi. Bunday ishlarni amalga oshirish uchun esa global information platformalar ko‘rinishidagi infratuzilma talab etiladi, albatta. Ammo bunda bir qancha tavakkalchiliklarga duch kelish ehtimoli vujudga keladi, shu jumladan, ma’lumotlarni yo‘qotish ehtimolligi, biznesni yoqotib qo‘yish ehtimolligi, ish joylarining kamayib ketishi, havfsizlikka putur yetishi va modernizatsiya qilish zaruriyati. Bu muammolarni iloji boricha tez hal qilish kerak bo‘ladi, aks holda kechikich, katta zararlarga olib kelishi mumkin. Chunki boshqa rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiyot faol ravishda va tezkorlik bilan elektron ko‘rinishga o‘tkazilmoqda. Iqtisodiyotni raqamlashtirishda quyidagi savollarga alohida ahamiyat berish kerak bo‘ladi:

  • Iqtisodiyotni raqamlashtirsh qanday natijalarga olib keladi?

  • Bunday yangi sharoitlarda harakat dasturi qanday bo‘lishi lozim?

  • Iqtisodiyotni raqamlashtirishda nimalarga asosiy diqqat-e’tiborni qaratish kerak?

Kelajak nuqtai-nazaridan raqamli iqtisodiyotni qanday tasavvur qilish mumkin? Fikrimizcha, bu ob’ektiv jayon bo‘lib, uni to‘xtatib turishga bizda imkon yo‘q. Ammo har qanday rivojlanayotgan jarayon singari, unda ham ijobiy hamda salbiy tomonlar mavjud. Eng birinchi navbatda raqamli iqtisodiyotning rivojlanish va qo‘l mehnatini texnologiyalar bilna almashtirilishi hisobiga ish o‘rinlari ancha miqdorga kamayadi. Ijobiy tomonlar esa qulaylikning vujudga kelishi, ishlab chiqarish unumdorligining oshishi, oldin hayolga ham kelmagan yangi imkoniyatlarning paydo bo‘lishidir. Ammo asosiy muammo bunda ham emas, muammo inson bilan bog‘liq – inson ham bunday global o‘zgarishlarga tayyormi? Ilg‘or texnologiyalar katta siyosiy g‘alayonlar, to‘qnashuvlar, misli ko‘rilmagan tabaqalanishlar, millatchilik, tushunmovchiliklar va inqiloblarga olib kelmaydimi? Robotlar va sun’iy intellekt tizimlari insonlar o‘rnini egallab olib, ularning raqobatchilariga aylanmaydimi? Chunki raqamli transformatsiya insoniyat evolyutsiyasining yana bir bosqichidir. Agar tarixga nazar solsak, bunday o‘zgarishlar ko‘p martalab sodir bo‘lgan. Yangi texnologiyalar hosil bo‘lib, ular odatiy mutaxassisliklarning o‘rning egallaganlar. Ammo bularning natijasida insonlar ko‘pchilik xollarda manfaat ko‘rganlar holos. Moslasha olmaydiganlar uchungina bunday jarayonlar yomon bo‘lib chiqqan, albatta. Lekin, ko‘pchilik insonlar moslasha oladilar va buning natijasidan insoniyat hayoti yanada farovon va yanada yaxshi bo‘lib boraveradi. Endi yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, hulosa sifatida kriptovalyutalar bilan bog‘liq bir qancha taklif va mulohazalarni yoritib o‘tamiz. Pullarni har kim va har kuni ishlatishiga qaramay, pul nima o‘zi? - degan savolga ko‘pchilik insonlar to‘g‘ri javob bera olmaydilar. Pulni absolyut ko‘pchilik insonlar qandaydir intuitiv ravishda tushunadi va bu ularning pullar bilan bemalol foydalanishlariga unchalik xalaqit bermaydi. Ammo,
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling