Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti toshkent moliya instituti


Download 2.84 Mb.
bet148/176
Sana02.06.2024
Hajmi2.84 Mb.
#1838135
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   176
Bog'liq
Raq iqt-УКУВ КУЛ-ТДИУга-лат-16.03.2020

AD frequency – unikal foydalanuvchuga reklamaning urtacha ko‘rsatish soni.
AD impressions–reklamaning foydalanuvchilar ko‘rgan soni.
AD reach – unikal foydalanuvchilarning reklamani ko‘rgani soni.
AD exposure – reklamaning umumiy ko‘rsatilgan soni.
AIDMA-tsikl–diqqat-qiziqish-hoxish-motiv-harakat
ARPU (Average revenue per user) -
Anonimlilik1 - pul mablag‘lariga anonim jihatdan (egasi ko‘rsatilmagan xolda) egalik qilish va ulardan foydalanishning anonimliligi (bunga tranzaktsiyalar ham kiradi)
Anonimlilik2 – blokcheyn ishtirokchisining elektron hamyoni telefon raqamiga ham, nomga ham, manzilga ham bog‘liq bo‘lmaydi. Unda faqatgina blokcheynda qayd qilingan hamyon nomeri va unga bog‘liq bo‘lgan hamda egasi biladigan parol bo‘ladi holos. Blokcheynning shaffofligidan foydalangan xolda transaktsiyalar haqidagi ma’lumotlarni ko‘rganda hamyonlar qancha bitkoin olganini bilish mumkin, uning egasini aniqlab bo‘lmaydi (albatta uning o‘zi buni aytmasa). Agarda kriptovalyuta egasi hamyon nomeri yoki parolni yo‘qotib qo‘ysa, u xolda uning o‘zi ham tizimga kira olmaydi.
alpari.comXalqaro miqyosdagi moliyaviy kompaniya sayti
Asimetriyali axborot bozordagi vaziyatni bildirish uchun foydalaniladigan atama. Sotuvchi va xaridorning mahsulot sifati haqidagi xabardorligi turlicha bo‘ladi. Masalan, mehnat bozorida ishchi o‘zi haqida ish beruvchiga nisbatan ko‘proq xabardordir. Ishchi kuchini ishga yollayotgan ish beruvchi esa u haqida dastavval to‘liq ma’lumotga ega bo‘la olmaydi. Agar axborot simmetrik tarzda tarqalishi mumkin bo‘lganda, alohida bozorlar, ya’ni turli mahsulotlarga nisbatan sifatli va sifatsiz tovar yoki hizmatlar bozorini tashkil etish mumkin bo‘lar edi. Bozorlarda esa tovar va hizmatlar bo‘yicha assimetriyali axborot mavjud. Assimetriyali axborot bozorlari “limon” bozori deb ataladi. Bunday bozorlarni 1970-yilda Nobel mukofoti laureati (2001-yil) Jorj Akerlof “Limonlar” bozori: sifat noaniqligi va bozor mexanizmi” deb nomlangan o‘z asarida yoritib bergan.
Axborotinsonning yuqori faoliyati mahsulidir. Axborot shaxsga oid, u tug‘ilish vaqtida yaratuvchisining nomini ajralmas element sifatida saqlaydi. Axborot so‘zli, raqamli, vizual va harfli shaklga ega bo‘ladi.
Axborot almashuvimahsulot almashinuvi o‘rniga keluvchi ijtimoiy o‘zaro harakat shakli. Axborot mahsulotlari bilan almashuv mahsulotlarning ikki xususiyati tufayli nobozor xususiyatiga egadir. Birinchidan, xaridorning xarid qilish vaqtida axborot mazmuni bilan tanishuvi uni bepul sotib olishni bildiradi. Ikkinchidan, sotuvchi ko‘p marta ko‘p karrali axborot mahsulotini o‘z ixtiyoriga qarab foydalanishi mumkin.
Axborotning depersonifikatsiyasiaxborotlashgan mahsulotni yaratuvchining nomi va mahsulot mazmuni bu mahsulotning sabab va undan kelib chiqadigan aloqani yo‘qotish. Depersonifikatsiya kutilmagan va aniq maqsadga qaratilgan bo‘lishi mumkin, oxirgisiga plagiat kiradi.
Axborotlashgan iste’molinsonning yuqori faoliyatiga bevosita yordam beradigan mahsulot va hizmatlarning iste’molidir.
Axborotlashgan iqtisodiyotbujamiyat ne’matlarini ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’mol qilish jarayonlarida elektron (axborot-kommunikatsiya) texnologiyalarini keng joriy etishni ko‘zda tutadigan insonning xo‘jalik faoliyatini tadqiq etuvchi fandir. Axborotlashgan iqtisodiyot atamasi ikki xil turli tushunchalarni ifodalash uchun ishlatiladi. Birinchidan, axborotlashgan iqtisodiyot – burivojlanishning zamonaviy bosqichi hisoblanib, u ijodiy mehnat va axborot ne’matlarining ustuvor o‘rni bilan tavsiflanadi. Ikkinchidan, axborotlashgan iqtisodiyot – bunazariya bo‘lib, uning o‘rganish obyekti birinchi ma’nodagi axborotlashgan iqtisodiyot hisoblanadi. Bu holda axborotlashgan iqtisodiyot axborotlashgan jamiyatning iqtisodiyot nazariyasini yoki axborotlashgan iqtisodiyot nazariyasini tashkil qiladi.

Download 2.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling