Benchmarketing – eng yaxshi kompaniyalarning ishlash jarayonini o‘rganadi va shu asosda ularning ijobiy tajribalarini o‘z kompaniyasiga ko‘chiradi.
Biznes-farishtalar – kompaniya rivojlanishining boshlang‘ich bosqichlariga unga investitsiya qiladiganlar.
Biznes-model – Kompaniyaning qo‘yilgan maqsadlariga erishishga yordam beradigan va uning tijoratini amalga oshirishga imkon beradigan biznes jarayonlar yig‘indisi.
Botnet yoki botlar – robot va Network so‘zlaridan olingan bo‘lib, zararli (yoki qandaydir, insonlar uchun foydali bo‘lgan) dasturiy ta’minot o‘rnatilgan komp’yuterlar bo‘lib, ular tashqaridan mahsus dastur bo‘yicha boshqarilina oladilar.
Bek-ofis – kontentni boshqarish tizimi yoki qandaydir jarayonning ma’lumotlar bazasi.
Biznes-model – bu daromadni yaratish uslubini aks ettiruvchi korxona tomonidan ishlab chiqarilgan tovar tamoyili va mohiyatining mavhum ko‘rinishidir. Tovarlarni an’anaviy do‘konlar orqali emas, balki xaridorlarga bevosita interfaol sotish Yangi biznes-modelini ifoda etadi. Kitob do‘konlari elektron kitoblarni vositachilar yordamisiz bevosita xaridorlarga sotib, ushbu biznes-modelni amaliyotda qo‘llaydi. Sarmoyadorlar o‘z bitimlarini yuqori komission foizlarni undiradigan universal chakana brokerlarga murojaat qilmasdan, bevosita Internet orqali arzon moliyaviy axborotdan foydalanishlari mumkin. Agar biznes-model faqatgina Internetga asoslangan bo‘lsa, u holda uni sof o‘yinchi deydilar.
Bilim– ma’lum qiymatga ega axborotlashgan mahsulotlar yig‘indisi. Tayanch bilimlarga ta’lim muassasalarida o‘rgatiladigan axborotlashgan mahsulotlar ta’alluqlidir.
Bilimlarni boshqarish – bu bilimni identifikatsiya qilish, bilimni boshqarish, bilimni rivojlantirish va undan foydalanishdir. U bilimlarni qanday olish, uni tarqatish, o‘zgartirish, undan foydalanish hamda firma uchun zarur amaliy ustunliklarni uzluksiz topish bilan shug‘ullanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |