Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti toshkent moliya instituti


Download 2.84 Mb.
bet151/176
Sana02.06.2024
Hajmi2.84 Mb.
#1838135
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   176
Bog'liq
Raq iqt-УКУВ КУЛ-ТДИУга-лат-16.03.2020

Benchmarketingeng yaxshi kompaniyalarning ishlash jarayonini o‘rganadi va shu asosda ularning ijobiy tajribalarini o‘z kompaniyasiga ko‘chiradi.
Biznes-farishtalarkompaniya rivojlanishining boshlang‘ich bosqichlariga unga investitsiya qiladiganlar.
Biznes-modelKompaniyaning qo‘yilgan maqsadlariga erishishga yordam beradigan va uning tijoratini amalga oshirishga imkon beradigan biznes jarayonlar yig‘indisi.
Botnet yoki botlar robot va Network so‘zlaridan olingan bo‘lib, zararli (yoki qandaydir, insonlar uchun foydali bo‘lgan) dasturiy ta’minot o‘rnatilgan komp’yuterlar bo‘lib, ular tashqaridan mahsus dastur bo‘yicha boshqarilina oladilar.
Bek-ofiskontentni boshqarish tizimi yoki qandaydir jarayonning ma’lumotlar bazasi.
Biznes-modelbu daromadni yaratish uslubini aks ettiruvchi korxona tomonidan ishlab chiqarilgan tovar tamoyili va mohiyatining mavhum ko‘rinishidir. Tovarlarni an’anaviy do‘konlar orqali emas, balki xaridorlarga bevosita interfaol sotish Yangi biznes-modelini ifoda etadi. Kitob do‘konlari elektron kitoblarni vositachilar yordamisiz bevosita xaridorlarga sotib, ushbu biznes-modelni amaliyotda qo‘llaydi. Sarmoyadorlar o‘z bitimlarini yuqori komission foizlarni undiradigan universal chakana brokerlarga murojaat qilmasdan, bevosita Internet orqali arzon moliyaviy axborotdan foydalanishlari mumkin. Agar biznes-model faqatgina Internetga asoslangan bo‘lsa, u holda uni sof o‘yinchi deydilar.
Bilimma’lum qiymatga ega axborotlashgan mahsulotlar yig‘indisi. Tayanch bilimlarga ta’lim muassasalarida o‘rgatiladigan axborotlashgan mahsulotlar ta’alluqlidir.
Bilimlarni boshqarishbu bilimni identifikatsiya qilish, bilimni boshqarish, bilimni rivojlantirish va undan foydalanishdir. U bilimlarni qanday olish, uni tarqatish, o‘zgartirish, undan foydalanish hamda firma uchun zarur amaliy ustunliklarni uzluksiz topish bilan shug‘ullanadi.

Download 2.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling