Axborot texnologiyasi – axborotni to‘plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish va uni tarqatish uchun foydalaniladigan jami uslublar, qurilmalar, usullar va jarayonlar.
Axborot tizimi – axborotni to‘plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish hamda undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan jami axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalari.
Autentifikatsiya – ma’lumot uzatuvchi kimligini aniq bilish imkoniyati. Buni elektron raqamli imzo va sertifikat amalga oshirib beradi;
B2B – Businees-to-Business
B2C – Business-to-Customer
B2B2C - Businees-to-Business-to-Customer
B2E – Business-to-Employee
B2P – Business-to-Partners
B2G – Businees-to-Government
BSC - Balanced score Card – Balanslangan ko‘rsatgichlar tizimi
Butunlilik – informatsiyaning saqlanish va uzatilish jarayonida ruxsatsiz o‘zgartirila olinmasligi. Bu talab elektron raqamli imzo va imitohimoya orqali bajariladi;
Blokcheyn – ma’lumotlar bloklarining uzluksiz zanjiri, ya’ni bir butun ma’lumotlar bazasi bo‘lib, unda kriptovalyutalar bilan amalga oshirilgan barcha ma’lumotlar saqlanadi. Uni kim, qachon va qancha operatsiyalar amalga oshirganini ko‘rsatib turadigan katta hisob-kitob jurnali deb tasavvur qulish ham mumkin.
Bayopik – inglizcha «biographical picture» (biografik chizgi) biror ajoyib insonning hayoti haqida biografik kino. Masalan, «Ijtimoiy tarmoq» filmi Mark Sukerberg haqida suratga olingan bayopik sanaladi”.
Branch (brunch) - inglizcha «breakfast» (nonushta) va «lunch» (tushlik) so‘zlarining qo‘shilishidan kelib chiqqan tushuncha bo‘lib, odatda soat 11 va 14 oralig‘ida iste’mol qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |