Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti toshkent moliya instituti


Download 2.84 Mb.
bet152/176
Sana02.06.2024
Hajmi2.84 Mb.
#1838135
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   176
Bog'liq
Raq iqt-УКУВ КУЛ-ТДИУга-лат-16.03.2020

Bilimlar kapitalibu kompaniyaning bilimlarni egallash, ishlab chiqish va ulardan foydalanish uchun sarflagan sarmoyalaridir. Bilimlar kapitalining muhim tarkibiy qismi kompaniyaning intellektual mulki hisoblanadi.
Bilimlar korporatsiyasibu bilimlarni raqobatbardosh ustunliklar uchun asos bo‘lib hizmat qilishini, uning eng qadrli aktivlar sifatida muhimligini tan oluvchi firma.
Bloger internet jahon axborot tarmog‘idagi o‘z veb-saytiga va (yoki) veb-sayt sahifasiga hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan, ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa xususiyatga ega axborotni joylashtiruvchi, shu jumladan, axborotdan foydalanuvchilar tomonidan ushbu axborotni muhokama qilish uchun joylashtiruvchi jismoniy shaxs.
Bitkoin kriptovalyutasibu o‘zaro ishonchga emas, balki kriptografik kodlash tizimiga asoslangan, o‘zaro hech qanday vositachilarsiz (bank yoki boshqacha moliyaviy uskunalarsiz) to‘lovlarni bevosita ishtirokchilar orasida amalga oshirilishini ta’minlovchi to‘lov tizimi valyutasining bir turidir.
Bitkoin pitstsa kuni (Bitcoin Pizza Day) – 2010 yilda aynan shu kuni chexiyalik dasturchi Lazlo Xanesh bitkoinga dastlabki haqiqiy savdoni amalga oshirgan, ya’ni, o‘z o‘rtog‘iga 10 ming bitkoin o‘tkazib bergan va o‘rtog‘i o‘z navbatida unga Papa John's restoranidan ikkita pitstsa buyurtma qilgan. O‘sha vaqtda bir bitkoin 0,003 AQSH dollariga teng bo‘lgan va ikkita pitstsaning narxi esa 30 dollar bo‘lgan.
BTC – Bitkoin – kriptovalyutalarning eng asosiy turi
BCH - BitcoinCash – bitkoinning egizagi
Bozor yo‘nalishi -yoki ega bo‘lishga yo‘nalish–maqsadi shaxsiy rivojlanishda emas, balki tashqi muhitninghayot faoliyatiga bo‘ysundirishda bo‘lgan “iqtisodiy“ insonning qadriyatli yo‘nalishi. Inson “bo‘lish” emas,“ega bo‘lmoq“ qoidasiga amal qiladi. Industrial jamiyatda bozor yo‘nalishi ustuvorlik qiladi.
B2B-birjalari bu web-sayt bo‘lib, u yerda kompaniyalar umumiy texnologik platformadan foydalangan holda, bir-birlarining mahsulotlarini xarid qilishlari va sotishlari mumkin. Bu birjalar yana boshqa hizmatlarni ham ko‘rsatishlari, masalan, to‘lov tizimi, saytda Yangiliklar, butlovchi qismlar va materiallar narxlarining bashorati, onlayn munozaralar, talab va taklifning tahlillari o‘tkazilishi mumkin. B2B-birjalari ochiq (public) va yopiq (private) bo‘ladi.

Download 2.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling