Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti toshkent moliya instituti


Download 2.84 Mb.
bet159/176
Sana02.06.2024
Hajmi2.84 Mb.
#1838135
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   176
Bog'liq
Raq iqt-УКУВ КУЛ-ТДИУга-лат-16.03.2020

Internet-panel bu bo‘lajak respondentlarning muntazam ravishda, shakllanib boradigan va Yangilanib turuvchi ma’lumotlari bazasidir. Internet-panelning vazifasirespondentlar haqida kerakli bo‘lgan ijtimoiy-demografik ma’lumotlarni yig‘ish va uning yordamida aniq tadqiqotga kerakli bo‘lgan tanlovni amalga oshirishdir.
Intellektual domen nomi intellektual faoliyat natijalari, fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining, tovarlarva hizmatlarning xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalari va intellektual faoliyatning boshqa natijalarini o‘z ichiga oluvchi yoki ularni boshqacha tarzda ifodalovchi domen nomi.
Intellektual mulk buintellektual faoliyat natijalari va xo‘jalik aloqalari ishtirokchilarining individuallashtirish vositalaridir. Intellektualmulk obyektlariga ixtirolar, foydali modellar, sanoatnamunalari, tovar belgilari, hizmat ko‘rsatish belgilari, firma nomlari, tijorat nomlari va belgilari kiradi. Bundan tashqari, bu ro‘yxatga adabiy, badiiy va ilmiy asarlarni, xonandalarning ijro faoliyatini, fonogramma va radioeshtirishlarni kiritish qabul qilingan). Intellektual mulk “adabiy va badiiy mulk” va “sanoat mulki” tushunchalariga nisbatan umumlashtiruvchi tushuncha hisoblanadi.
Internet do‘kon– bu internet-biznes tuzilmasi bo‘lib, B2C (business to customer), ya’ni «biznes-iste’molchi» yondashuvini amalga oshiradi. Internet-kompaniyalarning biznes-strategiyasi reklama va elektron tijoratdan daromad olishga qaratilgan bo‘ladi.
Ixtiro inson erishgan ijodiy natija, uning asl mohiyati amaliy faoliyat sohasida paydo bo‘lgan masala yechimini konkret texnik vositalar yordamida topishdan iborat.Ixtiro obyekti bo‘lib, qurilmalar, usullar, shtammlar va ularning Yangi yo‘nalishlar bo‘yicha qo‘llanilishi hizmat qiladi.
Ishbilarmonlik bilimi (omilkor bilim)tadbirkorning aniq maqsadiga mo‘ljallangan axborot mahsuloti yig‘indisi. Ishbilarmonlik bilimi aniq bir tadbirkor tomonidanyuqori ehtiyoj bilan tavsiflanadi.Ishbilarmonlik bilimi – bu bir maqsadga yo‘naltirilgan, muvofiqlashtirilgan harakat uchun to‘plangan imkoniyat.

Download 2.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling