Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti toshkent moliya instituti


Download 2.84 Mb.
bet155/176
Sana02.06.2024
Hajmi2.84 Mb.
#1838135
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   176
Bog'liq
Raq iqt-УКУВ КУЛ-ТДИУга-лат-16.03.2020

Elektron raqamli imzo elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus o‘zgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo‘qligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo.
Elektron tijoratkompyuter tizimlaridan foydalanish orqali amalga oshiriladigan barcha moliyaviy va savdo tranzaksiyalari va ular bilan bog‘liq biznes jarayonlarni o‘z ichiga oluvchi iqtisodiyot sohasidir. Elektron tijoratning texnologik asosi global internet tarmog‘i hisoblanadi. Elektron tijoratning xususiy holati sifatida mobil aloqa hizmatini keltirish mumkin, u mahsulot va hizmatlarni sotib olish maqsadida simsiz cho‘ntak moslamalarini ishlatish jarayoni hisoblanadi.
Elektron raqamli imzomatnga biriltirilgan va uning kriptografik o‘zgartirilishini aniqlab beradigan ma’lumot bo‘lib, matn boshqa foydalanuvchi tomonidan olinganida uning haqiqiyligini va muallifini tekshirishga imkon beradi
Elektron hujjat axborot resurslarida saqlanadigan va ishlov beriladigan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan axborot elektron hujjat bo‘lib, qog‘oz hujjat bilan bir xil yuridik kuchga ega.
Elektron xablar buinterfaol bozorlar bo‘lib, biznes-modelning eng Yangi ko‘rinishi hisoblanadi. Interfaol bozorlar yordamida kompaniyalar boshqa xaridorlar bilan bir vaqtning o‘zida ularning har biri bilan bevosita ulanmasdan aloqa o‘rnatishlari va Yangi imkoniyatli xaridorlarni topishlari mumkin.
Ekotizimlilik - dasturiy ta’minotning turli xil avtonom qismlari birgalikda ishlashiga va ish oqimlari ansambllariga aylanishiga erishish. Dasturiy ta’minotning ekotizimiga misol qilib,2007 yilda yaratilgan iPhoneekotizimini keltirishimiz mumkin, unda kalit printsip Apple, dominator Google va yetkazib beruvchilar dasturiy ta’minot ishlab chiqaradigan kompaniyalaridir. Dasturiy mahsulot ishlab chiqaruvchilar va oxirgi foydalanuvchilar butun jahon bo‘yicha taqsimlangan bo‘ladilar. Dasturiy ta’minot ekotizimi bir qancha programmaviy ta’minot platformalaridan, uning ichki va tashqi yaratuvchilarida hamda foydalanuvchilar jamoasiga hizmat ko‘rsatadigan ekspertlar guruhidan (pulidan) iborat bo‘ladi.

Download 2.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling