Outsoursing – shartnoma asosida qandaydir ishlarni bajarishni tashqi bajaruvchilarga topshirish.
PDPC – Process Decision Program Chart – qaror qabul qilish jarayoni diagrammasi
PHLX – Phladelphiya Stock Exchange – Filadel’fiya fond birjasi.
PaaS-hizmatlar (Platform as a Service) – Platforma hizmat sifatida taqdim etiladi.
POS-terminal (Point of Sale) – to‘lov kartalarini qabul qiluvchi elektron qurilma.
Push-ma’lumot – ekranning o‘ng pastki qismida paydo bo‘ladigan va matn, ilova, grafika ko‘rinishidagi qisqa ma’lumotlar.
Prosyumer, yoki integratsiyalashgan is’temolchi – ishlab chiqarish tizimida faol ishtirok etadiganis’temolchi. Uning qo‘lida mavjud mahsulot, ishlab chiqarishning bir qismi hisoblanadi. Integratsiyalashgan xaridor tovar tuzilishiga, rejalashtirishga va sotuvdan keyingi hizmat, ta’mirlash va qayta ishlatishga sezilarli hissa qo‘shadi.
Reinjiniring - yoki biznes-jarayonini qayta loyihalashtirish – bu kompaniyaning rivojlanishiga yondashuv bo‘lib, u e’tiborni funksiyalarga emas, balki jarayonlarga qaratadi. Reinjiniring ishlab chiqarishda maksimal samaraga erishish uchun biznes jarayonlarni eng qulay usullar (vositalar, vaqt, resurslar bo‘yicha) bilan olib borishni nazarda tutadi.
ROI – Return on Investment – investitsiyalar qaytaruvi.
ROMI – Return on Marketing Investment – marketingga bo‘lgan investitsiyalar rentabelligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |