Ishchan bilimlar – bubajarilayotgan ishga bilimlarni qo‘llashdir. Ular uchta qism(element) borligini ko‘zda tutadi: bilimlarni qo‘llaydigan xodim, bilimning o‘zi va bilim bilan ishlash texnologiyalari.
Iqtisodiyotni ijtimoiylashtirish – jamiyatning axborotlashgan rivojlanish bosqichiga o‘tishida sotsiologiya usullarini iqtisodiyot fanida qo‘llash doirasining kengayishi.
Iqtisodiy farovonlik nazariyasi- ingliz iqtisodchisi Artur Pigu tomonidan yaratilgan. Industrial jamiyatda inson farovonligi moddiy boyliklar va pul daromadlari oqimi bilan, jamiyat farovonligi esa ma’lum vaqt ichidagi milliy daromadning miqdori bilan o‘lchanadi. Moddiy farovonlik iqtisodiy farovonlik deb ham ataladi.
KPI (Key Performance Indicators) –samaradorlikning asosiy ko‘satgichlari yoki korxona hizmatchilarining faoliyati indikatorlari – hodimlar ish haqi ham shunga muvofiq aniqlanadi.
Fiat pullar - nominal qiymati real qiymatidan katta farq qiladigan pullar turi, masalan, so‘m, rubl, tanga, somoniy, dollar, yevro va boshqalar.
Frilanser (freelancer) – ingliz tilidan olingan so‘z bo‘lib, «erkin rassom». Ushbu so‘z ilk bor 1819-yilda «Ayvengo» asarida ishlatilgan bo‘lib, mustaqil sarboz ma’nosini anglatgan. Bugun esa frilanser deganda odatda rasmiy va doimiy ish joyi bo‘lmagan, masofadan buyurtmaga ishlaydigan erkin ijodkor tushuniladi.
Kommunikatsion protokollar steki – butarmoqdagi mavjud hamma darajalar orasida tarmoq ishini ta’minlash uchun zarur barcha protokollar to‘plamidir (iyerarxik shaklda tashkil qilingan to‘plam). Dasturiy modulni (vazifani bajaruvchi dasturni) ko‘pincha protokol deb ataydilar. Protokol deb, rasmiy belgilangan tadbir (ya’ni, algoritm) ni ham atashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |