Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti toshkent moliya instituti
Tarmoqqa kirishning amalga oshirilishi
Download 2.84 Mb.
|
Raq iqt-УКУВ КУЛ-ТДИУга-лат-16.03.2020
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchi qadam
- Uchinchi qadam
Tarmoqqa kirishning amalga oshirilishi
Bitkoin tarmog‘i bir rangli tarmoq - P2P bo‘lib, uning istirokchilari internet orqali muloqot qilgan holda bir rangli tarmoq hosil qiladilar. Yangi komp’yuter tarmoqqa ulanishi uchun uning birinchi vazifasi tarmoqqa ulangan boshqa komp’yuterlarni topishdan iborat bo‘ladi. Komp’yuter tarmoqqa ulanganidan so‘ng, ikkinchi qadam – loyiha ishga tushirilganidan so‘ng amalga oshirilgan barcha operatsiyalar bazasini yuklab olishdan iborat bo‘ladi. Bu operatsiyalar bir hisob raqamidan boshqa hisob raqamiga bitkoinlarning qandaydir qismi uzatilganligi haqidagi tranzaktsiyalardan iboratdir. Bitkoin adresi sifatida aniqlaniladigan hisob-kitob raqami esa bankdagi hisob raqamiga o‘xshash bo‘ladi. Bu jarayonlarni Rauggnit kompaniyasi bosh direktori P’eyr Nuaza quyidagicha tavsiflaydi:“Ishni boshlash uchun eng oddiy usul – qandaydir ob’ektni (masalan dollar yoki yevroni) yoki hizmatni bitkoinga sotishdir. Agarda siz bitkoin sotib olmoqchi bo‘lsangiz, uch qadamdan iborat ishni bajarishingiz kerak bo‘ladi: Birinchi qadam: hisob raqami ochish va ushbu hisob raqamiga biror bir valyutani bitkoinga almashtirish uchun bank o‘tkazmasi qilish. Bank o‘tkazmasi uchun kerakli vaqt o‘tganidan so‘ng, hisob raqamida sizga kerakli bo‘lgan pul paydo bo‘ladi; Ikkinchi qadam: Bozorda bitkoin sotuvchilari tomonidan taklif qilinayotgan bitkoinlarning narxlari bo‘lgan talablar kitobi (“kotirovka”) ni ko‘rib chiqish; Uchinchi qadam: Endi bitkoinlar sotib olish uchun talabingizni chegaraviy narxini ko‘rsatgan holda kerakli joyga joylashtiring. Agarda sizning chegaraviy narxingiz bozor narxidan past bo‘lsa, sizga ushbu narxda bitkoin sotadigan sotuvchi topilmaguncha talabingiz bajarilmaydi. Qachonki sizning ko‘rsatgan narxingizga bitkoin sotishga kimdir rozi bo‘lsagina, siz bitkoin egasi bo‘lasiz”. Bitkoin sotib olish uchun valyuta almashinuv punktlaridan tashqari, yana bir qancha imkoniyatlar ham mavjud, shu jumladan, deponirlaydigan platformalar, bir tomonlama savdo shahobchalari va avtomatlardagi almashinuv punktlri.Nazariy jihatdan bitkoinlarni mayning yordamida ham olish mumkin. Ammo bu usul uchun komp’yuterga kerakli bo‘lgan dasturiy ta’minotni o‘rnatish kerak bo‘ladi. Bunday dasturiy ta’minot tekin bo‘ladi, lekin oddiy inson uchun bir qancha qiyinchiliklar mavjud, chunki bu dasturiy ta’minotni o‘rganish, o‘zlashtirish hamda quvvatli komp’yuter sotib olish kerak bo‘ladi. Shuning uchun bitkoinga ega bo‘lishning eng oddiy usuli yuqorida tavsif etilganidir, desak ham bo‘laveradi. Har bir tranzaktsiya qonuniy bo‘lishi uchun unga kriptografik usulda imzo qo‘yilgan bo‘lishi kerak. Bunday imzo asimmetrik shifrlash usuli yordamida yoki ikkita (ochiq va yopiq) kalitli shifrlash usulida qo‘yilishi mumkin. Har bir tranzaktsiya kirishda oldingi tranzaktsiyaga ilova oladi va bu ilova ushbu amaldagi vositalar real mavjud ekanligini tasdiqlaydi. Chiqishda esa tranzaktsiya ularga mos bo‘lgan summalar ko‘rsatilgan bir yoki bir nechta bitkoin adreslarni chiqaradi. Istalgan tranzaktsiyaning kirish va chiqishlari doimo balanslangan bo‘ladi. Shunga ham qaramay, bu yangi tranzaktsiyaning ko‘rsatgichlari darhol yetarli deb hisoblanmaydi, chunki u avval tranzaktsiyalar bloklaridan iborat bo‘lgan amallar (bloklar) reestriga kiritilishi kerak bo‘ladi. Kodlashtirilmagan holda uzatilgan tranzaktsiyalar ham amalni aniqlashtiradigan imzolar (vizalar) yordamida haqiqiy deb topilishlari mumkin bo‘ladi. Xozirgi davrda bunday amallarning soni borgan sari ortib borayapti. Shuni ham aytish kerakki, bir soniyada amalga oshiriladigan tranzaktsiyalar soni bo‘yicha bitkoin blokcheynining samaradorligi boshqa to‘lov tizimlariga qaraganda juda ham past. Chunki u bir sekundda eng ko‘pi bilan yettitagina tranzaktsiyani qayta ishlay oladi. Visa to‘lov tizimining maksimal quvvati esa bir sekundda 56 ming tranzaktsiyadir. Bitkoinning blokcheyni bank muassasalaridan printsipial jihatdan farq qiladi. Blokcheyn har bir amalning izini saqlab turadi, ammo unda foydalanuvchilarning hisob raqamlari balansi bo‘lmaydi. Demak, agarda hamyon adresi raqamini yo‘qotib qo‘ysangiz, hisob raqamingizni tiklashning imkoni bo‘lmaydi. Foydalanuvchilar ikkita kalit bilan bog‘liq bo‘lgan adresli hamyonga ega bo‘ladilar. Kalitlar esa asimmetrik shifrlash tizimi yordamida ochiq va yopiq kalitlar vositasida ishlaydilar. Yopiq kalit hamyonda saqlanadi, ochiq kalit esa blokcheynga yozib qo‘yiladi va demak uni hech qachon bilib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham huddi real hayotdagi kabi, hamyoningizni zinhor yo‘qotib qo‘ymang. Agarda yopiq kalitingizni yo‘qotib qo‘ysangiz, u bilan bog‘liq bo‘lgan bitkoinlarni ham yo‘qotasiz. Bunday hodisa angliyalik Djeyms Hovell bilan 2009 yilda ro‘y bergan. U shu yili 7500 ta bitkoin sotib olgan, ammo adres saqlangan diskni ishga yaroqsiz qilib qo‘ygan va bu uning hozirgi payt hisobidan katta pullarni yo‘qotishiga olib kelgan. Bitkoinning joriy narxi iqtisodiy jarayonlarga va valyuta bozori xolatiga bog‘liq. Bu masalada ham Rauggnit kompaniyasi bosh direktori P’yer Nuaza o‘z fikrini aytib o‘tgan: “Bitkoinning narxi biror bir davrdagi hamjamiyatning uni qanday qabul qilishi bilan aniqlanadi. Bu jihatdan u dollarga ham o‘xshab ketadi – 1973 yilgacha dollar oltin bilan ta’minlangan edi, bu esa kursning balandligini ta’minlar berar edi, keyin esa dunyo hamjamiyati uni (ya’ni, endi oddiy qog‘ozni) oltin ekvivalenti deb qabul qildi va bu dollarning real kursi va to‘lov vositasi sifatidagi ahamiyati keskin tushib ketishiga olib keldi”. Xuddi shularni nazarda tutgan holda blokcheyn ixtirochisi Satoshi Nakomoto bitkoin protokoliga 21 million dona bitkoin chiqarilishi mumkinligini qoida sifatida kiritib qo‘ydi. Bu ish bitkoinni inflayatsiyadan himoya qilish maqsadida qilingan edi. Quyida bitkoin birliklarini keltirib o‘tamiz: Download 2.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling