Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti toshkent moliya instituti


Identifikatsiya jarayonini boshqarish


Download 2.84 Mb.
bet22/176
Sana02.06.2024
Hajmi2.84 Mb.
#1838135
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   176
Bog'liq
Raq iqt-УКУВ КУЛ-ТДИУга-лат-16.03.2020

Identifikatsiya jarayonini boshqarish: bu ko‘rsatgich business to business (B2B) tarmog‘ida juda katta ahamiyatga ega, ya’ni, kelishuv tuzilayotgan hamkor haqida iloji boricha ko‘proq ma’lumotlarni bilish imkoniyatiga ega bo‘lish.

  • Konsensus (kelishuv – PoW va PoS)ning modulli algoritmi: ammo xozirgi davrda ishning bajarilishini tasdiqlash juda sekin bajariladi va qimmatga tushadi. Shart-sharoitdan kelib chiqqan xolda, konsensus algoritmini o‘zgartirish imkoniyatini ham ko‘zda tutmoq kerak.

  • Kafolatlangan konfidentsiallik: tranzaksiyalarning ommaviy bo‘lishi unchalik shart emas.

  • Buxgalteriya kitobi audit uchun doimo tayyor: operatsiyalar konfidensial xolda bo‘lsalar ham, ular nazorat qiluvchi organlar uchun ochiq bo‘lishi kerak.

  • «masshtablashtiriladigan» blokcheyn: ideal xolatda bloklar zanjiri katta sondagi kelishuvlarni ta’minlashi lozim.

  • uzoq muddat faoliyat ko‘rsatuvchi blokcheyn: xozirgi kunda mavjud bo‘lgan to‘lov tizimlari ancha avval paydo bo‘lgan. Blokcheynga asoslangan yangi tizimlar eksilarining davomi bo‘lishi kerak. Biz esa kelajakda xosil bo‘lishi mumkin bo‘lgan muammolarni oldindan bilish imkoniyatiga ega bo‘lishimiz lozim.

    Shunday qilib, IBM kompaniyasining nuqtai-nazaridan, xozirgi davrda blokcheyn texnologiyasi o‘z rivojlanishining boshlang‘ich bosqichida turibdi va u xozircha bank-moliya sektorining talablariga to‘liq javob bera olmaydi. Asosiy muammolar sifatida blokcheynda xozircha «masshtablashtirish» va tranzaksiyalarning konfidensiallagi ta’minlanmagan. Shunga qaramasdan, IBMkompaniyasining mutaxassislari joriy xolatni tahlil qilgan xolda blokcheyndan foydalanish faqatgina bank sektori bilan chegaralanib qolmasligini va uning B2B, G2C, G2B kabi biznes olamining barcha sohalariga tadbiq qilinishi mumkinligini tan oldilar. Bulardan tashqari, ko‘p ishtirokchilarga ega bo‘lgan bank loyihalarida tizimlarning o‘zaro muloqotida kelishuvlarni moslashtirish ham nazarda tutilishi kerak. Ammo, xozirgi davrdagi bank tizimlarining bir turda emasligi xuddi shu talablarning bajarilishiga mone’lik qiladi. Shu xolat bilan bog‘liq xolda Den Millmanning quyidagi fikrini keltirish mumkin: «Har qanday o‘zgarishlarning sir-asrori eskilik bilan kurashish emas, balki barcha kuch-quvvatni yangilik yaratish uchun safarbar qilishdir».
    Endi esa ketma-ket ravishda turli davrlarda xosil bo‘lgan va o‘ziga xos ekosistema yaratgan blokcheyn texnologiyalarining bir qancha variantlarini ko‘rib chiqamiz. Buni avvalo bitkoin blokcheyni va uning yaratilish tarixi bilan tanishishdan boshlaymiz. Bitkoin 1999 yilda Vey Day tomonidan o‘ylab topilgan va u b-moneyning konseptsiyasiga o‘xshash ishlaydigan raqamli pul turi bo‘lib, unda tizim ishlashi uchun serverlar kafolatlangan to‘lov (vznos) kiritishi kerak bo‘lgan. Undan tashqari, 2005 yilda Nik Sabo (xuquqshunos, olim va kriptograf, raqamli valyutalar va raqamli kontraktlar yo‘nalishida ilmiy izlanishlar olib borgan) tomonidan tavsif etilgan bitgold texnologiyasi (bu texnologiyada hisob-kitoblar orqali isbot qilish goyasidan foydalaniladi) texnologiyasi ham bitkoinning paydo bo‘lishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. Ushbu o‘quv qo‘llanmaning keyingi bo‘limlaridagi ma’lumotlarni tushunish uchun ikki asosiy atamaning ma’nosini tushuntirib o‘tamiz:

    1. Asimmetrik kriptografiya yoki ochiq (yopiq) kalit vositasida shifrlash usuli. Bu usul simmetrik kriptografiyadan farq qilib, unda ikkita shifrlash kaliti ham ishlatiladi.

    2. Taqsimlangan tizim – bir-biri bilan bog‘langan va tarmoq orqali o‘zaro muloqot qila oladigan hisoblash ob’ektlarining avtonom to‘plami (kompyuterlar, protsessorlar, ma’lumot uzatish va qabul qilish qurilmalari, ma’lumot bazalari va boshqalar)dir. Misol sifatida bir qancha protsessorlar bilan jihozlangan va biror bir mashinaga murojaat qiladigan fizik tarmoqni keltirishimiz mumkin.

    Endi esa tasavvurimizni yanada boyitish va kelajak istiqbollarni chamalay olish uchun bitkoin paydo bo‘lganicha bo‘lgan davrdagi xolatni ko‘rib chiqamiz:

    Download 2.84 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   176




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling