Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti toshkent moliya instituti


Download 2.84 Mb.
bet30/176
Sana02.06.2024
Hajmi2.84 Mb.
#1838135
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   176
Bog'liq
Raq iqt-УКУВ КУЛ-ТДИУга-лат-16.03.2020

Litecoin (https://litecoin.org) – kapitalizatsiyasi 4 milliard dollardan ortiq bo‘lgan kriptovalyuta
Namecoin (https://namecoin.org) – blokcheyn texnologiyasi yordamida domen nomili markazlashmagan tarmoqlar hosil qilish imkonini beradi. Namecoin tizimining yana boshqa maqsadlaridan biri, internetga ulangan komp’yuterlar uchun manzillar tizimini tuzish bo‘lib, u hozirda mavjud bo‘lgan amerika kompaniyalariga tegishli DNS (Domain Name System) tizimini yangisiga almashtira olishligidir.
OneCoin (http://www.onecoin.eu) – bu kroptovayuta tizimi hozirgi vaqtda o‘z bloklarida operatsiyalarning to‘liq shaffofligini ta’minlab beradigan Know‑Your‑Customer (KYC) turidagi hujjatlarni saqlaydigan dunyodagi birinchi kriptovalyuta tizimidir.
Vashingtondagi Djordjstoun universitetidagi bir guruh mutaxassislar sun’iy intellektdan foydalanadigan yangi kriptovalyuta chiqarish taklifi bilan chiqdilar (Cryptocurrency with a Conscience: Using Artificial Intelligence to Develop Money that Advances Human Ethical Values // http://www.finyear.com/attachment/641777). Ularning firklaricha, kriptovalyutalar butun dunyodagi insonlarning imkoniyatlarini va iqtisodiy huquqlarini kehgaytirishga imkon yaratadilar (Virtual Currencies; Bitcoin & What Now after Liberty Reserve, Silk Road, and Mt. Gox? // https://papers.ssrn.com/sol3/papers. cfm?abstract_id=2393537). Albatta kriptovalyutalar jinoiy faoliyatni amalga oshirishga ham o‘z hissalarini qo‘shadilar va buning oqibatida jamiyat hamda insonlarga kattagina zarar yetkazishlari mumkin. Ammo, kriptovalyuta himoyachilarining fikrlaricha, kriptovalyutalarning etik normalari sifat jihatidan qandaydir yangi narsalar emas, chunki ilgari ham, hozir ham pullar biror bir etik normalar bilan bog‘liq bo‘lmagan passiv substantsiya sifatida qabul qilingan. Har qanday ko‘rinishdagi pul yoki pullar yaxshi maqsadlarda ham, yomon maqsadlarda ham ishlatilishi mumkin, albatta. Ba’zi bir guruh mutaxassislar esa pulning neytral deb baholanishiga qarshi ham chiqadilar. Haqiqatan ham, sun’iy intellekt, kriptografiya va etiketning sun’iy intellektli dasturlari joylashtirilgan komp’yuterlar etik jihatdan neytral bo‘la olmaydilar, balki ular pullarning qanday ishlatilishini ham nazorat qila va boshqara oladilar. Bunday natijalarga erishish uchun intellektual platformalardagi kriptovalyutalar yaratishning texnologik asoslarini ishlab chiqib, undan so‘ng, bunday kriptovalyutalarni ishlatishning huquqiy, etik, sotsiologik, psixologik, texnologik, ijtimoiy va iqtisodiy ta’sirlarini o‘rganib chiqish kerak bo‘ladi. Ammo, real pul qiymatiga va etik ko‘rsatgichlarga ega bo‘lgan kriptovalyutalarning rivojlanishi insonlarga o‘z kompaniyalarining ichki korporativ etikasiga va uning xolatiga ham ta’sir qilish imkonini beradi. Lekin bunday avtonom va boshqariluvchan kriptovalyutalar (Autonomous Ethically Guided Cryptocurrency, AEGC) yaratish jarayoni hali-hanuz to‘la-to‘kis poyoniga yetgani yo‘q va bu vaqtinchalik holat, albatta.

    1. Blokcheynda elektron tijorat havfsizligini ta’minlash

Havfsizlik tadbirlari tarmoqqa shunday joriy qilinganki, uning umumiy inkor etish nuqtasi bo‘lmaydi, nafaqat maxfiylik, balki har qanday harakat bekor qilinmasligi va autentifikatsiya ham ta’minlanadi. Tizimda ishtirok etishni istagan har bir shaxs shifrlashdan foydalanishi lozim – bu muhokama qilinmaydi va o‘ylamasdan qilingan harakatlar oqibatlarini faqat shu harakatlarni amalga oshirgan shaxsgina his qiladi.Xakerlik hujumlari, shaxsiy ma’lumotlarni o‘g‘irlash, firibgarlik, kiberqo‘rqitish, fishing, spam, ziyon keltiruvchi dasturlar, virus-tovlamachilar – bularning barchasi insonning jamiyatdagi havfsizligiga tahdid soladi. Internetning ilk davri, ko‘plab jarayonlarni shaffof qilish va inson huquqlari buzilishini qiyinlashtirish o‘rniga, xususiy shaxslar, institutlar va iqtisodiy faol sub’ektlarhavfsizliga tahdidlar yaratar edi. O‘rtacha internetdan foydalanuvchi ko‘pincha elektron pochta va hisob qaydlarini oddiy parollar himoya qiladi deb umid qilardi, chunki provayderlar yoki ish beruvchilar ishonchliroq parollarni talab qilmasdi.Shuni ham aytish kerakki, raqamli valyuta oddiy faylda saqlanmaydi. U kriptografik xeshbilan belgilangan tranzatsiyalarda aks ettiriladi.Foydalanuvchilar o‘z pullari uchun kriptokalitlarga ega bo‘ladilar va tranzaksiyalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri bir-birlari bilan birgalikda amalga oshiradilar. Bunday havfsizlik uchun ularning har biri mas’uliyatli bo‘lishi – shaxsiy kalitlarni ishonchli himoya qilishlari zarurligidir.Bu yerda havfsizlik standartlari muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Bitkoyin blokcheyni AQSH Standartlar va texnologiyalar milliy instituti tomonidan chiqarilgan va axborotni qayta ishlash federal standarti sifatida qabul qilingan mashhur va puxta ishlab chiqilgan SHA-256shifrlash standartida ishlaydi. Blok yechimini topish uchun zarur bo‘lgan ko‘p martalik matematik hisob-kitoblarni takrorlash murakkabligi hisoblash qurilmasidan masalani yechish va yangi bitkoinlar ishlab topish uchun ko‘p elektr energyasi sarflashni talab qiladi. Ba’zi bir boshqa algoritmlar esa ancha kamroq energiya sarflaydi. Bizningcha, har qanday iqtisodiyot hamma uchun ishlaganda eng yaxshi tarzda ishlaydi. Bu unda ishtirok etish uchun to‘siqlarni pasaytirish lozimligini anglatadi. Bu kapitalni qayta taqsimlash emas, balki qayta taqsimlangan kapitalizm uchun platforma yaratish kerakligini anglatadi. Ilk internet davri ko‘plab odamlar uchun ko‘plab mo‘jizalar yaratdi. Biroq, yuqorida aytib o‘tilganidek, dunyo aholisining katta qismi na texnologiyalarga, na moliya tizimiga va na iqtisodiy imkoniyatlarga ulanish imkoniga ega bo‘lmagan holda, avvalgidek, tizimga ulanmasdan qolib ketmoqda. Boz ustiga, yangi kommunikatsiya vositasi hamma uchun farovonlik keltirishiga bo‘lgan umid oqlanmadi. Ha, Internet rivojlangan mamlakatlardagi kompaniyalarga, rivojlanayotgan iqtisodiyotlarga, millionlab odamlarga ish taqdim etishga imkon berdi. U ko‘plab tadbirkorlar uchun bozorga kirishga bo‘lgan to‘siqlarni pasaytirdi va aholining kam ta’minlangan qatlamlariga yangi imkoniyatlar va bazaviy axborotga ulanish imkoniyatlarini taqdim etdi.O‘ylaymizki, blokcheyn texnologiyasi hamhar bir kishining huquqlarini va insoniylikni saqlashva qodir bir texnologiyadir. Moliya hizmatlari butunjahon tarmog‘i hozirgi kunda ko‘plab muammolarga to‘lib-toshib yotibdi. U ancha eskirib qolgan, chunki yuqori dinamikali raqamli dunyodan ortda qolib ketayotibdi va shu sababli ham sekin va ishonchsiz ishlaydigan, o‘tgan asrdan qolgan texnologiyalarga asoslanadi. U monopol bo‘lib, milliardlab odamlarga bazaviy moliyaviy vositalarga ulanish imkonini bermaydi. U markazlashtirilgan bo‘lib, shu sababli axborotning sizib chiqishi va boshqa hujumlar hamda inkor qilishlarga uchraydi. U monopollashtirilgan bo‘lib, shu sababli status-kvoni qo‘llab-quvvatlashga intiladi vainnovatsiyalarga to‘sqinlik qiladi. Blokcheyn novatorlar va tadbirkorlarga ushbu kuchli platformada qiymat yaratishning yangi usullarini topgan holda shu va boshqa ko‘plab muammolarni hal qilishga imkon beradi.Jahon moliya mutaxassislari blokcheyn bilan bog‘liq bo‘lgan quydagi g‘oyalar haqida puhta o‘ylab ko‘rishlari lozim:

Download 2.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling