Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


-chizma. Iqtisodiy muvozanatning mazmuni va tarkibiy tuzilishi


Download 222.69 Kb.
bet7/12
Sana22.11.2021
Hajmi222.69 Kb.
#176406
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Asliddin ALIQULOV.

1-chizma. Iqtisodiy muvozanatning mazmuni va tarkibiy tuzilishi.



Iqtisodiyotning muvozanatli darajasi bu ishlab chiqarishning shunday hajmiki, u ishlab chiqarish mazkur hajmini sotib olish uchun etarli umumiy sarflarni ta’minlaydi. Boshqacha aytganda, sof milliy mahsulot muvozanatli darajasida ishlab chiqarilgan tovarlarning umumiy miqdori (SMM) xarid qilingan tovarlar umumiy miqdoriga (S+In) teng bo’ladi (1-chizma).





1-chizma. Iqtisodiy muvozanat darajasini aniqlashning yal’i sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash usuli.
burchak ostida o’tuvchi to’g’ri chiziq orqali ifodalanadi. Haqiqatan ham bu to’g’ri chiziqning har qanday nuqtasidan chiqarilgan yotiq va tik yo’nalishdagi chiziqlar teng miqdorlarni ko’rsatadi. S chizig’i esa iste’mol sarflari miqdorini aks ettirib, daromad (ya’ni SMM) hajmi oshib borishi bilan uning darajasi ham o’sib boradi. Yal’i sarflar (S+IChizmadan ko’rinadiki, yal’i sarflar hamda ishlab chiqarish hajmi o’rtasidagi tenglik ushbu ko’rsatkichlar joylashgan o’qlarning o’rtasidan 45n) chizig’ini hosil qilish uchun iste’mol sarflarining (S) turli hajmiga mos tushuvchi sof investistiyalar (In) miqdori qo’shib boriladi. Bu o’rinda tadbirkorlar tomonidan amalga oshirish ko’zda tutilayotgan investistiyalar hajmi daromad darajasiga bog’liq emas, deb qabul qilinadi. Shu sababli yal’i sarflar chizig’i iste’mol sarflari chizig’idan In miqdoriga teng uzoqlikda joylashadi.

Chizmada iqtisodiy muvozanatga E nuqtada erishiladi, ya’ni aynan shu nuqtada ishlab chiqarilgan sof milliy mahsulot hajmi (SMME) iste’mol qilingan mahsulot hajmiga (S+In)E teng keladi.

To’la bandlik sharoitida yal’i sarflar SMM hajmi bilan mos kelmasligi mumkin. Bu mos kelmaslik chizmada restession yoki inflyastion farq ko’rinishida ifodalangan. Yal’i sarflarning SMM hajmidan kam bo’lgan miqdori restession farq, yal’i sarflarning SMM hajmidan ortiqcha bo’lgan miqdori inflyastion farq deyiladi.


Download 222.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling