“Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti”


Download 208.3 Kb.
Sana23.06.2023
Hajmi208.3 Kb.
#1651029
Bog'liq
Nilufar. soliqqa tortish tamoyillari

Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti” MSS-92 guruh talabasi Elmurodova Nilufar

“Soliqqa tortish tamoyillari”

Fanidan

“Iqtisodiy siyosat va soliq siyosati”

Mavzusidagi taqdimot

Tekshirdi: Saloxiddinov S

Reja: 1) Soliq siyosati va uning huquqqiy asoslari 2) Iqtisodiy siyosat 3) O’zbekiston Respublikasi soliq siyosati

Soliq siyosati

  • bu iqtisodiy siyosatning ajralmas bir bo‘lagi bo‘lib, davlatning muayyan davrda aniq maqsadlarga qaratilgan soliq sohasidagi faoliyatidir. U tarkiban soliqlarni joriy etish, soliqqa oid huquqiy baza yaratish, joriy etilgan soliqlar va soliqsiz to‘lovlarni amaliyotda ishlash mexanizmini shakllantirish va samaradorligini oshirishga qaratilgan davlatning tegishli vakolatli organlari tomonidan kompleks tarzda olib boriladigan chora-tadbirlar yig‘indisidir. Mamlakat soliq tizimi xususiyatlari, yo‘nalishlari, qanday soliqlarning joriy etilishi, ular o‘rtasidagi nisbatni ta’minlash kabi masalalarni soliq siyosati belgilab beradi.

Soliq siyosati barqarorligini ta’minlashda uning strategiyasi va taktikasi ishlab chiqilishi lozim. Amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tadbirlar xususiyati va muddatini e’tiborga olib soliq siyosati:


Soliq siyosati
Soliq siyosati
strategiyasi
Soliq siyosati
taktikasi

Soliq siyosati stratgiyasi: soliq siyosatining uzoq muddatli yo‘nalishi bo‘lib, ijtimoiy va iqtisodiy strategiya belgilab bergan ulkan masshtabli vazifalarni kelajakda bajarilishini ta’minlash ko‘zda tutilgan moliyaviy tadbirlar yig‘indisidir.

  • Soliq siyosati taktikasi: belgilangan soliq siyosati strategiyasi ijrosini ta’minlovchi, tez-tez o‘zgarib turuvchi sayi-harakatlarni bildiradi, ya’ni qisqa muddatli va kichik masshtabli moliyaviy chora-tadbirlarni hal qilishga qaratilgan yo‘nalishlar majmuasi

Soliq siyosati tarkibiy jihatdan quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:

  • mamlakat miqyosida amal qiluvchi soliqlar va soliqsiz to‘lovlarni qonuniy joriy etish;
  • amal qilayotgan soliqlarni samarali ishlashini ta’minlovchi mexanizm shakllantirish va takomillashtirish, soliqqa oid qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarni takomillashtirib borish;
  • soliq siyosatini amalga oshiruvchi tegishli vakolatli organlarni tashkil etish va ularni ushbu sohadagi vazifalarini belgilash;
  • soliqqa tortish tizimini shakllantirishga qaratilgan chuqur ilmiy tadqiqotni amalga oshirish va ularni joriy etishni tashkil etish.

Iqtisodiy siyosat

Iqtisodiyotni boshqarish, mamlakat maqsadlari, vazifalari, manfaatlariga muvofiq holda iqtisodiy jarayonlarga muayyan yoʻnalish berish sohasida davlat, hukumat faoliyatining bosh yoʻnalishi, tadbirlari tizimi; iqtisodiyot fani sohalaridan biri. Tarkibiy, investitsiya, moliya-kredit, ijtimoiy, tashqi iqtisodiy faoliyat, ilmiy-texnika, soliq, byudjet sohalardagi siyosatni qamraydi.

Soliq siyosati va iqtisodiyot bir biri bilan bog’liq. Davlatga iqtisodiy o’sish, taqsimot effektlari, infratuzilma, davlat subyektlari, xususiy sektorni rag’batlantirish va global muammolar kabi masalalar bo’yicha kelajakka qaraydigan keng siyosatni ishlab chiqish vazifasi qo’yilgan. Davlat siyosati o’rnatilgandan so’ng, soliq siyosati ushbu iqtisodiy siyosat uchun xizmat qilish uchun yetarli daromad yig’ilishini ta’minlashi lozim yoki daromadlarni ustuvor yo’nalishlarga sarflanishi kerak. Soliq iqtisodiyotga imkon qadar kamroq ta’sir qilishi kerakligini yodda tutishi kerak (ya’ni iqtisodiy faoliyatni izdan chiqarmasligi kerak)

O‘zbekiston Respublikasi soliq siyosati

Respublikamiz davlatchilik shaklidan kelib chiqib respublikamizda, respublika byudjeti daromadlarini shakllantirishga qaratilgan-- umumdavlat soliqlari

Mahalliy byudjetlar daromadlarini shakllantirishga qaratilgan --mahalliy soliqlar va yig‘imlar amal qiladi.

Soliqlarning byudjetlar o‘rtasida taqsimlanishi O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi bilan mustahkamlangan bo‘lib, unga muvofiq respublikamiz soliq tizimida amal qiladigan har bir soliq turi u yoki bu byudjetga tushishi qat’iy belgilab qo‘yilgan. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq ayrim umumdavlat soliqlari mahalliy byudjetlarga to‘liqligicha biriktirilishi yoki ulardan tushumlar respublika va mahalliy byudjetlar o‘rtasida taqsimlanishi mumkin. Ushbu tizim bir necha yillardan buyon mahalliy byudjetlar kamomadini bartaraf etish maqsadida amaliyotda samarali qo‘llanilib kelinmoqda.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT


Download 208.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling