Toshkent davlat iqtisodiyot universtiteti
Bandlik va ishsizlik tushunchasining iqtisodiy mazmuni
Download 0.86 Mb.
|
Javliyeva Marjona MO-51 Bandlik va ishsizlik
Bandlik va ishsizlik tushunchasining iqtisodiy mazmuni
“Bandlik” va “Ishsizlik” bir-biriga qaramaqarshi tushunchalardir. Bandlik yoki aholini ish bilan taʼminlash — mehnatga layoqatli aholining ijtimoiy foydali mehnat bilan mashgʻul boʻlishi; fuqarolarning shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish bilan bogʻliq boʻlgan va qonunlarga zid kelmaydigan, mehnat daromadi beradigan faoliyati. Bandlik xodimni ijtimoiy mehnat taqsimotiga asoslangan aniq mehnat kooperatsiyasiga jalb etish boʻyicha kishilararo munosabatlarni ifoda etadi. Bandlik turli mulkchilik shakllaridagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalarda yollanib ishlash bilan cheklanmay, ayni paytda tadbirkorlikni, oʻzini ish bilan mustaqil taʼminlash (oʻzicha bandlik)ni, shaxsiy tomorqa xoʻjaligidagi ishni, uy xoʻjaligida band boʻlish va bolalarni tarbiyalash bilan shugʻullanish, davlat va jamoat vazifalarini bajarishni, oʻrta maxsus va oliy oʻquv yurtlarida kunduzgi oʻqishni ham oʻz ichiga oladi. Ishsizlik — bir qism iqtisodiy faol aholining oʻziga loyiq ish topa olmasdan qolishi va mehnat zaxirasiga aylanishi. Ishsizlik inson manfaatlariga toʻgʻridan toʻgʻri taʼsir qiladigan yirik ijtimoiy-iqtisodiy muammolardan biri hisoblanadi. Ish joyini yoʻqotish koʻp kishilar uchun oilaviy turmush darajasining pasayishini, shaxsiy hayotining notinchligini keltirib chiqaradi, kishiga jiddiy ruhiy taʼsir koʻrsatadi. Shu sababli ishsizlikning sababi nimada ekanligini aniqlashga qarakat qilgan nazariyachi - olimlar shu asosda bandlikni qanday yoʻllar bilan taʼinlashi mumkin degan savolga javob berishga harakat qilganlar. Ishsizlikning sababini klassiklar juda sodda qilib izohlashadi. Bu nazariyaga koʻra ishsizlik mehnatning narxi bilan mehnatga talabdan kelib chiqadi. Ish haqining pasayishi mehnatga boʻlgan talabni ragʻbatlantiradi, yaʼni bunda bandlik ortadi. Ish haqini oʻsishi esa mehnatning taklifini koʻpaytiradi, lekin mehnatga boʻlgan talabni maʼlum darajada cheklaydi. Anglyalik mashhur iqtisodchi Artur Pigu oʻzining 1903yilda yozgan “Ishsizlik nazariyasi” kitobida “Pigu samarasi” deb nomlangan gʻoyasida ishsizlikni asoslab shu tariqa tarzda bandlikni tartibi solinishini koʻrsatib bergan. Turgʻunlik davrida bandlik, ish haqi va narxlar pasayadi. Lekin tovarlar koʻrinishida ifodalangan real ish haqi nisbatan sekinroq pasayadi. U xattoki oldingi darajada saqlanib qolishi mumkin. Hozirgi zamondagi oilaviy ishlab chiqarilayotgan tovarlar narxlarining oʻsishi sharoitida bunday izohlash xaqiqatga toʻgʻri kelmaydigandek tuyuladi. Lekin bizga maʼlumki, ish haqi noteks oʻsadi, baʼzida nominal ish haqi tovarlar narxiga nisbatan yuqoriroq darajada ham oʻsishi mumkin. Agar real daromadlar pasaymasa yoki ozgina oʻssa, bu turgʻunlik davri boʻlishiga qaramay isteʼmol talabini saqlanib qolishini bildiradi. Isteʼmol tovarlariga talabning mavjudligi esa ishlab chiqarish vositalariga ham talabning borligini bildiradi. Turgʻunlik davrida nisbatan ssuda foizi ham past boʻladi. Bu esa jonlanish davriga oʻtishi asosida bandlikni oʻsishiga olib keladi. Boshqacha qilib aytganda, Piguning fikricha, investitsiya bilan taqqoslaganda real ish haqining nisbiy oʻsishi boshlangʻich nuqta hisoblanadi. Buni butun tarkibni tortgan paravozga qiyos qilish mumkin. Agar ish haqi “mehnatga toʻgʻri keladigan sof mahsulot" chegaradan chiqib kapital uchun ajratilgan mablagʻning ham bir qismini oʻz ichiga olsa, bunday ishlab chiqarishning qisqarishi oʻz navbatida ishchi kuchiga boʻlgan talabning ham qisqarishiga olib keladi. Yaʼni bundan shunday xulosa kelib chiqadi: ishsizlikni kamaytirish uchun ish haqini pasaytirish kerak. A.Piguning fikriga muxolif ravishda ingliz iqtisodchisi J.M.Keyns chiqadi. Keynsning fikriga koʻra, toʻla bandlikka erishish, yaʼni ishlashni xohlaganlarni ish bilan taʼminlanishi ish darajasiga bogʻliq emas, shunga koʻra u ishsizlikni pasaytirish uchun ish haqini kamaytirish kerakligini rad etadi. Keyns nazariyasi boʻyicha bandlik darajasi samarali talabning funksiyasidir. Bu fikrlarni formula yordamida quyidagicha ifodalash mumkin: ∑L=f∑D (W) Bandlik (L) ish haqi (W) da ifodalangan yalpi talab (∑D) ga bogʻliq. Dinamikani aniqlash uchun m=1/1S ni eslaymiz, bu yerda U daromad birligiga toʻgʻri keladigan s isteʼmol hissasining kamayishi, iqtisodiy oʻsishning sekinlashuviga va bandlikning qisqarishiga olib keladi. Isteʼmol tovarlariga va investitsion tovarlarga talabning oʻsishi jamiyatning samarali talabini koʻpaytiradi va shu asosda bandlikni boshqarib turadi. Keyns davlat tomondan ijtimoiy ahamiyatga molik ishlarni (yoʻl qurish, koʻpriklar va boshqa infrastrukturani) tashkil etish orqali faol aholini ish bilan band qilish masalasini ilgari suradi. Uning fikricha toʻla bandlikka erishish uchun hattoki “piramida qurish” ham foydali hisoblanadi. Keyns modeli boʻyicha mehnat bozorida ish kuchi ortiqchaligi saqlanib turgan holda mehnatga boʻlgan talab va takliflarning tenglashuvi yuz beradi. Yaratilayotgan ish joylari soni mehnatga layoqatli aholining oʻsish surʼatlaridan keskin farq qiladi. Xhjalik aloalarining uzilishi, bir qator ishlab chiqarish tarmoqlarida oʻsish surʼatlarining pasayishi, iqtisodiyotning tuzilmaviy oʻzgarishi aholi bandligi sohasidagi muammolarni yanada keskinlashtirdi. Aholining bilim va malaka darajasi bozor munosabatlarining yuqori talablariga toʻliq javob bermay qoldi. Ayniqsa, yoshlarning ishga layoqatli qismida ish bilan taʼminlanmaganlar soni oʻsib bordi. Bu muammolarning radikal yechimi – koʻproq mehnat talab qiladigan kichik va oʻrta ishlab chiqarish korxonalarini qurish hisobidan yangi ish joylari sonini keskin koʻpaytirish hisoblanadi. Bu yoʻl katta investitsalari va vaqtni talab qiladi. Vaqt va mablagʻlarning keskin taqchilligi sharoitidi yuqori koʻrsatilgan muammolarning yechimini quyidagi yoʻnalishlarda qidirishi kerak deb hisoblaymiz: - xususiy kapitalni, aholining shaxsiy jamgʻarmalarini maksimal jalb qilish, fuqorolarning shaxsiy tadbirkorlik faoliyatini xar tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularga qonun chegarasida koʻproq erkinliklar berish; - chet el kapitalini jalb qilish, uning samarali faoliyat koʻrsatishi uchun sharoit yaratib (huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqalar) berish; - faoliyat koʻrsatayotgan korxonalarning yangi ish joylarini yaratishga qaratilgan shaxsiy mablagʻlari jamgʻarilgan qismini koʻpaytirishni xar tomonlama qoʻllab-quvvatlash; - sermehnat soxalarni kengaytirishda, qoʻshimcha ish joylarini yaratish uchun uzoq muddatli kreditlarga mablagʻnilarni koʻpaytirishda, bank tizimi ishini faollashtirish; - shaxsiy mablagʻlar hisobigi yoshlarning oliy va oʻrta maxsus taʼlim olish imkoniyatlarini kengaytirish, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, Oʻquv maskanlari tarmogʻini kengaytirish. Aholi bandligini taʼminlash orqali mehnatning qoʻllanish doirasi kengayadi, tovar ishlab chivarish va xizmat koʻrsatish koʻpayadi, insonlarning yashash darajasi koʻtariladi, jamiyatdagi ijtimoiy tanglik pasayadi.
Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling