Toshkent davlat iqtisodiyot universtiteti
Ishsizlikning tabiiy yoki muqarrar darajasi = fraksion ishsizlar + tarkibiy ishsizlar
Download 0.86 Mb.
|
Javliyeva Marjona MO-51 Bandlik va ishsizlik
Ishsizlikning tabiiy yoki muqarrar darajasi = fraksion ishsizlar + tarkibiy ishsizlar
Ishsizlarning bunday tabiiy darajada muqarrar mavjud boʻlishi, hamma resurslarning zaxirasi boʻlganligi kabi, mehnat resurslarining ham zaxirasi sifatida qaraladi. Shunga koʻra ishsizlar soni siklik ishsizliklarga teng boʻladi. Iqtisodchilarning fikriga koʻra ishsizlikning “tabiiy” darajasi 35% atrofida boʻlishi kerak. Lekin bu koʻrsatkich turli mamlakatlarda oʻzining obyektiv sharoitidan kelib chiqib farq qiladi. Masalan, AQSHda 7%, chunki bu mamlakatning ishchi kuchini safarbarligi juda yuqori. Yaponiyada esa ishsizlik 1% atrofida boʻlsa toʻla bandlikka erishilgan deb qaraladi. Yaponiyada bir umirlik asosida ishlash keng tarqalgan, demak ish kuchini safarbarligi past. Ishsizlikning sotsiol iqtisodiy oqibatlari iqtisodchilar tomonidan xam ijobiy xam salbiy baholanadi. Ishsizlikning mavjudligi tufayli ish bilan band boʻlganlar mehnat intizomini buzmaslikka, sifatli mehnat qilishga intilishadi. Ishsizlik kishilarni zarur malakaga ega boʻlishga, oʻz ustilarida koʻproq ishlashga undaydi. Shuning uchun, iqtisodchilar fikriga koʻra maʼlum darajada ishsizlik bozor iqtisodiyotining doimiy yoʻldoshi boʻlishi kerak. Ixtiyoriy ishsizlik – odatda bu turdagi ishsizlikka oʻz xohishi bilan ishlamayotganlar kiritiladi. Ish haqinig pasayishi sababli yoki uy xoʻjaligi bilan shugʻullanishi, bola boqish va boshqa sabablarga koʻra ixtiyoriy ravishda ishlamasliklari mumkin. Muassaviy ishsizlik - bu mehnat bozorlarining samarali tashkil etilmasligi natijasida kelib chiqadi. Masalan, vakantli joylar toʻgʻrisida toʻliq maʼlumot boʻlmaydi. Texnologik ishsizlik - ishlab chiqarishning texnologik usuli oʻzgarishi, xususan mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, robotlashtirish va infarmatsion texnologiyalarning qoʻllash natijasida vujudga keladi. Xududiy ishsizlik - xududiy, tarixiy, demografik, madaniy, milliy va ijtimoiy-ruxiy omillar bilan bogʻliq hamda mavjud boʻladi. Yashirin ishsizlik – faol axolining ish kuni yoki ish xaftasi davomida toʻliq band boʻlmagan qismidir. Turgʻun ishsizlik - mehnatga layoqatli aholining ish joyini yoʻqotgan, ishsizlik nafaqasini olishdan mahrum boʻlgan va mehnat faoliyatiga xech qanday qiziqishi boʻlmagan qismi. Ishsizlik davom yetish vaqtiga qarab qisqa muddatli va uzoq muddatli ishsizlikka boʻlinadi. Koʻpgina mamlakatlarda 6 oygacha ishsizlikni qisqa muddatli, undan ortiq muddatga choʻzilgan uzoq muddatli ishsizlik deb ataladi. Iqtisodiy faol axolining qay darajada ish bilan bandligini aniqlash maqsadida ishsizlik darajasi aniqlanadi. Ishsizlik darajasi ishsizlar sonining ishchi kuchi umumiy soniga nisbatining foizdagi ifodasidir:
Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling