Toshkent davlat iqtisodiyot universtiteti


Ishsizlik darajasi =ishsizlar soni/ishchi kuchi soni 100% Ishchi kuchi soni Ishlovchilar yoki band boʻlganlar + faol ish qidiruvchilar yoki ishsizlar


Download 0.86 Mb.
bet5/8
Sana07.11.2021
Hajmi0.86 Mb.
#171632
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Javliyeva Marjona MO-51 Bandlik va ishsizlik

Ishsizlik darajasi =ishsizlar soni/ishchi kuchi soni 100% Ishchi kuchi soni Ishlovchilar yoki band boʻlganlar + faol ish qidiruvchilar yoki ishsizlar

Toʻliq bandlilik ishsizlikning tabiiy darajada mavjud boʻlishining koʻzda tutadi va u quyidagicha aniqlanadi, chunki friksion va tarkibiy ishsizlik doimo boʻlib turadi:

Ishsizlikning salbiy tomoni shundaki, insonlarga zarur neʼmatlar yaratishga qodir kishilar bu ishni qila olmay qoladilar. Uzoq vaqt ishsiz yurish kasbiy malaka va maxoratini yoʻqolishiga olib keladi, bekor yurganlarning oʻzi va oilasi tirikchiligidan qiynalib qoladi. Ishsizlik kishilarni ruxan ezib qoʻyadi. Baʼzi xolatlarda ishsizlar orasida jinoyatchilik xam avj olishi mumkin.

Amerikalik iqtisodchi A.Ouken ishsizlik darajasi va YAIM orqada qolishi oʻrtasidagi nisbatni matematik koʻrinishda ifodalab bergan.

Oukin qonuniga koʻra ishsizlikning haqiqiy darajasi uning tabiiy darajasidan 1%ga yuqori boʻlsa, yaMM (YAIM)ning orqada qolishi 2.5%ni tashkil qiladi, yaʼni ular oʻrtasidagi nisbat quyidagicha boʻladi - 1:2.5; 2:5; 3:7.5 va h.k.

Ishsizlikning tabiiy darajasidan yuqori boʻlishi natijasida jamiyat tomonidan maʼlum miqdordagi maxsulotning ishlab chiqarilmasligini quyidagicha ifodalash mumkin:




Ishlab chiqarilmagan mahsulot

Potensial YAIM

Haqiqiy YAIM

Statistik maʼlumotlarga koʻra, inflyatsiya bilan ishsizlik oʻrtasidagi mustaxkam bogʻliqlik bor ekan. Bu maʼlumotlardan ingliz iqtisodchisi Olban Flippis foydalanib, 1958-yilda egri chiziqni hosil qiladi. Bu egri chiziq Buyuk Britaniyada 1861-1957-yillardan ish haqi darajasi oʻzgarishlarning bir-biriga bogʻliqligini koʻrsatib beradi. U bu davrda ish haqi sekin surʼatlar bilan oʻstanda ishsizlikning yuqori boʻlganligini va ish haqi tez oʻsganda esa ishsizlik pasayganligini koʻrsatib berdi. Buni quyidagicha tushuntirish mumkin, mehnatga talab yuqori boʻlganda tadbirkorlar yangi ishlovchilarni ishga jalb qilish uchun yoki ishlayotganlarni ish joylarida tutib turish uchun ish haqini stavkasini oshiradilar. Ishsizlik oshganda esa, yaʼngi mehnatning taklifi talabdan ancha oshib ketganda, ish haqi stavkalari kamayadi. Bundan, ishsizlikka qarshi nominal ish haqini inflyatsion oʻstirish orqali kurashish mumkin degan xulosa keladi.

Keyinchalik Flipps grafigiga amerikalik iqtisodchilar P.Samuelson va R.Solou oʻzgartirishlar kiritib, ish haqi stavkasini narxlarning oʻsish surʼati bilan almashtirdilar. Bunda grafik quyidagi koʻrinishga ega boʻldi:

Bu grafikda absissa ishsizlik darajasini, ordinata oʻqi narxlar darajasini koʻrsatadi. Agar xukumat ishsizlik darajasini juda yuqori deb xisoblasa, oʻzining fiskal va byudjet-pul siyosati orqali yangi talabni qondirish zarurati ishlab chiqarishni rivojlantirishga va yangi ish joylarini vujudga keltirishga harakat qiladi, bunda ishsizlik U2 darajagacha pasayadi, lekin inflatsiya darajasi P2, gacha oʻsadi. Inflatsiyaga qarshi davlat siyosati natijasida narxlar P3 darajagacha pasayadi, ishsizlik esa U3 darajagacha ortadi.



Fillips egri chizigʻida ishsizlik va inflyatsiya oʻrtasidagi bogʻliqlik qisqa davradagina amal qilishi mumkin. Agar inflatsiya 5 yildan ortiq vaqt davom etsa, ishsizlik darajasi yanayam oshib ketishi mumkin. Buni yuqoridagi grafikda egri chiziqning oʻng tomonga siljishida koʻrishimiz mumkin, yaʼni bunda stagflyatsiya xolati kelib chiqadi (Stagflyatsiya xolatining maʼnosi inflatsiya davrida ishsizlikning oʻsishidir).



Hozirda uzoq davrlar uchun Fillips egri chizigʻi oʻrniga ishsizlikning tabiiy darajasi nazariyasidan foydalanilmoqda. Bu nazariya uzoq davr mobaynida faqat tabiiy ishsizlik darajasidagina inflatsiyani oʻrtacha surʼatda ushlab turish mumkinligini bildiradi. Bu nazariya keyingi yillarda (2008-yildagi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozigacha) AQSH va Angliya xukumatlari tomonidan muvofaqiyatli qoʻllandi va buning natijasida mazkur mamlakatlarda inflatsiyaning oʻsishi surʼatlari ancha pasayishiga erishildi.


Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling