Toshkent davlat iqtisodiyot untversiteti m. S. Qosimova, M. A. Yusupov
Каримов И.А. Бизнинг бош мақсадимиз — жамиятни демократлаштириш ва
Download 0.55 Mb.
|
Toshkent davlat iqtisodiyot untversiteti m. S. Qosimova, M. A. Y-hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- I B O B M A R K E T IN G УА U N IN G R IV O JL A N IS H ID A G I A S O S IY B O S Q IC H L A R 1.1. Marketing tushunchasi va uning mohiyati
1
Каримов И.А. Бизнинг бош мақсадимиз — жамиятни демократлаштириш ва янгилаш, мамлакатни модернизация ва ислоҳ этишдир. -Т.: «Ўзбекистон». 2005. www.ziyouz.com kutubxonasi barcha oliy ta'lim muassasalarida foydalanib kelinayotgan namunaviy o’quv dasturi asosida yozildi. Darslikdagi nazariy xulosalarbevosita amaliyot bilan bog'liq holda yoritishga harakat qilindi. Mualliflar mamlakatimizni bozor munosabatlariga bosqichm a-bosqich o’tayotgan davrida milliy iqtisodiyotimizni barcha sohalaridagi xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini marketing tamoyillari orqali tashkil etish natijasida barcha muammolami hal etishga da'vo qilishmaydi, chunki hozirgi shiddatli rivojlanish davrida nazariya va amaliyot sohasidagi uzluksiz taraqqiyot, yangi va jumboqli muammolami ilgari surmoqda. Darslikning har bir bobi oxirida qisqa xulosalar, nazorat va muhokama uchun savollar hamda asosiy adabiyotlar ro'yxati keltirilgan. www.ziyouz.com kutubxonasi I B O B M A R K E T IN G УА U N IN G R IV O JL A N IS H ID A G I A S O S IY B O S Q IC H L A R 1.1. Marketing tushunchasi va uning mohiyati Marketing — bozorda vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni faollashtirish uslublarini, tovarlami ishlab chiqarish h?* >ia realizatsiya qilish muammolarini kompleks, tizimli yechish uslublarini bozorda vujudga keladigan o’zgarishlarga tezda moslashish, iste’molchilarga tabaqali yondoshish, raqobatbardosh yangi tovarlami vujudga keltirish va ulami ishlab chiqarishni tashkil etish, konyunkturani o’rganish va bashorat qilish hamda ta’sirchan rekiamani rivojlantirish masalalarini o’rganishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygandir. “Marketing” fani xo’jalik yurituvchi subyektlami bozorda iqtisodiy maqsadlaiga erishish quroli (ya’ni foyda oladigan bozorlar hissasiga erishish) sifatida qarashga alohida e’tibor beradi. Marketing fani raqobatni, iste ’molchi xulq-atvorini, tovarni sifati, uning raqobatbardoshligi, rag’batlantirishni, rekiamani va bozomi chuqur o’rganadi. Marketing mazmuni va terminologiyasi yangilanib boradi, lekin ular boshdan ayirboshlash jarayoni, tovar-pul munosabatlari paydo bo’lishi, sotish shakllarini rivojlanishi hamda iste’molchilami tovar va xizmatlar bilan o’zaro harakati bilan bog’lanadi. Marketing faoliyati tadbirkorlik faoliyatining asosini tashkil etadi. Respublikamizda iste’mol bozorining sifatli, raqobatbardosh mahsulotlar bilan to’ldirishda tadbirkorlikning o’mi kattadir. Mamlakatimiz Prezidentining Oliy Majlis qonunchilik palatasi va Senatining qo'shma majlisidagi ma'ruzasida asosiy strategik vazifamiz demokratik qurilish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish, bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni erkinlashtirish yo’lida samarali, bosqichma- bosqich va izchil borish ekanligi ta'kidlangan edi. Shuningdek, ushbu ma'ruzada 2005 yilda iqtisodiy islohotlami amalga oshirishning eng muhim ustuvor vazifalaridan etib quyidagilar ko’rsatilgan: -asosiy ustuvor masala — awalgidek, bozor islohotlarini chuqurlashtirish www.ziyouz.com kutubxonasi va yanada erkinlashtirishdan iborat; -ikkinchi ustuvor masala- xususiy tarmoqning jadal rivojlanishini, uning mamlakat iqtisodiyotidagi ulushi ko’payishini ta'minlash; -uchinchi ustuvor masala — kichik biznes va fermerlikni rivojlantirish borasidagi ishlarni chuqurlashtirish va ko’lamini kengaytirishdan iborat; -to’rtinchi ustuvor masala — bank va moliya tizimlaridagi islohotlami chuqurlashtirish; -prinsipial muhim masala— soliq siyosatini yanadatakomillashtirishdan iborat .1 Tadbirkorlik faoliyatida qaror qabul qilish va uni ishlab chiqishda tadbirkorlikning samarali vositasi hamda asosi bo’lib marketing hisoblanadi hamda tadbirkorlik faoliyatini boshqarish tizimida, uni tashkil etishda, rejalashtirish va nazorat qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. “Ay-si-ay” konsemi boshqaruvi raisi Djon Xarvi Djons tadbirkorlikda marketingni o’mini tavsiflab shunday deydi: “Marketing tadbirkorlikning tayanch omilidir. Bu nafaqat yoqilg’i, balki kema kompasidir ”.2 Marketing elementlarining paydo bo’lishi XVII asming o’rtalariga borib taqaladi. Bu davrgacha tovarlami natural ayiiboshlashni turli shakllari paydo bo’ldi, keyinchalik marketing faoliyatini birinchi elementlari, ya’ni reklama, narx, sotish kabilami rivojlanishi kuzatildi. 1902 yildan boshlab AQShning Michigan, Kalifomiya va Illinoys universitetlarida marketing fani kiritilib, bu muammolar bo’yicha ma’ruzalar o’qitila boshladi. Keyinchalik marketing assotsiatsiyalari tashkil topdi. 1948 yildan boshlab marketing tovarlar va xizmatlar oqimini ishlab chiqaruvchidan oxirgi pirovard iste’molchi tomon yo’naltirilgan xo’jalik faoliyatini har xil turlarini amalga oshirish sifatida ko’ra boshladi. Marketing tushunchasi bozor sohasini har qanday faoliyati bilan bog’liqdir, shu bois marketing so’zini taijimasi va kelib chiqishi keltiriladi (ingl. Market — bozor, ing — faol, faoliyat, harakat ma’nosini anglatadi). Marketing bu nafaqat falsafa, fikrlash tarzi va iqtisodiy tafakkur yo’nalishi, balki ayrim firma, kompaniya, tarmoq va butun iqtisodiyot bo’yicha amaliyot faoliyati hamdir. AQSh va boshqa xorijiy davladar iqtisodiy adabiyotlarida marketing ta’rifini ko’p turlari mavjuddir. Eng keng tarqalgan marketing ta’rifi Amerika marketing assotsiatsiyasi tomonidan berilgan 1 К аримов И.А. Бизнинг бош мақсадимиз — жамиятни демократлаиггириш ва янгилаш , мамлакатни модернизация ва ислоҳ этишдир. - Т.: «Ўзбекистон», 2005. 2 Багиев Г Л ., Тарасевич В.М., Анн X. М аркетинг. Учебник для ВУЗов. -С П б.: П итер, 2005. www.ziyouz.com kutubxonasi bo’lib, uning mazmuni quyidagichadir, ya’ni “Marketing shunday jarayondan iboratki, uning yordamida o’ylangan g’oya rejalashtiriladi va amalga oshiriladi, narxlar tashkil etiladi, g’oyalar, tovarlar va xizmat ko’rsatishlar harakati va sotishni, ayrim shaxslar va tashkilotiami maqsadlari ayiiboshlash yordamida qondiriladi”. Marketingga olimlar turlicha ta’rifberganlar. I.K.Belyayevskiy shunday degan: “Marketing — bu bozomi o’rganish va tartibga solish, boshqarish tizimidir”. Jan-Jak Lamben esa marketingga shunday ta’rif beradi: “Marketing tashkilotlar va Kishilami xohish va ehtiyojini tovarlar va xizmatlami erkin raqobatli ayirboshlashni ta’minlash yo’Ii orqali qondirishga yo’naltirilgan ijtimoiy jarayondir”, “Marketing — bu bir vaqtning o’zida biznes falsafasi va faol jarayondir”1. Ushbu ta’riflardan shuni aytish mumkinki, marketing — bu bozomi o’rganish, u orqali iste’molchilarga ta’sir etishdan iboratdir. Talab bilan taklifning o’zaro ta’siri - bu alohida shaxslar yoki guruhning xohish-ehtiyojlarini uzluksiz qondirish jarayoni bo’lib hisoblanadi. Bu jarayon o’z navbatida shunday ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyalami o’zaro ta’siriga asoslanadi, ya’ni ularga muhtojlik, ehtiyoj (xohish), talab, xarid qilish (ayirboshlash, bitim) va aniq tovar va xizmatlarni iste’moli (ishlatilishi) kiradi. Bu tushunchalar marketing tushunchasi, mohiyatini aniqlashga imkon beradi. Muhtojlik — Kishining biron bir narsa yetishmasligini his etishidir. Ehtiyoj — individ shaxsning madaniy darajasiga asosan maxsus shaklga kiigan muhtojlikdir. Talab — bu xarid quwatiga ega bo’lgan ehtiyoj. Talab — mavjud, potensial hamda xohish talabga bo’linadi. Tovar — bu ehtiyojni yoki muhtojlikni qondira oladigan hamda bozoiga e’tibomi tortish, sotib olish, ishlatish yoki iste’mol qilish maqsadida taklif etilgan barcha narsalardir. Hozirgi davrda jahon adabiyotida marketingga berilgan ikki mingdan ortiq ta’rif bor. Mutaxassislar o’rtasida marketingning takror ishlab chiqarish jarayonida ishtiroki masalasida yagona fikr yo’q. Hozir ko’pgina chet ellik marketologlar zamonaviy marketing tushunchasi ishbilarmonlikka kiradigan faoliyatni o’z ichiga olmog’i kerak deb hisoblaydilar. Boshqalari esa bunday izohlami tanqid qilib, ayriboshlashning hamma turlari ham marketing tusiga 1 Багиев ПЛ., Тарасевич B.M. Маркетинг: Учебник для ВУЗов.- СПб.: Питер, 2005. www.ziyouz.com kutubxonasi ega emasligini va marketing prinsiplarini hamma vaziyatlarga ham tatbiq qilib bo’lmasligini ta’kidlaydilar. Marketingga ta’rif berishda bunday xilma- xillikning sababi bor. Birinchidan, marketing konsepsiyasi mazmuni kapitalistik ishlab chiqarish usuli rivojlanishi bilan o’zgarib keldi va uning mohiyatini aks ettirdi, ikkinchidan, boshqarish tizimida marketingdan foydalanish maqsadlari, xususiyatlari, miqyosiga qarab, undagi tashkiliy qismlaming ahamiyati va boshqaruv tizimidagi ahamiyati o’zgarib boradi. Bundan tashqari, mutaxassislar marketingni biznes xizmati va falsafasi tarzida baholaydilar. Xizmat sifatida marketing ishlab chiqarish, savdo, reklama, texnika xizmati ko’rsatish va boshqa sohadagi tadbirlar majmuidan iborat. Falsafa sifatida esa marketing - bu jamiyat ishlab chiqarish munosabatlariga daxldor ijtimoiy-iqtisodiy konsepsiyadir. Umuman olganda marketingga quyidagicha ta’rif berishimiz mumkin: marketing — ehtiyoj va muhtojlikni ayriboshlash orqali qondirishga qaratilgan inson faoliyatining turidir. Marketing vujudga kelishining asosiy sabablaridan bin bu ishlab chiqarish hajmining ortib borishi, yangi tarmoqlaming vujudga kelishi, tovar turlarining ko’payishi va tadbirkorlar o’rtasida mahsulotni sotish bo’yicha muammoning vujudga kelishidir. Marketing asosida bozomi har taraflama o’rganish yo’nalishlarining asosiylaridan quyidagilami ko’rsatib o’tish zarur: • talabni o’rganish; • bozor tarkibini aniqlash; • tovami o’rganish; • raqobat sharoitlarini tadqiq qilish; • sotish shakli va uslublarini tahlil etish. Marketing korxonalaming bozorda ishlash uslubi, bozor metodologiyasi bo’lib, iste’molchilar va ulaming talab hamda istaklarini o’iganish, ularga mos keladigan tovarlar yaratish, narx belgilash, tovarlami yetkazib berish, taqdim etish, sotish, xizmat ko’rsatishni uyushtirish usullari, vositalari, tartib-qoidalari majmui hisoblanadi. Bulaming hammasi birinchi asosiy maqsadga talab bilan taklifni o’zaro muvofiqlashtirishga xizmat qiladi. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling