Toshkent davlat iqtisodiyot untversiteti m. S. Qosimova, M. A. Yusupov
Marketing nazariyasi konsepsiyasi va uning evolyutsiyasi
Download 0.55 Mb.
|
Toshkent davlat iqtisodiyot untversiteti m. S. Qosimova, M. A. Y-hozir.org
1.3. Marketing nazariyasi konsepsiyasi va uning evolyutsiyasi
Marketing konsepsiyasi — bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish sharoitlarida faoliyat ko’rsatayotgan firma, tashkilot yoki shaxsning ish 1 Каримов И.A. Ислоҳотлар стратегияси — мамлакатимиз иқгисодий салоҳиятини юксалтиришдир.// «Халқсўзи». 2003 йил 18 феврал. www.ziyouz.com kutubxonasi yuritish, tadbirkorlikni tashkil etish falsafasi yoki korxonaning yakuniy maqsadi - daromad olish va iste’molchilar ehtiyojini qondirish uchun foydalaniluvchi marketing faoliyatining asosiy vositalari, qoida va g’oyalari tizimidir. Marketing konsepsiyasi rejalashtirilayotgan va amalga oshirilayotgan firma faoliyatining strategik tahlili asosida islilab chiqiladi. Marketing konsepsiyasini ishlab chiqish odatda quyidagi bosqichlami qamrab oladi: • ichki va tashqi muhit strategik tahlilini amalga oshirish; • marketing faoliyati va korxonaning maqsadlarini aniqlash; • marketing strategiyasini aniqlash; • rejalashtirilayotgan natijalarga erishish maqsadida marketing faoliyati elementlarini tanlash. Marketing konsepsiyasi ishlab chiqarish va taklif etilayotgan tovarlarga bo’lgan talabni rivojlanish darajasiga bog’liqligi jihatidan evolyutsion taraqqiyot bosqichini kechdi. Marketing va tadbirkorlik sohasida dunyo ilmi va amaliyoti marketing evolyutsiyasida quyidagi konsepsiyalami asosladi va tavsiya etdi :1 • ishlab chiqarish kontseptsiyasi; • tovar konsepsiyasi; • sotish konsepsiyasi; • an’anaviy marketing konsepsiyasi; • ijtimoiy-axloqiy marketing konsepsiyasi; • o’zaro aloqaviy marketing konsepsiyasi. Bular haqida 2-jadvalda ma’lumotlar berilgan. Ko’rsatib o’tilgan marketing konsepsiyalari har bir mamlakat uchun standart yoki norma sifatida ko’rilmasligi kerak. Marketing konsepsiyasi evolyutsiyasi har qaysi mamlakatda o ’zini xususiyatlari va bozor munosabatlarini rivojlanish darajasiga bog’liq bo’ladi. Biroq marketingni paydo bo’lishi bilan bog’liq jahon tajribasi hamda bozor munosabatlarini rivojlanishi ayrim mamlakatlarda tadbirkorlik faoliyatini tatbiq etish va bozor munosabatlarini shakllantirishga marketing konsepsiyasini ishlatilishi foydali hisoblanadi. Bundan tashqari marketingni rivojlanishida mashhur umumiy tendensiya - e’tibomi tovar ishlab chiqarishdan iste’molchiga, uning xohish va ehtiyojlariga qaratish talab etiladi. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling