Toshkent davlat iqtisodiyot untversiteti m. S. Qosimova, M. A. Yusupov
-jadval M arketing evolyutsiyasi ilm sifatida1 Yillar Nazariy asoslari Uslublari Qo’Ilash sohasi
Download 0.55 Mb.
|
Toshkent davlat iqtisodiyot untversiteti m. S. Qosimova, M. A. Y-hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.4. Marketing elementlari tarkibi va marketing—miks tushunchasi
3-jadval
M arketing evolyutsiyasi ilm sifatida1 Yillar Nazariy asoslari Uslublari Qo’Ilash sohasi 1900-1950 Tovar haqida o‘rganish, taqsimlash va moMjal olish, sotish va eksport nazariyasi Kuzatish, xaridni va sotishni tahlil qilish, ehtimollami hisoblash, iste'mol panel i Ommaviy tovar ishlab chiqarish, qishloq xo'jaligi tarmog‘i 1960 Sotish haqida o‘rganish, tovarga, sotish hajmiga mo‘ljal olish, dis- tribyuterlik nazariyasi Motivlar tahlili, faoliyatni tadqiq qilish, modellashtirish Iste’mol vositalari iste’molchilari 1970 Qaror qabul qilish va xulq-atvoming ilmiy asoslari Faktoring, diskriminant tahlil, matematik uslublar, marketing modellari Ishlab chiqarish vositalari va iste’mol vositalari iste’molchilari 1980-1990 Holatli tahlil, menejment funksiyasi sifatida marketing haqida o'rganish, raqobatni tahlil nazariyasi, ekologiya asoslar, strategik marketing Pozitsiyalashtirish, klaster tahlil, iste’molchilar tipologiyasi, ekspertiza, sabab-oqibat tahlili Iste’mol vositalari, ishlab chiqarish vositalari, xizmat sohasi, foyda ko’rmaydigan tashkilotlar iste’molchilari 1990 yildan shu davrgacha Tadbirkorlik quroli va fimksiyasi sifati marketing haqida o‘rganish, bozor tarmoqlari nazariyasi, kommunikatsiya va o*zaro ta’sir nazariyasi, ijtimoiy va ekologik samaraga mo4ljal olish Pozitsiyalashtirish, klaster tahlil, iste’molchilar tipologiyasi, raqobatchilar va iste’molchilami xulq- arvori modellari, benchmarketing, o’yin nazariyasi Ishlab chiqarish vositalari, iste’mol vositalari, xizmat sohasi, foyda ko’rmaydigan tashkilotlar, davlat tad-birkorligi sohasidagi iste’molchilar Moliya, bank, savdo, keyinchalik sanoatda marketingni faol qo’llanish jarayoni, o’tish davri iqtisodiyotining xususiyatlari bo’lib hisoblanadi. 1 Багиев Г.Л., Тарасевич B.M., Анн X. Маркетинг. Учебник. - М.: «Экономика», 2001. www.ziyouz.com kutubxonasi Marketing evolyutsiyasi marketing kontseptsiyasini, shaklini va elementlarini o’zgarishi bilan kuzatiladi. 1.4. Marketing elementlari tarkibi va marketing—miks tushunchasi Marketing tizimida qo’yilgan maqsadga erishish uchun xaridorlar va boshqa subyektlarga ta’sir etish uchun marketing vositalari, ya’ni marketing usullari yigindisi, uslublari zarurdir. Shunday vositalardan marketing-miks, marketing kompleksi bo’lib hisoblanadi. Bulami marketing nazariyasiga 1964 yilda birinchi bo’lib Garvard Neyl biznes maktabi professori Neyl Borden kiritgan. Marketologlar tayyorlash tizimida marketing kompleksi 4 “P” deb nomlanib, Makkarti tomonidan 1960 yilda bu model taklif etilgan. Ushbu modelda marketingning to’rtta asosiy elementlari ajratib ko’rsatilgan: tovar (product), narx (price), sotish (place), reklama-siljitish (promotion). Marketing faoliyatida ehtiyoj va muhtojlikni ayiiboshlash orqali qondirish jamyonida albatta inson ishtirok etadi. Shuning uchun yuqorida ko’rsatib o’tilgan marketing elementlari tarkibiga 5 “P” ham kiritilib, u kishilar (people) ekanligi alohida takidlab o’tilgandir. Marketing-miks elementlari quyidagi 2-chizmada ko’rsatilgan. 1968 yilda F.Kotler marketing-miks elementlari tarkibiga pablik-rileyshnz (public relations) va siyosatni (politics) qo’shib, oldingi 4 “P” ni 6 “P” ga kengaytirib ko’rsatdi. 4“P” modelini qo’llanishini cheklanganligiga qaramasdan, marketing nazariyasini shakllanishi va amaliyotini rivojlanishida katta rol o’ynaydi. Marketing-miks (marketing majmuasi) -marketing tuzilishi; marketing tizimining tarkibiy qismlari, elementlari; marketing tarkib topuvchi jarayonlar, marketing xarajatlari tuzilishi, marketing retsepti, tovar yoki xizmatlami ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga yetkazib berish chora- tadbirlarining majmuaviy dasturidir. Marketing-miks keng qo’llanadigan shaklda to’rtta marketing submiksini o ’z ichiga oladi. Bular quyidagilar: tovar miksi, shartnoma miksi, kommunikativ miks, taqsimot miksi. Tovar miksi tovar siyosatini shakllantiradi, tovar bilan bog’liq bo’lgan chora-tadbirlami o’z ichiga oladi. Bu chora-tadbirlar: dizayn, uni bezatilishi, mahsulot sifati, o’rovi, xaridorlarga xizmat ko’rsatish, kafolat xizmati siyosati, tovar diversifikatsiyasi, assortiment siyosati va hokazolar. Shartnoma siyosati tovami oldi-sotdi akti shartlari kelishuvini va bitim ko’rinishida ularni rasmiylashtirishni amalga oshiradi. Bunday chora- www.ziyouz.com kutubxonasi 2-chizm a. M a rketin g tizim idagi besh asosiy narsa1. tadbirlariga: narh siyosati, ustama va chegirma tizimi, tovar yetkazib berish va uni to’lov shartlari, shuningdek kredit siyosati kiradi. Taqsimot siyosati tovami ishlab chiqarish joyidan iste’molchiga yetkazib berishni amalga oshiradi. Bu siyosat sotish kanalini asoslash va tahlil qilish, marketing-logistika, savdo siyosati, sotish vositalari siyosati, ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish siyosati, iste’molchilar va bozorlami joylashuvi siyosati, yetkazib berish siyosati, tayyor mahsulotlarni omborlarga joylashtirish siyosati va boshqalami o’z ichiga oladi. Kommunikativ siyosatni vazifasi xaridor ehtiyojini qondirish va foyda olish maqsadida talabni shakllantirish va tovar hamda xizmatni siljitish bo’yicha muqobil va samarali faoliyatni ta’minlash uchun marketing tizimini barcha obyektlarini korxona — mahsulot tayyorlovchilar bilan o ’zaro harakatini tashkil etishdan iboratdir. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling