Toshkent davlat iqtisodiyot


Download 312.26 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/12
Sana09.01.2022
Hajmi312.26 Kb.
#255253
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Mirzayeva N kurs ishi

Bartalomeo de Salazano 

 

“Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotni tartibga solish, buxgalteriya 



hisobi standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash O‘zbekiston Respublikasi Moliya 

vazirligining zimmasiga yuklatiladi. Buxgalteriya hisobini yuritish qoidalari 

buxgalteriya hisobi standartlari, shu jumladan kichik tadbirkorlik sub’ektlari uchun 

soddalashtirilgan buxgalteriya hisobini yuritish standarti bilan belgilanadi. Budjet 

tashkilotlarining hamda davlat maqsadli jamg‘armalarining buxgalteriya hisobi va 

moliyaviy hisobotini tartibga solish budjet hisobi standartlari hamda boshqa qonun 

hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Banklar va boshqa kredit tashkilotlarining 

buxgalteriya hisobi hamda hisobotini tartibga solish O‘zbekiston Respublikasi 

Markaziy banki tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.”

1

 



Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning bosh 

maqsadi kuchli, raqobatbardosh milliy iqtisodiyotni yaratish va shuning hisobidan 

aholi farovonligini muntazam oshirib borishga qaratilgan. Shu bois so‘nggi yillarda 

xususiy mulk va tadbirkorlikning huquqiy kafolatlarini mustahkamlashga 

qaratilayotgan e'tibor pirovard natijada barqaror iqtisodiy taraqqiyotning muhim 

omiliga aylanmoqda.

 

Bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya hisobining ahamiyati va 



boshqaruv qarorlarini qabul qilishdagi roli ham oshib bormoqda. Shu ma'noda 

1996 yilda qabul qilingan “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston 

Respublikasi qonuni sohadagi munosabatlarni tartibga solish, biznesdagi 

samaradorlik va natijalarning haqiqiy ahvolini o‘z vaqtida baholab borishni 

ta'minlashga xizmat qilib kelmoqda. 

 

 



__________________ 

1

O’zbekiston Respublikasi qonuni  “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”, 9-modda 



 

Biroq, o‘tgan yigirma yil mobaynida milliy iqtisodiyotimizda yuz bergan 

tarkibiy o‘zgarishlar, xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar turi va soni oshib borayotgani 

hamda sohaga joriy etilayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal 




rivojlanishi mazkur qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni taqozo 

etmoqda. 

O’zbekistonda buxgalteriya hisobi sohasida ko’zga ko’ringan iqtisodchi 

olimlar tomonidan bildirilgan fikrlar Respublikamizdagi buxgalteriya hisobi tizimi 

bu borada Kontinental modelga asoslanishi haqiqatga yaqinroqligini ko’rsatmoqda. 

Ushbu modelning mohiyati shundaki, buxgalteriya hisobini tartibga solishda 

hukumat xal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Qat’iy qonunchilik talablari asosida va 

soliq siyosatiga mos holda konservativ tartibda hisob yuritiladi. Shuningdek, 

yagonda hisob varaqlar rejasi amal qiladi. 

Buxgalteriya hisobi tizimi Moliya vazirligining “Buxgalteriya hisobi va 

audit uslubiyoti Bosh boshqarmasi” tomonidan tartibga solinadi hamda 

Buxgalterlar va auditorlar uyushmasi, O’zbekiston buxgalterlar federatsiyasi 

yoki Auditorlar Palatasi kabi jamoatchilik tashkilotlari esa, buxgalteriya hisobini 

amaliyotga tadbiq etishda maslahatchi bo’lib xizmat qilmoqda. O’z navbatida 

xo’jalik subyektlari uchun yagona hisobvaraqlar rejasi ham mavjud 

(21 – son BHMS “Xo’jalik yurituvchi subyektlarning buxgalteriya hisobi 

hisobotlar rejasi” O’z.R AV tomonidan 2002 yil 23 oktabrda 1181-son bilan 

ro’yxatdan o’tkazilgan). 

 

Buxgalteriya hisobi va hisobotining tartib qoidalarini ishlab chiqishda jahon 



mamlakatlari uchta guruhga bo’linadi: xalqaro standartlar (Moliyaviy 

hisobotlarning xalqaro standartlarni – MHXS, International Financial Reporting 

Standats – IFRS) to’g’ridan-to’g’ri qabul qilib oluvchi mamlakatlar, MHXS 

asosida o’z kodeksi, nizom yoki standartlarini yaratuvchi mamlakatlar hamda 

MHXSlarni tan olmaydigan (o’zining alohida – hisob standartlariga yoki 

tamoyillariga ega bo’lgan) mamlakatlar. Xususan, O’zbekiston MHXS asosida 

o’zining milliy standartlarini ishlab chiqaruvchi mamlakatlar qatoriga kiradi, ya’ni  

buxgalteriya hisobi tizimi o’z mlliy standartlariga asoslanadi(banklardan tashqari). 

 

Respublikamizda buxgalteriya hisobi va hisoboti tizimidagi amalga 



oshirilayotgan ishlar “bosqichma-bosqich rivojlanish” tamoyillariga asoslanib 

kelmoqda.  

 

birinchi bosqich: 1994 yil “Buxgalteriya hisobi va hisoboti to’g’risida”gi 



Nizomni ishlab chiqilishi; 

 

ikkinchi bosqich: 1996 yil “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi O’zbekiston 



Respublikasi Qonunning qabul qilinishi; 

 

uchinchi bosqich : 1998 yil “Buxgalteriya hisobining milliy standartlari”ni 



yaratilishi; 

 

to’rtinchi bosqich: 2002 yil “Moliyaviy hisobotlarni takomillashtirish” 



bo’yicha turli me’yoriy xujjatlarning qabul qilinishi


 

beshinchi bosqich: 2012-2015 yillar “Tadbirkorlik subyektlarida statistic, 

soliq va moliyaviy hisobotlarni soddalashtirish, topshirishning elektron tizimi” ga 

to’la o’tkazilishi. 

 

  

 Shuningdek, Respublikamizda buxgalteriya hisobi sohasida o’tkazilgan 



islohotlarga qaramay, buxgalteriya hisobiga kontinental model bo’yicha 

yondashish, yuqorida ta’kidlanganidek, qat’iy qonunchilikka asoslangan hisob 

yuritish qoidalari hamon saqlanib turibdi. Vaholanki, MHXS talablari kontinental 

modeldan deyarli farq qiladi: 

 


Download 312.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling