Toshkent davlat iqtisodiyot
Respublika buxgalteriyasi hisobi va hisobot
Download 312.26 Kb. Pdf ko'rish
|
Mirzayeva N kurs ishi
Respublika buxgalteriyasi hisobi va hisobot
tizimini takomillashtirish.
O’zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi qonunning 2 – moddasiga muvofiq, “Buxgalteriya hisobining maqsadi foydalanuvchilarni o’z vaqtida to’liq hamda aniq moliyaviy va boshqa buxgalteriya axboroti bilan ta’minlashdir” 1 . Shuningdek, ushbu maqsadga erishish uchun buxgalteriya hisobi oldiga quyidagi vazifalar qo’yilgan: – buxgalteriya hisobi scho’tlarida aktivlarning holati va harakati, mulkiy huquqlar va majburiyatning holati to’g’risida to’liq hamda aniq ma’lumotlarni shakllantirish; - samarali boshqaruv maqsadida buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish; - moliyaviy, soliqqa doir va boshqa hisobotlarni aniq tuzish” Qishloq xo’jalik korxonalarida buxgalteriya hisobi oldiga qo’yilgan vazifalar faqat u to’g’ri va oqilona tashkil etilgandagina muvaffaqiyatli hal etilishi mumkin. Buxgalteriya hisobini tashkil etishda yo’l qo’yilayotgan xato – kamchiliklar butun hisob siyosatining, xususan, hisob ishlarining orqada qolishi, hisobotlarni va boshqa axborotlarni taqdim etishda kechikishlarga olib keladi. Buxgalteriya hisobini tashkil etish deganda korxonaning moliya-xo’jalik faoliyati to’g’risida ishonchli va o’z vaqtida axborotlar olish hamda ishlab chiqarish resurslari va tayor mahsulotlardan foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida – hisob jarayonining shart-sharoitlar tizimi va ular elemntlarining tuzilishi tushuniladi. Buxgalteriya hisobini tashkil etish tizimining asosiy elementlari dastlabki hisob va hujjatlar aylanishi, inventarizatsiya, hisob-kitob hamda hisob siyosatidan iborat bo’lishi lozim.
________________ 1 O’zbekiston Respublikasi qonuni “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”, 2-modda
Download 312.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling