Toshkent davlat iqtisodiyot


IV. Buxoro shahri hududini obodonlashtirish


Download 111.44 Kb.
bet10/16
Sana09.01.2022
Hajmi111.44 Kb.
#259978
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
tu-52.Nurdinova.S.Kurs.ishi

IV. Buxoro shahri hududini obodonlashtirish

53.

Buxoro shahri markaziy qismini batafsil rejalashtirish loyihasini qayta ko`rib chiqish va o`zgartirishlar kiritish, unda quyidagilar nazarda tutiladi:

Buxoro shahri tarixiy qismi ichidagi hududni obodonlashtirish, tarixiy qimmatga ega bo`lmagan eski uylar va boshqa ko`hna imoratlarni shaharning tarixiy qiyofasiga muvofiq holga keltirish hisobiga “Ark” kompleksi — Labi Hovuz yo`nalishi bo`ylab piyodalar zonasini yaratish;

piyodalar zonasi ichida kam qavatli kafe, restoranlar, savdo-ko`ngilochar komplekslar hamda turistlar dam oladigan boshqa obyektlarni barpo etish;

tarixiy obyektlarni rang-barang yoritib turadigan qurilmalar, turistlar piyoda o`tadigan yo`nalishlar bo`ylab tungi yoritish qurilmalarini o`rnatish, mavjud yo`lkalarni koshinlar bilan qoplash va turistlarga namoyish etiladigan obyektlarga tutash hududlarni ko`kalamzorlashtirish;

Buxoro shahrining tarixiy qismiga yuk avtotransporti kirishini to`xtatish va yengil avtotransport kirishini qisqartirish maqsadida Buxoro shahar kichik halqa avtoyo`li qurilishi;

kechki va tungi turistik ekskursiyalarni tashkil etish uchun shart-sharoitlarni ta’minlash maqsadida turistlarga namoyish etiladigan obyektlarga boriladigan avtomobil yo`llari va mahallalar ichidagi yo`llarni ta’mirlash;

yo`laklar, kanalizatsiya tizimlari hamda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasining boshqa obyektlari ta’mirlanishini ta’minlash;

Buxoro shahar Davlat tarix muzeyini xalqaro standartlarga muvofiq barpo etish.



qayta ko`rib chiqish — uch oy muddatda, amalga oshirish 2017 — 2019-yillarda

Loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq

Mahalliy budjet, ixtisoslashtirilgan jamg`armalar, loyiha tashabbuskorlari — tadbirkorlik subyektlari mablag`lari

Buxoro viloyati hokimligi,

Qurilish vazirligi,

Madaniyat vazirligi,

Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi,

vazirlik va idoralar


54.

Turistlar ommaviy ravishda to`planib qoladigan joylarni xatlovdan o`tkazish va xatlov asosida Wi-Fi zonalar tashkil etish va jahon Internet axborot tarmog`iga ulanishni ta’minlash.

2017-yil sentyabr

Loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq

Bajaruvchilarning mablag`lari

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Madaniyat vazirligi,

“O`zbektelekom” AK,

Buxoro viloyati hokimligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar


55.

Buxoro shahrining turistlar ommaviy ravishda to`planadigan joylarida (“Ark” qal’asi, Toki Zargaron va Toki Telpakfurushon darvozalari oralig`i, “Labi Hovuz” kompleksi, “Bahouddin Naqshbandiy” kompleksi, Buxoro shahri xalqaro aeroporti, Buxoro shahri temir yo`l vokzali) va boshqa joylarda axborot olish uchun axborot markazlarini tashkil etish.

2017-yil sentyabr

Loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq

Bajaruvchilarning mablag`lari

Buxoro viloyati hokimligi,

Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi, Madaniyat vazirligi,

“Davarxitektqurilish” qo`mitasi,

“O`zbekiston havo yo`llari” MAK,

“O`zbekiston temir yo`llari” AK,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

tadbirkorlik subyektlari


56.

Madaniy meros obyektlari va boshqa barcha turistik obyektlarda tasdiqlangan yagona namuna bo`yicha axborot stendlarini o`rnatish.

2017-yil sentyabr

Loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq

Bajaruvchilarning mablag`lari

Buxoro viloyati hokimligi,

Madaniyat vazirligi



57.

Buxoro viloyatining turistik infratuzilmasi obyektlarida, shu jumladan xalqaro temir yo`l vokzalida, mehmonxonalar va boshqajoylashuv vositalarida, shuningdek, xorijiy mehmonlarga xizmat ko`rsatuvchi umumiy ovqatlanish korxonalarida xorijiy valyutani (Visa Card, Master card, American Express va boshqalarni) hamda milliy valyutani qabul qilish uchun bankomatlar va terminallar o`rnatish, Markaziy bank tomonidan tasdiqlangan ro`yxat bo`yicha valyuta almashtirish punktlari hamda pul o`tkazish xizmatlarini tashkil etish.

2017-yil sentyabr

Loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq

Tijorat banklari kreditlari

Buxoro viloyati hokimligi,

Markaziy bank,

tijorat banklari


58.

Buxoro shahrining eski qismida yo`l va yo`laklarni tozalash uchun yo`l — supurish maxsus texnikasini xarid qilish.

2017 — 2018-yillar

Loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq

Mahalliy budjet mablag`lari

Buxoro viloyati va Buxoro tumani hokimliklari

59.

Shaharning tarixiy qismiga tutash Buxoro shahrining markaziy qismida 4 ta sanitariya-gigiyena uzellari qurilishi.

2018-yil aprel

Loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq

Mahalliy budjet mablag`lari, hayr-ehson qiluvchilar va tadbirkorlik subyektlari mablag`lari

Buxoro viloyati hokimligi,

“Davarxitektqurilish” qo`mitasi,

tadbirkorlik subyektlari


60.

Buxoro shahrida savdo markazlari (gipermarketlar) barpo etib, ularda jahonning mashhur marka va brendlari sotiladigan magazinlar, attraksion, umumiy ovqatlanish korxonalari va shu kabilarni tashkil etish.

2018-yil avgust

Loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq

Loyiha tashabbuskori — tadbirkorlik subyektlari mablag`lari, tijorat banklari kreditlari

Buxoro viloyati hokimligi,

Qurilish vazirligi,

Madaniyat vazirligi, tadbirkorlik subyektlari, tijorat banklari


61.

Buxoro shahrining markazida yangi “savdo” ko`chasini yaratish, ixtisoslashtirilgan magazinlar tarmog`ini rivojlantirish (antikvar, zargarlik magazinlari, kolleksiya tovarlari va suvenirlar sotiladigan magazinlar).

2018-yil sentyabr

Loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq

Loyiha tashabbuskori — tadbirkorlik subyektlari mablag`lari, tijorat banklari kreditlari

Buxoro viloyati hokimligi,

“Davarxitektqurilish” qo`mitasi,

Madaniyat vazirligi,

tadbirkorlik subyektlari,

tijorat banklari



Download 111.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling