Toshkent davlat madaniyat instituti vahobjon rustamov
OMMAVIY BAYRAM VA TOMOShALARDA TEATRLAShTIRISh
Download 1.35 Mb.
|
Укув кулланма Режиссура Рустамов В (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Takrorlash uchun savollar
- OMMAVIY BAYRAMLAR QATNAShChILARINI KIYINTIRISh: LIBOS TANLASh
- MAQOLALAR, MUXBIRLAR BILAN SUHBAT VA TELEKURSATUVLARDA INTERVYuLAR DAVRNING UCh DARҒASI
- Vahobjon Rustamov
- San’atshunoslik fanlari nomzodi Oybek Veysal ug‘lining rejissyor Baxtiyor Sayfullayev bilan suhbati 2000 yil
OMMAVIY BAYRAM VA TOMOShALARDA TEATRLAShTIRISh Uzbekistonda ommaviy bayram va tomoshalarni tashkil qilish borasida ancha muvaffaqiyatlarga erishilgan bulsa-da, hali bu borada uz yechimini kutayotgan muammolar yuq emas. Bayramlarni tashkil etishda siyqasi chiqqan oddiy usullar urniga yangi original usullar topish va qullash har bir rejissyor oldida turgan ulkan vazifalardandir. Hozirgi kunda u xoh kontsert bulsin, xoh biror sanaga bag‘ishlangan tadbir bulsin teatrlashtirish uslubiyotiga murojaat qiladilar. Xush, teatrlashtirish uzi nima? Bu avvalo, aniq maqsadga qaratilgan, badiiy obrazli tashkil etilgan, teatr qonuniyatlari asosida, dramaturgiya talablariga javob bera oladigan usuldir. «Teatrlashgan tadbirlarning alohida qismlari» mexanik tarzda birlashmaydi, balki organik tarzda sintezlashadi. Bu qismlar nafaqat tadbir temasi va g‘oyasi asosida, balki kompozitsion tuzilishi jihatidan ham birlashadi», – deb yozadi Usmon Qoraboyev uzining «Badiiy – ommaviy tadbirlar» kitobida. B.Sayfullayev rejissyorlik faoliyati davomida kontsert, bayram va tomoshalarni sahnalashtirishda teatrlashtirish usullariga kup marotaba murojaat qilgan. Teatrlashtirilgan tadbirda – eng avvalo, yagona g‘oyaviy-badiiy syujet va kompozitsion tuzilish bulishi kerak. Teatrlashtirilgan tomoshalarda kompozitsion syujet: prolog, asosiy voqea, qarama-qarshilik, voqealar rivoji, kulminatsiya va final komponentlaridan tashkil topishi lozim. Teatrlashtirilgan tomosha teatr va dramaturgiya qonunlari asosida tuzilgan badiiy obrazli kompozitsiyaga ega bulgan madaniy-ommaviy tadbirlardir.1 Uzbeklarda ustozlar haqida juda kup yaxshi gaplar yuradi. «Ustoz otangdek ulug‘», «Ustozdan utmagan shogird-shogird emas», «Usta kurmagan shogird har maqomga yurg‘alar», «Ustoz kurgan xat tanir», «Ustozingga tik qarasang tuzasan, hurmat qilsang asta-asta uzasan» kabi maqollar ayni haqiqatdir. Ustoz-shogird tug‘risidagi fikr-mulohazalar san’atkorlar orasida juda keng nuqtai nazardan olib qaraladi. Aytganlarini bekamu-kust, ortig‘i bilan bajarishga harakat qilgan, ustozining yulida borib yuzini yorug‘ qilgan shogird hech qachon kam bulmaydi. Shogirdning barcha muvaffaqiyatlari ustozni yanada dadillashtiradi, quvontiradi, natijada u uzida bor barcha bilimlarini unga berishga harakat qiladi. B.Sayfullayevning ana shunday shogirdlaridan biri Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent Davlat Madaniyat instituti katta uqituvchisi, pedagogika fanlari nomzodi Farhod Ahmedovdir.
B.Sayfullayev unga bir necha bor mustaqil rejissyorlik ishlarini ham bemalol ishonib topshira boshladi. Undagi dunyoqarashning kengligi, umumiy saviyasining yuqoriligi, ustozidan utgan xususiyat – ilmiy qarashlarining teranligi va jonkuyarligi ular, sahnalashtirgan barcha bayram va tomoshalarning yuksak darajada tomoshabinga taqdim etilishida namoyon buldi. Farhod Ahmedov Uzbekiston televideniyesida ham bir qancha kursatuvlar tashkil etdi. U egizaklar shousiga bag‘ishlangan «Uxshash chehralar», «Omad g‘ildiragi» kabi kursatuvlarda stsenariy muallifi va rejissyor sifatida qatnashdi. F.Ahmedov B.Sayfullayev bilan hamkorlikda «Ғalabaning 50 yilligi»ga bag‘ishlangan Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida utkazilgan «Siz doim barhayotsiz» nomli teatrlashtirilgan bayram tomoshasi, «Toshkent guzali», «Uzbekiston malikasi», «Qiziqchi», «Kamolot», «Qars» kurik- tanlovlari, «Paxtakor» komandasining birinchi mavsumining ochilishiga bag‘ishlangan teatrlashtirilgan tomosha, Samarqand shahrida utkazilgan Respublika yoshlar festivalining ochilish va yopilishiga bag‘ishlangan teatrlashtirilgan tomoshalar, Jizzax viloyatining «Mustaqillik» va «Navruz» bayramlari, Uzbekiston Respublikasi Konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan teatrlashtirilgan kontsertlar, «Uzbekiston Vatanim manim» kurik tanlovlari, Toshkent viloyati sobiq Politotdel sport maydonida «Uzbekiston yoshlari» nomli teatrlashtirilgan kontsert, Respublika yangi yil Karnavali va boshqa bir qancha bayram va tomoshalarni teatrlashtirilgan qismini sahnalashtirishda faol ishtirok etgan. Ayniqsa, «Mehnat rezervlari» stadionida «Paxtakor» komandasi faxriylari hamda «Ijodkor» komandasi urtasidagi teatrlashtirilgan futbol tomoshasi ustoz-shogird ijodining yaqqol namunasidir. Ushbu teatrlashtirilgan futbol tomoshasida sport sharhlovchisi Ahbor Imomxujayev va qiziqchi Obid Asomovlarni tomoshani birgalikda olib borishlari uziga xos bir topilma edi. Bu tomosha uchun maxsus yozilgan qushiq ijrosida diametri 1,5 m keladigan futbol tupi timsolidagi ramziy ma’nodagi kiyimi (maska) kiygan aktyorning maydon buylab xatti-harakatlari tadbirni prolog qismini tashkil etgan edi. Teatrlashtirilgan futbol uyinida xonandalar Uzbekiston xalq artisti Sh.Jurayev, «Yalla» vokal cholg‘u ansambli xonandasi F.Zokirovlarning chiqishlari esa tadbirning tomoshaviyligini, badiiy saviyasini oshirishga yordam berdi. («Ijodkor» futbol komandasi tarkibida xalqimizning sevimli san’atkorlari Muhriddin Holiqov, Xusniddin Holiqov, Soat Sharipov, Kozim Qayumov va boshqalar bor edi.) Yana bir misol keltirishimiz mumkin. Toshkent viloyati Olmaliq shahrida utkazilgan Ғalabaning 50 yilligiga bag‘ishlangan bayram tomoshasi Olmaliqliklar hayotida bir umrga uchmas iz qoldirdi. Tadbir boshlanishdan oldin Olmaliq shahrining markaziy maydonining bir qancha maxsus joylariga urush yillarida ishlatiladigan kuchma oshxonalar (polevaya kuxnya) urnatilib, idish (kotelok)larda maxsus ovqat (butqa) tayyorlanib, urush qatnashchilarini spirt bilan mehmon qildilar. Fonda urush davri qushiqlari yangrab turdi. Bayram ulkan san’atkor Halima Nosirovaning mehnat mavzusiga bag‘ishlangan qushig‘iga xoreografik kompozitsiya bilan boshlanadi, ya’ni uzbek xalqining tinch turmush tarzi aks ettiriladi. Levitanning urush boshlanganligi tug‘risidagi xabarning eshittirilishi bilan frontga kuzatish bloki boshlanadi. Kuzatish sahnasi «Muqaddas urush» (Svyaщennaya voyna) qushig‘i fonida teatrlashtirilgan usul orqali amalga oshirilgan. Ushbu tomoshada «Mungli ona» monologi yangragandan sung «Oqqushlar» (Juravli) qushig‘ining fonida qullarida guldastalar ushlagan 12 ta qiz xuddi uchayotgan Oqqushlar timsolida «Mangu olov» poyiga tiz chukib, guldastalar quyadilar. Final sahnasida esa g‘alaba qozongan soldatlar yordamida piramida shaklida Reyxstag binosi metaforik uslubda qurilib, unga Ғalaba bayrog‘i urnatiladi va «Ғalaba kuni» (Den pobedы) qushig‘i yangraydi. Usti ochiq GAZ-69 avtomashinalarga mindirilgan urush faxriylari tantanali ravishda maydondan (parad) utadilar. Parad nihoyasida mushaklarning otilishi esa urush yillaridagi g‘alabani eslatuvchi manzarani paydo etgan. Tadbir utkazilayotgan maydonning ikki tomonida fon guruhi qatnashchilaring qullaridagi turli rangli lentalari bilan joylashtirilishi tomoshaning tomoshaviyligini yanada oshirishiga yordam berib turdi. Bunday misollarni kuplab keltirishimiz mumkin. Teatrlashtirish – real voqelikni badiiy jihatdan ifodalanishi hamdir. Hayotiy materialni teatrlashtirish – tarbiyaviy vosita nuqtai nazardan ham qaraladi, chunki u tomoshabinni axborotni qabul qilish shart-sharoitlarini faollashtiradi va uning shu tomoshaga bulgan qiziqishini yanada kuchaytiradi. Yana bir narsani hisobga olish kerakki, teatrlashtirish usullarini barcha tadbir yoki tomoshaga zurma-zuraki tiqishtirish mumkin emas. Teatrlashtirish – mexanik ravishda majburan kiritilgan parcha, bulak yoki kompozitsiyaning bir bulagi (masalan, prolog yoki kulminatsiya) sifatida emas, balki butun voqea, syujet, tomosha mobaynida tomoshabinni tarbiyalovchi, tug‘ri yulga boshlovchi, tadbir yoki tomoshaning asl mohiyatini, mag‘zini chaqib olishga yordam beruvchi vosita vazifasini bajarmog‘i lozim. Teatrlashtirishda montaj katta rol uynaydi. Montaj nima? Montaj haqida J.Dushamov, F.Ahmedov, A.Silin va boshqa rejissyorlarning darslik va uquv qullanmalarida tuliq ma’lumot berilganligi bois bu haqida qisqaroq tuxtalishga harakat qilamiz. Montaj-ommaviy bayram va tomoshalar rejissurasining uziga xos ijodiy uslublaridan biri bulib, sahnalashtiruvchi rejissyorning asosiy ish uslublaridan hisoblanadi va u eng mas’uliyat talab qiladigan jarayondir. Chunki montaj paytida sahnalashtiruvchi rejissyorning sahnalashtirishda foydalanilayotgan manbaalarning, ya’ni kuy, qushiq, she’r, matn va boshqalar bilan uyg‘unligi, mavzuga mosligi, eng asosiysi, bir maqsadga qaratilganligi muhim ahamiyat kasb etadi. Bir epizodni ikkinchi epizod yoki bir nomerni ikkinchi nomer bilan, bir blokni ikkinchi blok bilan mantiqiy, g‘oyaviy jihatdan bir-biriga bog‘lanib tuldirilish uslubiga montaj uslubi1 deb ataladi. Montaj-rejissyorning g‘oyasi, tomoshaning kompozitsion tuzilishini yaxlitligini ta’minlovchi usullardandir. San’atning turli janrlarini bir g‘oya asosida birlashtirib, uning sintetik tomosha shakliga kelishida, tomoshaning tomoshaviyligini oshirishda montaj uslubi katta rol uynaydi. Montaj uslubi bir qancha turlarga bulinadi: Ketma-ketlik montaji. Bunda barcha nomerlar mantiqiy ravishda ketma-ket quriladi. Parallel montaji – bir vaqtning uzida bir qancha sahnaviy kenglikda voqealarning rivojlanib, bir-birini boyitib, tuldirilishiga aytiladi. Portlash (assotsiativ) montaji – bu ikki voqeaning bir biri bilan tuqnashib yangi sifat, yangi obrazni vujudga kelishiga aytiladi. Bir teatrlashtirilgan tomoshaning uzida montaj uslubining bir qancha yoki barcha turlari ishlatilishi mumkin. Bundan tashqari, montaj uslubining jonli, texnik, ochiq va yopiq turlari mavjud. Ayniqsa, texnik montaj uslubi kino, televideniye, radio rejissurasida bevosita ishlatiladi. Ommaviy bayramlar yoki tomoshalar ustida ishlash jarayonida aynan shu tadbir yoki tomosha uchun yangi alohida nomer tayyorlash uchun imkoniyat kam bulgani uchun rejissyor asosan professional aktyorlar yoki havaskorlik jamoalarining tayyor nomerlaridan foydalaniladi. Bunda ommaviy bayram va tomoshalar rejissyorlaridan katta fantaziya, topqirlik, uddaburonlik va tashkilotchilik kabi qobiliyatlar talab qilinadi. Baxtiyor Sayfullayev montaj qilish masalalarida juda talabchan rejissyorlardandir. U sahnalashtirgan bayram va tomoshalarida yagona syujet, voqea asosida, aniq kompozitsion tuzilishga ega bulgan holatda montaj «qaychilaridan» foydalanadi. Agar montaj yagona mazmun liniyasi asosida qilinmasa, uzuq-yuluq, pala-partish holda qilinsa, tomoshabinning asabiga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Montajni xuddi uzum daraxtini xomtak qilishga uxshatish mumkin. Bilmagan odam meva beradigan shoxini kesib quyishi yoki kerakli shox va barglarini qirqib quyib uzumni nobud qilishi mumkin. Xuddi shuningdek, tadbir va tomoshalarda ham montaj paytida – meva beradigan, ya’ni tomoshabin uchun qiziqarli va tarbiyaviy ahamiyatga ega bulgan, ma’naviy ozuqa beradigan qismini qoldirib, boshqa qismlarini qisqartirgan holda montaj qilish mumkin. Har qanday bayram va tomoshalarda montaj varaqasi bulishi shart. Montaj varaqasi – tadbir paytida rejissyorning asosiy «shpargalkasi» hisoblanadi. U rejissyorning yordamchi hujjatlaridan biridir. Montaj varaqasida stsenariy rejasidan ularoq – ijro etiladigan asar nomi, ularning ketma-ketligi, vaqti, xuddi shu paytda boshqa bloklarning vazifalari, shu bloklarga javobgar shaxslar, shu paytdagi chalinadigan, ijro etiladigan yoki fondagi musiqaning nomi, chiroqlar, ranglar nomlari va boshqa vazifalar aniq kursatiladi. Uning qulay tomoni shundaki, rejissyorning qulidagi qog‘ozda barcha xatti-harakatlar kaftdek aks ettirilgan buladi va bunda nazorat qilish oson buladi. Teatrlashtirilgan bayram va tomoshalar – alohida olingan nomerlar yoki publitsistik chiqishlar, kinofragmentlar, diapozitiv yoki fonogrammalar emas, balki badiiy jihatdan uyushtirilgan pedagogik nuqtai nazarda dasturlashtirilgan xatti-harakatlar yig‘indisining namoyish etilishidir. Teatrlashtirish usulida tomoshabinning bayram ishtirokchisiga aylantirilishi xususiyati ham hisobga olinishi kerak. Bayramlar – jamiyat madaniy-ma’naviy hayotining tirik organizmidir. Unga valyuntaristik kuz bilan qarash kechirib bulmas gunohdir. Bugun bayramni utkazishga ruxsat, ertaga esa ta’qiqlash mumkin emas, chunki bayramlarga – insonlarning shaxsiy ehtiyojlarini qondirish vositasi sifatida ham qaralishi maqsadga muvofiqdir. B.Sayfullayev va F.Ahmedovlar bayramlarni tashkil etish, unga yangicha talqin bilan yondashish, original usullar bilan bayramning mohiyati-ahamiyatini ochib berish borasida tinmay izlanishlar olib bormoqdalar.
Teatrlashtirish deganda nimani tushunasiz? «Teatrlashtirilgan tomosha», «Teatrlashtirilgan kontsert», «Teatrlashtirilgan ommaviy bayram» tushunchalarini bir – biridan farqlab bering. I.M.Tumanovning teatrlashtirish borasidagi ishlari haqida gapirib bering. Rejissyor B.Sayfullayevning ijodiy ishlarida teatrlashtirish usullariga misollar keltiring va tahlil qilib bering. F.Ahmedovning rejissyorlik ishlarida ustozi B.Sayfullayevning «pocherk»ini qaysi jihatlardan bilib olish mumkin? Teatrlashtirish buyicha yana qanday adabiyotlar bilan tanishsiz? Teatrlashtirish uslubiga oid stsenariy (yoki stsenariy rejasi)tuzing va rejissyorlik tahlil qilib bering. OMMAVIY BAYRAMLAR QATNAShChILARINI KIYINTIRISh: LIBOS TANLASh Har qanday bayram va tomoshani ishtirokchilarini kiyintirish masalalari – ham ijodiy, ham tashkiliy qobiliyatni namoyon etishni taqozo qiladi. Ijodiy nuqtai nazardan olib olib qaraladigan bulsak, alohida olingan qahramonlar va ommaviy sahnalarda ishtirok etuvchilar ajratib olingach, davri, mavzusi, tadbir g‘oyasiga mos va ularni kompleks ravishda kiyintirishda rejissyor, rassom va kostyumerdan ana shu davr shart-sharoitlari, kiyim-kechaklari, qurol-aslahalari va mayda detallarigacha alohida e’tibor berishi nazarda tutiladi. Bu faoliyatning tashkiliy jihati esa rejissyor, rassom va liboschi hamkorligida obrazlar uchun liboslarni tanlash, tayyorlash, tikish, bezash jarayonlaridir. Bu ikkala jarayon ham bir-biri bilan bevosita bog‘liq. Rang va matolar tanlash, qahramonni burttirish, ommaviy kiyintirishda obrazlar talqini masalalarini hal etishda rejissyor va rassom chinakam ter tukib mehnat qilishlariga tug‘ri keladi. Chunki, bu juda jiddiy jarayon hisoblanib, usha davr, joy va millat tarixi, urf-odat va an’analarini astoydil urganishga tug‘ri keladi. Ikkala (ijodiy va tashkiliy) jarayonda ham rejissyor nazoratni uz qul ostiga oladi. San’atshunos olim D.Qodirova libos san’ati haqida quyidagi fikrlarni aytib utgan: «Libos har qanday millat tarixida uning dunyoqarashi, urf-odatlari, marosimlari, bayramlari, tomoshalari bilan bog‘liq holda shakllanib, taraqqiy etib keladi. Sahnaviy libosning yaratilish tarixi ham uzoq utmishga borib taqaladi. Qadimgi davrlarda turli xil marosimlarda hayvonlar, qushlar, ruhlar va insu-jinslarning obrazlarini yaratishda uziga xos ritual liboslar tayyorlangan. Buni an’anaviy Sharq teatridagi libos san’atidan bilish mumkin. Xitoy, Hindiston va Yapon an’anaviy teatrlarida liboslar shartli, ramziy ma’no kasb etgan. Masalan, Xitoy teatrida sariq rangli libos oliy tabaqa zotlarga, ya’ni imperatorlar oilasiga, qora va yashil rangli liboslar esa boylar va amaldorlarga taalluqli ekanligini bildirgan. XX asrda vujudga kelgan yangi uzbek teatri musiqa va an’anaviy teatrda tarkib topgan libos san’atini uzlashtirdi. Shu bilan birga, Ovrupa teatrining usha sohadagi katta tajribasidan ham foydalanildi. Yangi teatr shakllanishi jarayonida mana shu ikki manbadan olingan eng sara an’analardan omuxtalanib, birlashib, hozirgi kun teatr-libos san’ati vujudga kelgan, deyish mumkin. Sahnaviy libos san’atining vazifalari nimalardan iborat? Eng muhim vazifa – bu sahnada quyiladigan barcha spektakl va tomoshalarning mazmun va mohiyatiga tulaligicha javob bera oladigan liboslar yaratish, qahramonlar fe’l-atvori, ichki kechinmalarini tomoshabinga yetkazishdan iboratdir. Bu yerda sahna ijodkorlarining barchasi birdam, hamfikr bulmog‘i lozim. Rejissyor, aktyor, sahna bezagi va libos rassomlari bir yoqadan bosh chiqarib, asar qulga olingan kundan boshlab to sahna yuzini kurgunga qadar izchil izlanishlar olib borishlari kerak. Teatr san’atining asosiy talablaridan biri, ijrochi aktyorning boshqa inson yoki mavjudot qiyofasi va holatiga kirib, sahnaviy obraz yaratishi, usha qahramon hayoti bilan yashashi kerak. Ushanda obraz tabiiy va jozibali chiqadi. Bunda libosning ahamiyati beqiyos. Afsuski, kupchilik libos sahnaviy obraz yaratishda muhim vosita ekanini anglamaydi. Holbuki, libos teatr dekoratsiyasi bilan teng ahamiyatga ega: dekoratsiya spektaklda voqealar kechayotgan muhitni yaratsa, libos shu muhitdagi qahramonlarning tashqi qiyofasi va ichki holatlarini, ijtimoiy muhitini yoritishda kumak beradi». Ranglarning uziga xos ma’no-mazmuni bor. Oq rang – poklik, soflik, ochiqkungillik, qora rang – dushman, qora kuchlar timsolida, yashil ranglar rivojlanish, yasharish, tabiat guzalligini aks ettiruvchi, qizil rang – tashvish, urush, sariq rang – tinchlik, quyosh, havorang esa tun, sirlilik kabi ma’nolarni anglatadi, xuddi shuningdek, boshqa ranglar ham turli ma’nolarda qullanilishi mumkin. Liboslar, rekvizit, musiqa, nur, chiroq, proyektsiyalar – bularning hammasi tomosha san’atining badiiy obraz yaratishdagi an’anaviy, ifodaviy, ta’sirchan vositalardan hisoblanadi. Kup hollarda qatnashuvchilar soni kup bulganliklari uchun ham kiyim bilan ta’minlashda muammo va qiyinchiliklarni hal qilishga tug‘ri keladi. Libos bilan ta’minlashni qulay usullaridan biri uniformadan (masalan, ishlatilgan bir xil rangdagi kasb formalari: harbiy kiyimlar, sport formalari, bir xil rangli kaska, kombenizon kabi) foydalanishdir.1 Lekin bu formalar uzlarining siniq rangi yoki boshqa xususiyatlari bilan tomoshabinga ijobiy ta’sir qilmasligi ham mumkin. Buning uchun bir xil bosh kiyimlar, soyabonlar, shlyapalar, sharflar, bantik, lenta, rumolchalar bilan, xullas, elementar detallar bilan uni boyitish mumkin. Hozirgi kunda respublika miqiyosida utkazilayotgan bayram va tomoshalarga davlatimiz rahbarlari tomonidan liboslar va boshqa jihozlar uchun yetarli darajada mablag‘ va sarmoyalar ajratilayotganligi uchun ham bu masalalar yuzasidan muammolar deyarli hal qilingan. Ammo, hamma joylarda ham libos bilan ta’minlash masalasi hal qilingan desak, xato qilgan bulamiz, chunki uning asosida moliyaviy masalalar yotishi hammamizga ma’lum. Shuning uchun ham kupgina tadbirlarda maxsus liboslarni kiymagan san’atkorlarning chiqishlari kerakli effektni bermaydi. Xonandaning chiqishlarida uning ovozi asosiy manbaa bulganligi uchun undagi formaning yuqligi unchalik katta ahamiyat kasb etmasligi mumkin, biroq kichkina bulsa ham «sahna» deb atalmish dargohga, masalan, raqqosa qiz uzining kucha kiyimida chiqsa, bu juda xunuk manzarani namoyon etadi yoki kichik sahnaviy kurinishda Amir Temurning obrazini ijro etayotgan aktyor uzining kostyum – shimida chiqsa, u hech qanday muvafaqqiyat qozona olmaydi. Shuning uchun imkoni yuq sharoitlarda ham liboslarning elementar shakllaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Kiyimlarni tanlashda rejissyor mana shu xususiyatni ham hisobga olishi zarur. Baxtiyor Sayfullayev institutda ishlab yurgan yillarida mustaqillikning 5 yillik tantanalariga tayyorgarlik ishlari kurilayotgan edi. Ushbu tadbirni uyushtirishni Baxtiyor aka menga topshirdilar. Hamma talabalar ta’tilda bulganligi uchun I kursga qabul qilingan abituriyentlardan iborat 14-15 kishini topdim. Abituriyentlar hali sahnada uzlarini tutishni yaxshi bilmas, berilgan vazifalarni sidqidildan bajarishga harakat qilardi-yu, lekin aktyorlik mahorati yetishmagani sababli rollar chinakam chiqmasdi. Uch kun repititsiya qilindi, lekin uylagan natija chiqavermadi. Shunda tashkiliy ishlarda yordam berayotgan bir hamkasbimiz liboslar olib kelib qoldi. Biz darrov uni bayram qatnashchilari (abituriyentlar)ga kiydirib kurdik va libos bilan repititsiyani boshlashga qaror qildik. Shu orada Baxtiyor aka kirib qoldilar va «xush, tayyorgarliklar ketyaptimi, bir kursak buladimi?», – deb suradilar. «Baxtiyor aka, tasavvurimizdagi natija chiqmayapti. Bular endi I kursga kirganlar, boshim qotib qoldi», – dedim. Shunda Baxtiyor aka, «qani bolalarim, menga bir daqiqa quloq tutinglarchi», – deb, ularga yuzlandi: « – Sizlar «Ommaviy bayramlar rejissurasi» bulimiga uqishga kirgansizlar. Institutga kirish uchun ozgina bulsa ham tayyorgarlik kurgansizlar. Bir narsani unutmang, ung va chap qulog‘ingizga quyib oling. Sahnaga chiqdingizmi, men talabaman, men haydovchiman, men falonman, degan bahona ishlatmang. Sahna bu muqaddas dargoh. Unga chiqish, unda ijod qilish hammaga ham nasib qilavermaydi. Baxti kulgan insonlar ekansizlarki, sizlarga talabalik nasib qilibdi. Sahnaga chiqdingizmi, siz aktyorsiz, siz buyuk aktyorsiz, siz Shukur Burxonovsiz, siz Sora Eshonturayevasiz. Sahnada yashashga harakat qiling, hech kimdan qurqmang, sahnada erkin harakat qiling», – deb repititsiyani davom ettirishga komanda berdilar. Musiqa berildi. Sahnaga birin-ketin ishtirokchilar kirib keldilar va voqea boshlandi. Xullas, usha kuni repititsiyada bayram ishtirokchilari Baxtiyor akaning jiddiy gaplaridan keyin uzlarini unglab oldilar va rolni kungildagidek bajara boshladi. Ular egnidagi liboslar esa ularni usha muhit, usha sharoitga tushib qolishlariga yordam bergan edi. Demak, liboslar har qanday holatda ham aktyorning, voqelikning, xatti-harakatning mazmunini ochib berishida yordamchi vosita sifatida xizmat qilmog‘i lozim. Liboslarni tayyorlashni uziga xos texnologiyasi mavjud. Avval liboslar eskizlari chiziladi va komplektlanadi (liboslarning ustki va pastki qismlari, bosh kiyim, oyoq kiyim, taqinchoqlar va h.k.). Spektakllarda liboslar tayyorlash ommaviy bayram va tomoshalardagidek murakkab emas. Chunki spektakllarda kupi bilan 20-30 kishi ishtirok etadi va ularda mavzu bir xil bulganligi uchun liboslarni tayyorlashda katta muammo bulmaydi. Ommaviy bayram va tomoshalarda esa libos tayyorlashning murakkabligi ishtirokchilar sonining kupligi bilan bog‘liq, qolaversa, turli bloklarda turlicha liboslarda chiqishga tug‘ri keladi. Ommaviy bayram va tomoshalarda san’atning turli janrlari ishtirok etganliklari uchun, epizodlar, bloklarning tezda uzgarib turishlari uchun, bir emas bir nechta millat xalqlari qahramonlari qatnashishi mumkinligi va shu kabi boshqa sabablar tadbirlarda libos bilan ta’minlashda kup qiyinchiliklarga duch kelishga sabab buladi. Liboslar yangi asar uchun qaytadan, yangidan tikib tayyorlanadi. Ba’zan boshqa tadbirlarda ishlatilgan liboslar mavzu va g‘oyaviy jihatdan bu tadbirning mavzusiga tug‘ri kelsa undan foydalanish mumkin. Baxtiyor Sayfullayev uz qahramonlari uchun libos tanlashda juda talabchan va sinchkov rejissyorlardandir. Bunda uning ilmiylik qobiliyati juda qul keladi. Chunki libosda usha davr, zamon va shu davrda yashovchi xalqning ruhiyati sezilib turmog‘i lozim. Baxtiyor Sayfullayev barcha sahnalashtirilgan bayram va tomoshalarida Uzbekistonda xizmat kursatgan artist, mehnat faxriysi, «Shuhrat» medali sovrindori Dilbar Fayozovaning libos tanlashdagi nuqtai nazariga tayanadi. Dilbar Fayozova. 1942 yil 12 iyulda Marg‘ilon shahrida tavallud topgan. 4-sinfda uqib yurganlarida ularning maktabiga Toshkentdan bir guruh san’atkorlardan iborat vakillar keladi. Ularning maqsadi yosh talantli yigit-qizlarni tanlab, Toshkentga olib kelib san’at sohasiga yunaltirish, uqitish, urgatish edi. Yosh Dilbarning ovozi barcha Toshkentdan kelgan vakillarni qoyil qoldirdi. Aslida uni Toshkentga chiroyli ovozi borligi uchun olib kelishgan edi. Toshkentga kelgach, uning raqs san’atiga moyilligi kuchliroq ekanini payqagan Mukarrama Turg‘unboyeva uni xoreografiya bilim yurtiga yuboradi. Keyinchalik A.Navoiy nomidagi opera va balet teatrida balet artisti, undan keyin Muxiddin Qoriyoqubov nomidagi filarmoniya qoshidagi «Uzbekiston» ansamblida solistka bulib ishladi. Ustozlari YEvgeniy Baranovskiy, Yakub Masixayev, Bernara Qoriyeva, Qunduz Mirkarimova, Mukarrama Turg‘unboyeva, Isahor Oqilovlardan raqs san’atining sirlarini urgandi. Dilbar opa bilan kostyumerlik faoliyati buyicha suhbatlashmoqchi bulganimizda, ular shunday dedilar: «Siz qanday qilib liboschi bulib qoldingiz, demoqchisiz-a? Biz raqqosalarni bilasiz, ozgina ishlagandan sung, yoshimizga yetgach, darrov pensiyaga (nafaqaga) chiqarib yuborishadi. Ana shunday bir paytda menga usha davrdagi Madaniyat ishlari vazirligidan Mahmud Muminovich «Siz kup yurt kezgansiz, turli millatlar kiyim boshlarini uz kuzingiz bilan kurgansiz, hozirgi sharoitda sizdan mohir, sizdan usta liboschi yuq. Siz shu teatrni kostyumerligini oling», – deganlarida juda qattiq xafa bulganman. Darhaqiqat, dunyo kezgan ayol bulsam, xizmat kursatgan artist bulsam, uning ustiga mening soham boshqa bulsa, kelib-kelib men kostyumer bulamanmi, deb rosa yig‘ladim. Keyinchalik ustozim rahmatli Ғani Najimov, bu ish juda jiddiy ish, hammaga ham tavsiya etilmasligini, qolaversa, bu ham bir san’at ekanligini tushuntirgach, men rozi buldim. Darhaqiqat, mana 20 yildan ortiq shu faoliyat bilan shug‘ullanib kelaman. Haqiqatdan ham bu oddiy kasb emas ekan. Uzingizga ma’lum, Uzbekistonning bayramlari, tadbirlari kup. Xoh spektakl bulsin, xoh bayram yoki tomosha bulsin biz rejissyorlar va rassom bilan maslahatlashib kiyimlarni tanlaymiz». Darhaqiqat, D.Fayozova libos tanlash, uni tayyorlash sohasi buyicha respublikamizda yetakchi mutaxassislardan hisoblanadi. Respublika miqiyosida utkaziladigan deyarli barcha tadbirlarda, jumladan, Navruz, Mustaqillik, Uqituvchilar kuni, Yangi yil karnavallari va boshqa tadbirlarda D.Fayozovaning tomoshalarning yanada effektli, rang-barang, jozibali chiqishida libos tanlash va ishtirokchilarni kiyintirish bobida mehnati cheksizdir. B.Sayfullayev ham D.Fayozovaning libos tanlash mahoratiga tan beradi. Unga qaysi davr uchun, qanday yoki qaysi qahramon uchun, yoshi, millatini aytsangiz bas, ular uzlari sizning kunglingizdagi liboslarni, taqinchoqlar, bosh, oyoq kiyim-u, qurol-aslaha va boshqa kerakli anjomlarni komplektini topib beradilar. Hozirgi kunda Uzbekistonda utkazilayotgan barcha bayram va tomoshalarni libos bilan ta’minlash va yangi liboslar tiktirish uchun bir qancha tsexlar, kombinat, fabrikalar ishlab turibdi. Bayram va tomoshalar g‘oya, mazmun, mohiyatidan kelib chiqqan holda eskizlar tayyorlanadi, ularni tikish uchun materiallar tanlanadi va tsexlarga buyurtmalar beriladi. «Avvallari liboslarni «Teatralnыy kombinat»da tikdirardik, hozirgi kunda u yuq bulib ketgan. Uzbekiston – Amerika firmasi, kinostudiyaning «Me’mor» tsexi, Farg‘onada «Orzu» firmasi, «Toshkent markaziy maishiy uyi» tsexlari, Buxoroda «Zarduz» fabrikalari bizlar uchun kerakli liboslarni tikib, tayyorlab beradilar», – deydi D.Fayozova. Suhbatimiz Baxtiyor aka bilan ishlash jarayoniga borib taqalganda, ular shunday dedilar: «Men kup san’atkorlar bilan ishlaganman, shular ichida eng talabchani B.Sayfullayevdir. U har bir qahramoni uchun libos tanlashda juda sinchkovdir. Ommaviy sahnalarda ishtirok etuvchilarni kiyintirishdan ham yig‘ishtirib olish qiyin. Kupgina bayram tashkilotchilari tadbir tugagach, ishim bitdi qabilida ish tutib, ketib qoladilar, natijada liboslar yirtilib, ba’zilari yuqolib, juda asabbuzarlik hollari kup buladi. Lekin B.Sayfullayev bilan ishlash jarayonlarida bunday muammolarga duch kelmaganman. Hamma liboslar uz vaqtida toza holda topshirilardi. Bunga sabab menimcha, uning ishni tug‘ri tashkil etganligida bulsa kerak». Utkaziladigan tadbir va tomoshalarda liboslarni tug‘ri tanlash, unga mos bosh va oyoq kiyimlar topish, taqinchoqlari, buyanishlari (grim), soch tarash, turmaklash kabi xususiyatlar uz davri, zamonasiga, millatiga mos kelishi kerak. Faqat Uzbekistonning uzida yashovchi uzbeklarning ham kiyimlari bilan farq qiladigan jihatlari bor. Iso Jabborovning «Uzbek xalqi etnografiyasi» nomli kitobida muallif uzbek xalqining «kiyim kechak, sarpo, bezaklar va pardoz-andozlari» haqida tuliq ma’lumotni tuplagan. Oddiy bosh kiyimini olaylik: Qadim davrlardan bosh kiyimiga qarab uzbeklarning etnik va lokal guruhlari farq qilingan. Ilgari konus shaklidagi duppilar Toshkent, Samarqand, Shahrisabzda tarqalgan, endi esa Shahrisabzda saqlangan. Bir oz yapaloq yassi shaklda ichiga urab qog‘oz bilan mayda qaviq qilingan duppilar asosan, Farg‘ona vodiysida ma’lum, Xorazmda esa yana boshqacha va h.k. Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent Davlat Madaniyat institutida nashr etilayotgan «Nafosat olami» gazetasida ustoz Qunduzxon Nishonboyevaning «Orasta kiyinish ham madaniyat» nomli maqolasida yoshlarimizning kiyinish madaniyati haqida shunday deydi: «Libos odamning qaysi yurt farzandi ekanligidan, uni kiygan odamning ichki dunyosi, aqlu farosati, didi, diyonati qay darajada ekanidan dalolat beradi. Yaxshilab razm soladigan bulsak, dunyo xalqlari eng katta minbarlarda, qaddini jahon kuradigan joylarda, uzining muborak kunlarida milliy til, milliy kiyimlari va milliy madaniy meroslarini namoyish etib urtaga tushadi. Bu ularning mening naslu nasabim bor, zotim, tarixim tayin, deganidir. Har bir xalqning uziga xos didi, orzu istaklari va kunikmalari bor. Mana shu uziga xoslikni biz milliylik deymiz».1 Darxaqiqat, bu «uziga xoslikni» biz bayram va tomoshalarni sahnalashtirishda albatta e’tiborga olishimiz zarur. B.Sayfullayev ham biror asar, tadbir yoki tomoshani sahnalashtirishda shu kabi xususiyatlarga katta e’tibor bilan qaraydi. Ommaviy bayram va tomoshalarni tashkil etishda quyidagi yettita asosiy sohalarning vazifalari va shu faoliyat yunalishida xizmat qilib kelayotgan ijodkorlar haqida qisqacha bulsada ma’lumot tuplashga harakat qildik. Lekin barcha tomoshalarda bularning ba’zilari ishtirok etmasliklari mumkin. Masalan, badiiy fon yoki fon guruhlarini barcha tadbirlarda ishlatish shart emas, chunki u juda kup tashkiliy, ijodiy va boshqa jarayonlar bilan bog‘liqki, ularni hamma joylarda ham amalga oshirish imkoni yuq. Tadbir yoki tomoshalarni tashkil etish printsiplari qotib qolgan «shtamp» yoki bir xillik (monotonnost) emas, balki doimo uzgarib turuvchi faol, doimiy progressdagi (rivojlanish, izlanishdagi) jarayondir. Uni turli rejissyor turlicha talqin qilishi mumkin. Bayramlarni uyushtirishda quyidagilardan tashqari yana shunday sohalar borki, ular masalan, texnik vositalardan foydalanish, ovoz kuchaytirgich, mikrofon, miksher pultida ishlash, chiroqlar bilan ishlash, ranglar tanlash, pirotexnika va boshqalar ham bayram va tomoshalarning ta’sirchan va ifodaviy vositalariga hizmat qiluvchi sohalardan hisoblanadi. Masalan, pirotexnikadan foydalanishni olaylik. Ommaviy bayram va tomoshalarning asosiy xususiyatlaridan biri uning tomoshaviyligidir. Bayramlar tashkil qilinganda uning badiiy jihatlariga e’tibor berish orqali effektli tomoshaviylikka erishiladi, natijada tomoshabin kuz oldida turli ranglardagi shakllar, yozuvlar, holatlar bir suz bilan aytganda, zavqli, tomoshaviy manzara gavdalanadi. Pirotexnika – ommaviy bayram va tomoshalarda, kontsertlarda turli effektlar, mushakbozliklar, tuman va boshqa holatlarda kuzatiladi va tomoshabinning kuz oldida namoyon buladi. Mushaklar (salyut) asosan, tomoshaning final qismida ishlatiladi. Ularning bir qancha shakllari mavjud: KLS (kollektsiya luchshix salyutov) – bitta qutida 100, 150, 300 tagacha zalp otilishini amalga oshirish mumkin. Fontan shaklidagi mushaklar – yerdan 2, 3, 5,7 metrgacha turli ulchamdagi trubkalardan otilib chiqib, ma’lum masofaga yetgach, yorilib (ochilib) chiqib, atrofga turli ranglar bilan yoyilib, fontan shaklini hosil qiladi. Bunday effektlar kechqurunlari qorong‘u sharoitda yanada chiroyli shaklda namoyon buladi. Dyum mushaklari (dyum. salyut) – bunda dyum deb, mushaklarning kutarilish va yoritish hajmi nazarda tutiladi. Professional balandlik mushaklarining ish hajmi 3, 4, 5, 6, 7, 9, 10, 12, 17 dyumgacha bulishi mumkin. Sharshara shaklini vujudga keltirish uchun 20 sm. oralig‘idagi ustunlarga troslar bog‘lanadi va amalga oshiriladi. Bu ma’lumotlarni olish uchun alohida manbalardan foydalanish imkoniyati bulmadi. Chunki pirotexnika, mushaklarni tayyorlash, amalga oshirish va boshqa masalalar buyicha axborotlar sir tutilar ekan. Bu haqida qisqacha qilib Baxtiyor Sayfullayev bilan birga barcha rejissyorlik ishlarida bosh hisobchi va bezakchi vazifasida ishlagan Bronislav Kogay Bronislavovichdan bilib olishga harakat qildik. Bronislav Kogay. 1979 yil 17 sentyabrda Jizzax shahrida tug‘ilgan. 1995-2000 yilda Moskva tadbirkorlik va huquq instituti yuridik fakultetini tamomlab, Jizzax viloyati ommaviy sport tadbirlarini tayyorlash direktsiyasining direktori lavozimida ishlab keldi. B.Sayfullayev bilan 1999 yil Jizzaxda «Mustaqillik» bayramida tanishib, ijodiy hamkorlikni boshlagan. B.Sayfullayev ham undagi ijodiy, tashkilotchilik va barcha ishlardagi hozirjavoblik qobiliyatlarini hisobga olib, hozirgi kungacha birga ishlab kelmoqdalar. Rejissyor Baxtiyor Sayfullayev hozirgi zamonaviy bayramlarga xos bulgan badiiy – dekorativ bezaklar uchun kerakli jihozlar, turli shakldagi moslamalar, katta hajmdagi sharlarni (sharlar maxsus kompressorlar orqali xavfsiz geliy gazlari bilan tuldirib turiladi), tuman, chiroq, nur va boshqa barcha texnik shart-sharoitlarni Bronislav Kogay orqali hal qiladi. «Keng xalq ommasining bayramga intilishi, unga tayyorgarligi – bu hali bayram emas, uni albatta oqilona, guzal nafis qilib uyushtirmoq kerak», – deydi D.M.Genkin.1 Darxaqiqat, bayram maxsus uyushtirilmasa, agar zarur imkoniyat yaratilmasa, unda xalq uzining fikrlarini, tuyg‘ularini va kayfiyatini bayon qilmasa u oddiy kunday utishi mumkin. B.Sayfullayev sahnalashtirgan barcha bayram va tomoshalarda rejissura san’atining barcha ijodiy, tashkiliy va ilmiy jihatlari bevosita uyg‘unlashib, xalqimizga ma’naviy ozuqa berishda uz samarasini berib kelmoqda. Xulosa qilib aytganda, Baxtiyor Sayfullayev rejissurasi serqirra ijod mahsuli bulib, u Uzbekiston mustaqillik yillaridagi eng faol va original ijodkorlar qatoriga kiradi. Takrorlash uchun savollar Ishtirokchilarni kiyintirish, libos tanlashning ijodiy va tashkiliy jarayonlari nimalardan iborat? «Uniforma» deganda nimani tushunasiz? Rejissyor B.Sayfullayev sahnalashtirgan bayram va tomoshalarni libos bilan ta’minlashda D.Fayozovaning mahorati haqida gapirib bering. Liboslar qanday tayyorlanadi? Ommaviy bayram va tomoshalarni sahnalashtirishda yana qaysi ta’sirchan vositalardan foydalanish mumkin? Pirotexnika deganda nimani tushunasiz? MAQOLALAR, MUXBIRLAR BILAN SUHBAT VA TELEKURSATUVLARDA INTERVYuLAR DAVRNING UCh DARҒASI XXI asrni atom yili, kompyuterlashtirish davri, tsivilizatsiyaning yuqori chuqqisiga intilish davri, zamonaviy texnologiyalarning takomillashgan davri va boshqa mahobatli suzlar bilan ta’riflasak, adashmaymiz. Jamiyatda ruy berayotgan yuksak progresslar kuz oldimizda ruy berib, rivojlanib, takomillashib, kuz kurib quloq eshitmagan yangiliklarga duchor qilmoqda. Uzbekiston mustaqillikka erishgach, uz taraqqiyot yulida boshqa mamlakatlardan qolishmasdan, rivojlangan davlatlar qatoridan urin olish borasida katta mavqelarga erishmoqda. Jamiyatda moddiy va ma’naviy sohalarning uyg‘unligi, uning taraqqiy etishida muhim rol uynadi. Ma’naviy sohadagi faoliyat biror ishlab chiqarishda bevosita ishtirok etmasa ham, mamlakatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy ahvoliga katta ta’sir kursata oladi. Shuning uchun ham hukumatimiz rahbarlarining ma’naviy sohalarga jiddiy e’tibor berishlari va bu kabi masalalarni davlat darajasida muhokama qilishlari katta e’tiborga molik. Har bir davrning uz qahramonlari borki, ular ana shu vaqt mobaynida jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy sohalarining qaysidir jihatlariga katta ta’sir qilgan va natijada ular davrning darg‘alariga aylanganlar. Buyuk rejissyor V.Emilevich Meyerxold ham uz davrining eng progressiv, faol ijodkorlaridan biri edi. Atrofdagilar uni «Dohiy» darajasiga olib chiqib quyishdiki, bu «titul» uni depressiya qurbonlaridan biriga aylanishiga sabab buldi. Men yoritmoqchi bulgan qahramonlar «Dohiylar» emas, balki uz davrining eng faol, progressiv fikr yurituvchi ijodkorlaridir. Bular uzbek teatri, ommaviy bayram rejissurasi san’atining rivojlanishiga katta hissa qushgan uzbek ug‘lonlari: Bahodir Yuldoshev, Rustam Hamidov hamda Baxtiyor Sayfullayevlardir. Bu uchta ijodkorlar rejissurasining uziga xos xususiyatlari, ya’ni B.Yuldoshevni – teatr san’ati rejissurasi buyicha, R.Hamidovni ommaviy bayram va tomoshalar rejissurasi va B.Sayfullayevni esa rejissura va pedagogik faoliyat nuqtai nazardan olib qaralsa va tahlil qilinsa, urganilsa, rejissura sohasidagi ijod qilayotganlar yoshlar uchun ayni muddaodir. Men bu mavzuni Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent Davlat Madaniyat instituti professor uqituvchilarining ilmiy-amaliy anjumaniga ma’ruza qilish uchun tayyorlagan edim. Anjumanda vaqt (reglament) chegaralanganligi uchun men bu mavzuni tulaligicha yorita olmayman deb uylayman, chunki bu 3 ta ulkan shaxslarning butun ijodiy faoliyatini 10-15 daqiqa ichida yoritish mumkin emasligiga aminman. B.Yuldoshevning birgina «Yulduzli tunlar» yoki «Kelinlar quzg‘oloni» asari haqida fikr yuritish uchun tom-tom asarlar, tahlilu taqrizlar, tanqidu tilaklar bildirilishi mumkin yoki R.Hamidov sahnalashtirgan Respublika miqiyosidagi bayram va tomoshalarning yurtdoshlarimiz e’tiboriga havola etilishi haqida qancha iliq fikrlarni aytish mumkin. B.Sayfullayevning tashabbusi va boshchiligida tayyorlangan birgina «Kamolot» va «Qiziqchi» kurik tanlovlarining uzi Respublikamizga yangi-yangi iste’dodlarni, yangi ovoz sohiblarini, xalq ichida yurgan, lekin tanilmagan xonanda va qiziqchilarni dunyoga kelishiga sabab buldi. Ushbu tadbirlar an’ana tariqasida har yili utkazilishi esa tomoshalarning yuksak g‘oyaviy-badiiylik bilan sug‘orilganligidan, tomoshabinning ushbu tomoshalarga oshiqishi esa, rejissyorning tomosha natijalarini oldindan kura olish qobiliyatining kuchliligidan dalolat berib turadi va uning ijodini urganish kerakligi fikriga kelinadi. Bu uchchala ijodkor ham mustaqillik yillaridagi eng sermahsul ijodkorlar safidan joy olib, uzlarining rejissyorlik g‘oyalari, keng dunyoqarashlari, bayramlarga pedagogik-tarbiyaviy nuqtai nazardan yondoshishlari, tomoshabinga estetik, zavqli, effektli ma’naviy ozuqa bera olishlari bilan boshqalardan ajralib turdilar. Ular tomonidan sahnalashtirilgan barcha bayram va tomoshalarda milliylik, ilmiylik va xalqchillik jihatlari yaqqol namoyon buladi. Respublika miqiyosida utkazilayotgan Navruz va Mustaqillik bayramlari, Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yilligi, «Sharq taronalari» musiqa festivallari, Alpomish dostonining 1000 yilligi, Sohibqiron Amir Temur tavalludining 660 yilligiga bag‘ishlangan teatrlashtirilgan tomoshalar, Jaloliddin Manguberdining 800 yilligi tantanalari, Uzbekiston xalq artisti Muhiddin Qori – Yoqubov tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan xotira kechasi, Uzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi kunlarida San’at ustalari va yosh ijrochilarning bayram kontsert dasturlari va boshqa bayram, tomosha va tadbirlar, tantanalarda mohir rejissyorlarimiz yurtdoshlarimizni uzlarining yuksak ijod mahsullari bilan lol qoldirib kelmoqdalar. Mustaqillik va Navruz bayramlari tashkil etilishi jihatidan bir-biriga uxshash tomonlari bulsa ham ushbu tomoshalar har yili uziga xos turli g‘oyalar asosida utkazilib kelinmoqda. Masalan, 1991 yil Navruz bayramida Toshkentning bosh maydonida utkazilgan asosiy tomoshasida dustlik, turli millatlarni birlashtirish g‘oyalari, shuningdek ona Vatanimiz tarixidan hikoya qilish nazarda tutilganligi turli ramziy, tasviriy va ifodaviy vositalar orqali namoyish etilgan. Maydonning turli tomonlariga urnatilgan Toshkentning 12 ta darvozasi va ulardan kirib kelayotgan karvonlar harakati, viloyatlardan kelgan eng yaxshi folklor jamoalarining chiqishlari, unut bulayotgan marosimlarning tiklanib, badiiy shaklda taqdim etilishi uziga xos topilma edi. 1995 yilda utkazilgan Navruz bayrami falsafiy nuqtai nazardan yondashilib, Navruz tarixi, marosimlarini namoyon etishda tarixiy manbaalarga tayangan holda sahnalashtirilgan. Bayram stsenariysi prolog, turtta asosiy va xotima qismlardan iborat bulib, Abu Rayxon Beruniyning «Osor ul – boqiya» asarida yozib qoldirilgan fikrlar singdirilgan. Tomoshadagi Navruz, Koinot, Quyosh, YEr, Suv, YEtti sayyora, Bahoroy, Dexqonbobo singari ramziy obrazlar rejissyor ilgari surmoqchi bulgan g‘oya va fikrlarini yuzaga chiqarishga xizmat qilgan (rej. B. Yuldoshev). Rejissyor B.Yuldoshevning buyuk yutug‘i shundaki, u teatr san’ati asoslarini keng maydonlarga ham olib chiqib katta muvaffaqqiyatlarga erishdi. Sohibqiron Amir Temurning 660 yilligiga bag‘ishlab Samarqandning Registon maydonida utkazilgan teatrlashtirilgan tomosha (1996 y. 25 oktyabr) dasturida inson hayoti mohiyati – Vatanni, ona yurtimizni, ajdodlarimizni ulug‘lash, istiqlol g‘oyasini sharaflash kabi qarashlar singdirilgan bulib, u «Amir Temurning tavallud topishi», «Sohibqiron – davlat asoschisi», «Kuch adolatdadir», «Xaloskor», «Ulug‘ me’mor», «Amir Temurning bog‘lari», «Elim deb, yurtim deb, yonib yashaylik» degan qismlarida Amir Temurning hayoti va faoliyatining asosiy tamoyillari uz aksini topgan. Har ikki yilda bir marotaba utkaziladigan xalqaro «Sharq taronalari» musiqa festivalini teatrlashtirish usullari orqali ochish an’anaga aylangan. Bu tomoshalarda teatrlashtirish usullari musiqa bilan uyg‘unlashib, uziga xos jozibaga erishilgan. Ayniqsa, «Buyuk ipak yuli» deb nomlangan kompozitsiyada poeziya, xoreografiya, turli sahna kurinishlarida dustlik, hamjihatlik g‘oyalari tarannum etilgan. R.Hamidov tomonidan sahnalashtirilgan Navruz, Mustaqillik va boshqa ommaviy bayram va tomoshalarda ham uziga xos bir maktabni kurish mumkin. Masalan, 1997 yilda utkazilgan Navruz bayramida (stsenariy muallifi A.Oripov) Uzbekistonning buyuk Turkiston quynidagi quyosh ulkasi ekani, unda mehnatkash inson va yangilanish bayrami ulug‘lanib kelgani tarannum etilib, Quyosh, Nihol, Muchallar timsollaridan unumli foydalanilgan. Ayniqsa, tomoshadagi 12 muchalga bag‘ishlangan vokal xoreografik kompozitsiya uzining yechimi bilan ajralib turadi. 1997 yil 20 oktyabrda Xiva shahrining Ark maydonida utkazilgan tomosha uz mohiyati, tarixiy va falsafiy teranligi bilan e’tiborga molik. Unda shahar tarixi umumlashgan badiiy, sahnaviy yechimlarda taqdim etilgan. Massagetlar malikasi Tumarisning chavandoz qizlar qurshovidagi shiddatli va keskin harakatlarga boy raqslarida Vatan mustaqilligi uchun olib borgan kurashi mujassam etilgan bulsa, qumloq ustida qad kutargan Xiva shahri haqidagi rivoyat asosidagi «Farishtalar raqsi»da tariximizning uqilmagan sahifalari qayta jonlandi. «Ilm quyoshi» blokida Xorazmning qadimiy ilm maskani bulgani, dunyoga mashhur allomalar aynan shu yerda faoliyat olib borganligini turli obrazli yechimlar orqali tomoshabinga yetkazib berilgan. Yoki Urgench shaxrida Jaloliddin Manguberdining 800 yilligi tantanalari (1999 y. 5 noyabr) aynan Shovot kanalining ikki qirg‘og‘ini tutashtirib turgan yodgorlik majmua markazida Jaloliddin Manguberdiga quyilgan haykal poyidagi ochiq sahnada utkazilishi ham rejissyorning uziga xos topilmasidir, deyish mumkin. Buyuk vatandoshimizning hayoti va qahramonliklari badiiy vositalar orqali yoritilgan. Sarkardaning el – yurt ozodligi yulidagi, istilochilarga qarshi olib borgan kurashlari, jangu-jadallari, mislsiz jasoratlari ham uziga xos sahnaviy yechimlarda taqdim etilgan. Fursatdan foydalanib, men teatr san’ati rejissurasi namoyandalaridan bulmish B.Yuldoshev va ommaviy bayram va tomoshalar rejissyori R.Hamidovlarning ijodiga oid fikr-mulohazalarni keyingi risolalarda yanada kengroq yoritish uchun manbaalar izlab, ularning rejissura va aktyorlik mahoratiga oid, teatr san’ati va bayramlarni tashkil etish uslubiyotiga bog‘liq bulgan masalalarni yana chuqurroq urganish va uquvchi kitobxonga yetkazish uchun ozgina muddat suramoqchiman. B.Sayfullayevning rejissyorlik va pedagoglik faoliyati bilan yaqindan tanish bulganligim uchun ularning ijodi haqida fikr yuritishga jazm qildim.1 Shaxsan mening pedagoglik faoliyatimda B.Sayfullayevning maktabi menga katta ozuqa bulganligini tan olaman. Talabalik yillarimda ustozlarim Xusan aka Mirpulatov, Mannon aka Ubaydullayev, Ғayrat aka Jalolov, Adiba opa Nosirova, Hamidulla aka Ikromov, Saodat opa Yuldosheva, Keldivoy aka Umrzoqovlarning menga bergan saboqlari, bilimlari uchun bir umrga minnatdorman. Ular menga rejissura va aktyorlik mahorati sirlari, sahnada uzini tug‘ri tutish, odob va ahloq masalalari, sahnada nutq ravonligi, urf-odatlari va an’analar va boshqa sohalar buyicha saboq berdilar. Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent Davlat Madaniyat institutini muvaffaqiyatli tamomlagach menga, uzim uqigan shu institutda uqituvchi bulib qolishni taklif qilishganda mening quvonchim cheksiz edi. Baxti kulgan inson ekanmanki, shu yili birinchi stajyorlik jarayonim B.Sayfullayevning mashg‘ulotlariga tug‘ri kelib qoldi. Shu yillari B.Sayfullayev madaniyatshunoslik fakulteti dekani, «Ommaviy bayramlar rejissurasi» kafedrasi mudiri bulib ishlardilar va shu sohada dars ham berardilar. 4 yil bir kursda Baxtiyor aka bilan birga ishlash baxtiga muyassar buldim. Mana shu turt yil menga institutda talabalik paytimda olgan bilimlarni mustahkamlab olishimga, nazariyani amaliyot bilan birga qushib olib borish imkoniyat darajalarini kengaytirishimda, uqituvchilik faoliyatining nihoyatda mas’uliyatli kasb ekanligini chuqur fahmlab olishimga, rejissura, aktyorlik mahorati, quyingki, san’atning hali ochilmagan, kashf etilmagan qirralarining benihoya kupligi va boshqa bir qancha xususiyatlarni anglab olishimda ustoz Baxtiyor Sayfullayevning saboqlari, ugitlari, nasihat va maslahatlari menga qurol buldi. Men hanuzgacha ushbu quroldan tug‘ri foydalanishga harakat qilib kelmoqdaman. B.Sayfullayev Toshkent Davlat Madaniyat institutining tashkil bulgan yilidan boshlab (1974 y.) pedagogik faoliyatini boshladi. U talabalar bilan kurs rahbari sifatida bir qancha asarlarni sahnalashtirib, uslubiy komissiya va tomoshabinlar e’tiboriga havola etdi. Institut qoshida «Ommaviy bayramlar va tomoshalar rejissurasi» kafedrasi tuzish tug‘risida tashabbus bilan chiqdi. B.Sayfullayev bir qancha ilmiy maqolalar, uquv dasturlar, uslubiy qullanmalar va talabalar uchun (yuriqnoma)lar yaratdi. U ommaviy bayramlar va tomoshalarni tashkil qilishning metodologik asoslari, teatr san’atining ahvoli, zamonaviy dramaturgiya, zamonaviy rejissuraga oid bir qancha maqolalari bilan respublika matbuotlarida qatnashdi. Bir necha bor Uzbekiston TV va radiosida ushbu mavzular buyicha suhbat, intervyu va uchrashuvlar tashkil etib, uz fikr-mulohazalarini bayon etib keldi. Hozirgi kunda bayramlarni ijtimoiy hayotning ajralmas qismi sifatida qaralishi tug‘risida yuqorida qayd etgan edik. Shu jumladan ham bayramlarni pedagogik nuqtai nazardan talqin qilish, uni tarbiya vositasi sifatida qaralishi katta ahamiyatga ega bulgan jarayondir. Nemirovich-Danchenko rejissyorning 3 ta fazilati tug‘risida aytganidek, u eng avvalo pedagog, tarbiyachidir va tashkilotchidir. U avval uzi, qul ostidagilarni ma’naviyatini sog‘lomlashtirish, keyin esa tomoshabinga ham tarbiyaviy jihatdan ta’sir qilishning turli yullarini izlashi va topishi lozim. B.Sayfullayevning pedagogik va rejissyorlik faoliyatida bunga kuplab misollarni keltirishimiz mumkin. Xulosa qilib aytganda, B.Sayfullayev rejissura san’ati va pedagogik faoliyatning uyg‘unligiga erishgan mohir san’atkordir. Vahobjon Rustamov, A.Qodiriy nomidagi Toshkent davlat madaniyat instituti katta uqituvchisi.
San’atkor hech qachon moddiy narsa yetishtirmaydi, balki shu jarayonni yaxshilashga kup jihatdan uzining hissasini qushadi. Insonlar qushiq eshitib, raqs, spektakllar tomosha qilib, bayramlarda ishtirok etib, mehnat faoliyatlarini yanada yaxshilaydilar, atrof muhitga, birga ishlayotgan sheriklariga yaxshi munosabatda buladilar, bir-birlarini mehnatga undaydilar. Mehnat esa har qanday ishga baraka va rohat baxsh etadi. San’atkor moddiy ishlab chiqarishda bevosita ishtirok etmasa-da, moddiy ishlab chiqarish sohasida xizmat qilayotgan barcha insonlarga ma’naviy jihatdan katta ta’sir utkaza oladi. Kasblar juda kup, lekin ular ichida bir ajoyib kasb borki, unda u aktyor, dirijyor, baletmeyster, rassomchilik va boshqa hamma san’at turlarini bilishi kerak buladi. Bu kasb rejissuradir. Rejissura stsenarist, dramaturg yoki yozuvchini mehnatini yuzaga chiqarilishidagi ish jarayonidir. Rejissyor esa zamon, davr bilan hamnafas, kerak bulsa boshqalardan oldinroq yurishi kerak bulgan san’atkordir. U uzining sahnalashtirgan asarini tomoshabinga yoqish yoki yoqmasligini, mavzuning dolzarbligi yoki uni darrov eskirib qolishi mumkinligini oldindan anglay olishi qobiliyatiga ega bulishi shart. Bu kasb egasi fidoiy bulgandagina ma’lum yutuqlarga ega bulishi mumkin. Baxtiyor Sayfullayev ana shunday fidoiy ijodkorlardandir. Men Baxtiyor akanini nsoniylik xususiyatlari haqida gapirmoqchi emasman, zero uning ishda jiddiy, talabchan, ishdan tashqari sharoitlarda esa yaqin dust, birodar, oilada ajoyib oila boshlig‘i ekanligini yaxshi bilamiz. U 1972 yilda Toshkent teatr san’ati va rassomlik institutining rejissyorlik bulimini tamomlagan. B.Sayfullayev Yosh tomoshabinlar teatrida rejissyor, sungra Toshkent Davlat Madaniyat institutida uqituvchi, kafedra mudiri, dekan, Toshkent Davlat San’at instituti rektori va hozirgi kunda Madaniyat va sport ishlari vazirining birinchi urinbosari lavozimlarida ishlab kelmoqda. U talabalik yillaridayoq uzining rejissyorlik, aktyorlik qobiliyatini namoyish qila olishga erishgan. Uning 10 dan ortiq sahnalashtirgan radio spektakllari hozirgi kunda Uzbekiston radio kompaniyasining oltin fondida saqlanmoqda. «Quloqsizlar bayrami», «Oqarib kurinar bir yelkan» kabi bir qancha radioinstsenirovkalar shular jumlasidandir. Talabalikda Toshxuja Xujayev, Abduraxim Sayfuddinov, Roziq Usmonov kabi ustozlardan ta’lim olgan. Undan tashqari usha yillarda u Samarqand teatriga Nozim Xikmatning «Unutilgan odam» nomli asarini sahnalashtirishga taklif etilgan edi. Spektakl uzining juda boy rejissyorlik g‘oyalari, rejissyorlik topilmalari va original priyomlari bilan an’anaviy teatr uslublaridan ancha yuksak saviyada sahnalashtirilgani muxbirlar va tomoshabinlar tomonidan qayd etilgan. Rejissyorlikni pedagogik faoliyat bilan bog‘lash ancha murakkab jarayondir. Zero, Nemirovich – Danchenko aytib utganidek, rejissyorning 3 ta fazilati rejissyor uchun juda zarurdir. Bular; 1. Rejissyor (tolkovatel) – tushuntiruvchi, u sahnalashtirmoqchi bulgan asarni tuliq mazmun, mohiyatini uz aktyorlariga tushuntira olishi kerak. 2. Rejissyor (zerkalo) – Oyna – u aktyorlarning individual xususiyatlarini, ijodini tug‘ri aks ettirishini bilmog‘i lozim. 3. Rejissyor (organizator) tashkilotchi – u butun spektaklni uyushtirishi kerak.1 Teatrlarda ishlash va unda rejissyorlik qilish oliygohga yangi qabul qilingan, endigina maktabni tamomlab kelgan talaba bilan ishlashdan farq qiladi. Negaki, aktyorlik va rejissyorlik san’atini endigina urganayotgan talabada, sahnada uzini tug‘ri, erkin his qila olishdek, (stsenicheskiy smelost) sahnaviy dovyuraklik hissiyotlarini paydo qilguncha rejissyor-pedagogning ancha mehnat qilishiga tug‘ri keladi. Teatrlarda esa professional aktyorlar tanlov asosida teatrlarga ishga qabul qilinadi va spektakllar sahnalashtiriladi. Baxtiyor aka ijodida rejissyorlik, aktyorlik va pedagoglik faoliyatini uyg‘unligini kuzatish mumkin. Ommaviy bayram va tomoshalar rejissurasi buyicha faqat bizning institutdagina bulim mavjud. Buni ham Baxtiyor aka Leningrada Ommaviy bayram va tomoshalar rejissurasi asoslarini urganib, bu mutaxassislik respublika uchun juda zarurligini his qilgan holda shu kafedrani tashkil etish tashabbusi bilan chiqqanlar va bu kafedra hozirgi kungacha faoliyat kursatib kelmoqda. Baxtiyor Sayfullayev uzining ijodiy ishlari mobaynida ilmiy ishlarga ham urin ajratgan. Jumladan, u 1983-1987 yillarda Sank-Peterburg Davlat Madaniyat instituti aspiranturasida uqidi va pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasiga erishishga muvaffaq buldi. Undan tashqari uning yozgan maqolalari, televideniyadagi chiqishlari yoki radio eshittirishdagi suhbatlari talabalarimiz va biz shogirdlar uchun juda katta manba hisoblanadi. Baxtiyor Sayfullayev uzining rejissyorlik faoliyati davomida amaliyot bilan nazariyani birgalikda olib borgan ijodkordir. U uzining Sank-Peterburg madaniyat instituti ilmiy tuplamlarida bir qancha maqolalari bilan; Respublika ilmiy uslubiy markazida madaniy-ma’rifiy ishlar xodimlariga «Xalq uyinlarini tashkil etish» buyicha maqola va ma’ruzalari bilan; Viloyat hamda ilmiy uslubiy markazida tashkil etilgan «Viloyat rejissyorlari uchun maxsus seminarlarda» maqola va ma’ruzalari bilan; Rejissyorlik bulimi talabalari uchun «Ommaviy bayramlar stsenariyasi asoslari» nomli uslubiy qullanma va boshqa bir qancha maqola va risolalarida uzining rejissyorlik qarashlarini namoyon etgan. Rejissura sohasida ham har bir rejissyor uzining «pocherki» yuli-quli bor. Masalan, Stanislavskiy uzining dunyoga mashhur ichki kechinmalariga asoslangan «sistemasi bilan», Meyerxold uzining «biomexanika»si yoki «konstruktivizmi» bilan rejissyorlik maktablarini meros qilib qoldirgan bulsalar, hozirgi kunda Baxodir Yuldoshev yoki Rustam Hamidovlarning uziga xos rejissyorlik yullari, rejissyorlik qarashlari bor. Xush, Baxtiyor Sayfullayev rejissurasining uziga xosligini nimalarda kuzatish mumkin? Uning har bir sahnalashtirgan tomosha, kontsert yoki shou dasturlarida milliylik, milliy ruhiyat, urf-odat, an’analarimizga kuchli e’tibor birinchi urinda turadi. Ikkinchidan, uning rejissurasining ajoyib xususiyatlaridan biri originallikdir. Originallik shunday xususiyatki, u tomoshabin uchun sovg‘a, syurpriz sifatida namoyon buladi, uning kayfiyatini kutarishga katta hissa qushadi, tomoshabin uzi kutmagan guzalliklarga, sarguzashtlarga duch keladi va boshqa g‘ayri tabiiy holatlarni vujudga keltiradi. Baxtiyor Sayfullayev tomonidan topilgan qiziqarli xatti-harakatlar, original usullar, effektli sahna bezagi, obrazli yechim va boshqa rejissyorlik nuqtai nazarlarida uning fantaziyasining nihoyatda boy ekanligining guvohi bulamiz. Uchinchi xususiyati, talabchanlik. Talabchanlik – har bir rahbarga xos bulgan xususiyatdir. Lekin Baxtiyor Sayfullayev avval uz aktyorlariga vazifani aniq, konkret tushuntirib beradi, keyin esa talab qiladi, aktyorlar, talabalarning uzi ustida va rol ustida ishlashga majburlashga yul topa oladi. Yana bir xususiyati – tilga, nutqqa juda katta e’tibor berishidadir. Matnni aniq va ravshan ifodalashda artikulyatsiya, diktsiya, orfoepiya, nafas, ovoz kabi nutq texnikasini uzlashtirish aktyor uchun zarurligini har bir repetitsiya jarayonida kuzatish mumkin. Har bir tomosha, kontsert yoki tadbirda albatta effektli tomoshaviylikka erishish B.Sayfullayev rejissurasining uziga xos xususiyatlaridan biridir. Rejissyorlikning boshqa san’at turlaridan murakkab tomoni shundaki, u spektakl, tadbir yoki tomoshaning boshidan oxirigacha javobgar shaxs hisoblanadi. Stsenarist uzi yozgan stsenariysi matnlariga, kompozitor musiqiy jihatlariga, baletmeyster raqslariga, rassom badiiy bezagiga javob bersa, rejissyor tadbir yoki tomoshaning tulaligicha, ijodiy, tashkiliy ishlardan tortib, uning badiiyligi-yu, tomoshabin muammolari va boshqa-boshqa jihatlariga ham javob beradi. Shuning uchun ham rejissura aniqlik, konkretlilikni yaxshi kuradi. Hozirgi kunda teatrlashtirilgan kontsertlar rejissurasi buyicha Baxtiyor Sayfullayev respublikada yetuk mutaxassislardan hisoblanadi. Buni biz uning hukumat kontsertlarida, yurtimizning mashhur san’atkorlari kontsertlari misolida kurishimiz mumkin. U musiqa sohasida Uzbekiston xalq artisti A.Ismoilov, B.Lutfullayev, baletmeysterlardan Uzbekiston xalq artisti Q.Muminov, rassomlardan B.Turayev, shoirlardan J.Jabborov, N.Narzullayev kabi san’atkorlar bilan hamkorlikda faoliyat yuritadi. Xonandalardan Ғ.Yoqubov, Yu.Usmonova, «Yalla» va boshqa bir qancha san’atkorlar va guruhlarning kontsert dasturlarini teatrlashtirish va sahnalashtirish borasida juda samarali ish yuritgan. Kupincha, kontsertda rejissyorning nima keragi bor, degan savolga duch kelamiz. Uzimizga ma’lumki, filarmonik, yig‘ma va tematik (mavzui) kontsertlarni tayyorlash, tomoshabin e’tiboriga havola etish uchun katta tayyorgarlik kurilmaydi. Musiqa, xonandalar, boshlovchi matni tayyor bulsa, kontsertni hohlagan joyda, hohlagan paytda uyushtirish mumkin. Lekin teatrlashtirilgan kontsert eng murakkab kontsert turi bulib, u eng ta’sirli va badiiy estetik jihatdan juda kuchli shakldir. Teatrlashtirilgan kontsert dasturi dramaturgiya komponentlari asosida, maxsus stsenariya yozilib, umumiy mavzu, g‘oyaga yunaltiriladi. Unda syujet liniyasi aniqlanib, qushiqlar bir-biriga g‘oyaviy jihatdan bog‘lanadi. Ularning ketma-ketligini g‘oyaviy jihatdan quyish, xonanda va musiqachilar, boshqaruvchi, chiroq ustalari, rassom bilan ishlash, kostyum, dekoratsiyalarni tug‘ri tanlash, raqs nomerlarini belgilash, xullas, kontsertni yaxlit spektakl shakliga keltirishda rejissyor uzining mahoratini ishga solmog‘i lozim. Xonanda teatrlashgan kontsertda «aktyor»ga aylanadi, uni xatti-harakati, sahnada uzini erkin tutishi borasida rejissyor uning bilan qayta-qayta repititsiya qiladi. Har bir qushiqning matni rejissyor tomonidan tinglanadi, repertuarlardan kelib chiqqan holda bu kontsertga stsenariy yoziladi va badiiy shaklga keltiriladi. Masalan, xonandalar O.Madaliyev, M.Xoliqov, Ғ.Boytoyev, Yu.Usmonova, A.Ғaniyev, S.Qoziyeva va boshqa xonandalarning kontsertlarida ham rejissyor B.Sayfullayevning «pocherk» quli bilinib turadi. Shu kunlargacha u 200 ga yaqin har xil mavzularda tadbir, tomosha, kontsertlar utkazdi, sahnalashtirdi. Ayniqsa, bu tadbirlar ichida 1982 yil Kiyev shaxrining 1500 yilligi, 1983 yilda Toshkent shahrining 2000 yilligi munosabati bilan utkazilgan «Toshkent–2000» teatrlashtirilgan katta bayram tomoshasi, 1985 yili Moskvada bulib utgan XII jahon yoshlari festivalining tantanali ochilishi va yopilishi tomoshalari uning rejissyorlik faoliyatining eng samarali davrlariga tug‘ri keladi. Kamolot 89, 90, 91, 92 qiziqchi 89, 90, 91, 92 kurik tanlovining tashabbuskori va sahnalashtiruvchi rejissyori, «Toshkent Malikasi», «Uzbekiston Malikasi», «Zarb» doirachilar kurik tanlovi, «Nafosat» raqs kurik-tanlovlari, B.Zokirov xotirasiga bag‘ishlangan yosh estrada xonandalarining 1 va 2-Respublika kurik tanlovlari va boshqa bir qancha tadbirlar rejissyor B.Sayfullayev rejissurasi bilan bog‘liq. Farg‘ona, Toshkent va Jizzax, Andijon viloyatlarida ham yirik teatrlashtirilgan bayram va tomoshalarda bosh rejissyorlik qilib, katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Yaqinda «Mulkdor» gazetasining muxbiri R.Azimning «Rejissyor-guzallik ixtirochisi»nomli maqolasida Baxtiyor aka haqida: «Odamzod qalbida guzallikka oshuftalik, mehr-muruvvat, vafo, sadoqat va son-sanoqsiz hislatlarni uyg‘ota oladigan bir soha, barcha kasblar ichra eng jozibador, eng maftunkor bir kasb bor. Bu rejissyorlik xalqona iborada esa «guzallik ixtirochisi», «oshuftalik hamda saboq beruvchi murabbiy», deyishadi. «Baxtiyor Sayfullayev siz-u bizning qalbimizda ana shunday noyob hislatlarni uyg‘otishda barakali mehnat qilayotgan sermahsul ijodkordir» – deb yozadi. Filologiya fanlari nomzodi, dotsent N. Qosimov «Teatr» jurnaliga yozgan «Rejissura – uning qismati» maqolasida uning ijodiga shunday baho beradi: «B.Sayfullayev rejissyorlik qilgan har qanday tomosha yoki bayram tantanalarini kuzatsangiz, ularda chuqur hayotiy mantiqni, nafis san’atkorlikni, nozik insoniy samimiyatni, izchil zamonaviylik va ishontiruvchi hayotiy mazmunni his qilasiz, tomoshadan sung xush kayfiyat, jushqin hayotbaxsh tuyg‘u bilan qaytasiz. U real hayot va sahna hayotining tutash tomirlarini teran idrok etadi, ularni hayratomuz tarzda bir-biriga bog‘lay oladi. Rejissyordagi bu iqtidor esa kamdan-kam san’atkorlarga nasib etadi. B.Sayfullayev ana shunday sharafga muyassar bulgan rejissyordir». Ha, zamondoshlarimiz aytganlaridek, B.Sayfullayevni fidoyi inson deya tilga olsak, adashmaymiz. Uning sahnalashtirgan har bir bayram va tomoshasi rejissurasini muhokama qilib, tahlil qilib urgansak, bizlar uchun yangi manba bulib hisoblanadi desak, mubolag‘a bulmaydi. Uning «Quvnoqlar va zukkolar» kurik tanlovlari, qiziqchilar, xonanda, raqqosa, doirachilar kurik-tanlovlari respublikamizda har yili utkazilayotgan «Mustaqillik», «Navruz», 8 mart – «Xalqaro xotin-qizlar kuni»ga bag‘ishlangan bayram tomoshalari, televideniyedagi kursatuvlar va bergan intervyulari, turli xayriya tadbirlari va boshqa rejissyorlik ishlari haqida kup gapirishimiz mumkin. Biz ustozimiz Baxtiyor Sayfullayevga sog‘liq, oilaviy baxt va ijodiy barkamollik tilab qolamiz.
A.Qodiriy nomidagi Toshkent davlat madaniyat instituti katta uqituvchisi.
REJISSURA, UNING QISMATIBaxtiyor Sayfullayevning hayoti e’zozlarga loyiq yumushlarga boy. Chunki buyuk farang adibi Stendalning «hayot kemasi mehnat langariga suyanmasa, barcha shamolu dovullarga dosh berolmaydi», degan dono hikmatiga amal qilib yashaydi. Hozir Baxtiyor akaning hayoti va faoliyatiga nazar tashlagan kishi uning chindan ham baxtiyorligini kurishi mumkin. Uzi sevgan kasbda ishlash, oilani tukin-sochin tutish, farzandlarni elga munosib insonlar etib tarbiyalash, ota-onani rozi qilish, dust-birodarlar urtasida uz urniga va ehtiromga sazovor bulish, eng muhimi, ozod Vatan va erksevar xalqning baxt-saodati uchun tinmay xizmat qilish baxtiyorlik emasmi? Bularning barchasi Baxtiyor akada jamuljam. U Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent Davlat madaniyat institutida, shu uquv yurti tashkil etilgan 1974 yildan beri mehnat qilib kelmoqda. Baxtiyor Sayfullayev izlanuvchan, uz bilimi va malakasini oshirishga intiluvchan inson. Shu bois u 1983-87 yillarda Sankt-Peterburg (sobiq Leningrad) Davlat madaniyat instituti aspiranturasida uqidi va pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Har qanday shaxsning ham hayot varaqlari faqat yillar bilan ulchansa, bosib utilgan butun umr bir siqim quruq raqamlar yig‘indisiga aylanadi, qoladi. Baxtiyor Sayfullayevning hayoti va faoliyati sanalari bundan mustasno emas. Biroq inson hayoti va faoliyatini quruq raqamlar yig‘indisi bilan emas, balki ana shu tilsiz raqamlar ostida yashiringan boy va rang-barang kechinmalar jilvasi, intilishlar-u chekinishlar, iztiroblar-u shodliklar, umidsizlig-u baxt yulduzi kulib boqqan lahzalar nuqtai nazari bilan ulchasak, Baxtiyor Sayfullayevning hayoti bosqichlarini ifodalovchi raqamlar sermazmun va faxrlanishga arzigulik umr kursatkichlariga aylanishining shohidi bulamiz. Chunki u qayd etilgan yillarda bolalikning totli gashtini surdi, talabalikning oltin damlarini utkazdi, teatr sahnasining mashaqqatini kurdi, harbiy xizmatning shiddatli onlarini boshidan kechirdi. Neva sohillarida kezib izlandi, yana oliy uquv dargohining pog‘onama-pog‘ona mansab lavozimlarida javlon urdi. Bularning barcha-barchasi Baxtiyor Sayfullayevning ongini boyitdi, zehnini utkirlashtirdi, sahna hayoti va inson umrining mohiyati haqida muayyan tuxtamlarga kelishiga imkoniyat berdi. Inson qiziqishi va intilishlari haddu-hudud bilmaydi, lekin ana shu faoliyatlar sirasidan bittasiga u kuproq layoqat sezadi. Baxtiyor Sayfullayevning ham serqirra faoliyatda bitta jabha ustuvorlik qiladi. Bu- rejissura. Rejissura – uta injiq, uta murakkab san’at sohasi. Bu faoliyat bilan shug‘ullanuvchi shaxsdan katta bilim, cheksiz hayolot kulami, qat’iyat va talabchanlik, nozik did, tashkilotchilik va rahbarlik mahorati talab qilinadi. Ana shu hislatlarga ega bulmagan kishi rejissura ostonasiga qadam quya olmaydi. Baxtiyor Sayfullayevga Olloh mana shu san’atdan keragicha bergan. Chunki uning 1983-2000 yillardagi rejissyorlik faoliyatiga nazar tashlasak, uning respublika va ayrim viloyatlar miqiyosidagi yuzdan ortiq yirik teatrlashtirilgan tadbirlardan sahnalashtiruvchi yoki bosh rejissyor, badiiy rahbar yoki bosh rejissyor, badiiy rahbar yoki g‘oya muallifi sifatida ishtirok etganligini kuramiz. Har yili utkaziladigan Uzbekiston Respublikasi Mustaqilligiga bag‘ishlangan teatrlashtirilgan katta bayram tomoshalarida sahnalashtiruvchi rejissyor, «Kamolot-89, 90, 91, 92» kurik tanlovlari, «Navruz-92-2000» umumxalq Navruz bayrami teatrlashtirilgan tomoshalarida sahnalashtiruvchi rejissyor, Botir Zokirov nomidagi yosh estrada xonandalarining 1- va 2-Respublika kurik tanlovlarida bosh rejissyorlik qildi. Bundan tashqari Baxtiyor Sayfullayev Farg‘ona, Toshkent va Jizzax viloyatlarida utkazilgan yirik teatrlashtirilgan bayram tomoshalarida bosh rejissyorlik qilib, el-yurt hurmatiga sazovor buldi. Baxtiyor Sayfullayev rejissyorlik qilgan har qanday tomosha yoki bayram tantanalarini kuzatsangiz, ularda chuqur hayotiy mantiqni, nafis san’atkorlikni, nozik insoniy samimiyatni, izchil zamonaviylik va ishontiruvchi hayotiy mazmunni his qilasiz, tomoshadan sung xushkayfiyat, jushqin hayotbaxsh tuyg‘u bilan qaytasiz. U real hayot va sahna hayotining tutash tomirlarini teran tarzda bir-biriga bog‘lay oladi. Rejissyordagi bu iqtidor esa kamdan-kam san’atkorlarga nasib etadi. Baxtiyor Sayfullayev ana shunday sharafga muyassar bulgan rejissyordir. Chunki rejissyorlik unga qismat, hayot mazmuni. Jonkuyar rejissyorning sahnadagi kup yillik samarali mehnatlari hukumatimiz tomonidan yuqori baholanib, unga «Uzbekiston Respublikasida xizmat kursatgan madaniyat xodimi» degan faxriy unvon berildi. Biz ustozimizni bu yuksak unvon bilan tabriklaymiz. Nozim Qosimov, filologiya fanlari nomzodi, dotsent «Teatr» jurnali 2001 yil 1-2 soni. San’atshunoslik fanlari nomzodi Oybek Veysal ug‘lining rejissyor Baxtiyor Sayfullayev bilan suhbati 2000 yil 26 yanvarda Uzbekiston televideniyesining «Rakurs» kursatuvida namoyish etildi. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling