Toshkent davlat madaniyat instituti vahobjon rustamov
Download 1.35 Mb.
|
Укув кулланма Режиссура Рустамов В (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jumaniyoz Jabborov, Uzbekiston xalq shoiri HAR IShDA SABOT KERAK
- Dastlabki ish faoli ya tingizni Toshkent Davlat Madaniyat institutida boshlagan ekansiz. Endi esa ijodiy ishga utib ketibsiz...
- Endi bevosita uzingiz rahbarlik qilayotgan fakultet ishlari haqida gapirib bersangiz
- Suhbatimiz sunggida yana qanday aytilmagan fikrlaringiz borligini bilmoqchi edim.
- Gulchehra Umarova, Uzbekiston Adabiyoti va san’ati gazetasi, 2000 yil 14 iyul soni.Suhbat. REJISSYoR – GUZALLIK IXTIROChISI
- Baxtiyor aka, keyingi paytlarda barcha bayramu tadbirlarimizning kutarinki ruhda utayotganligi yaqqol namoyon bulmoqda...
- Demak, har qanday bayramning kutarinki ruhda utishi kup jihatdan rejissyor faoliyatiga ham bog‘liq ekan-da
- Siz uzingiz tashkillashtirgan qaysi bayramni yoki tadbirni faxr bilan tilga olgingiz keladi
- Ruzimboy Azim, «Mulkdor»
MUQADDIMAB.S. San’at birinchi galda inson ma’naviyatidir. San’at insonni shakllanishida juda muhim omillardan biridir. Chaqaloq tug‘ilganda unga alla aytiladi. Bolaning ma’naviyati alla bilan kiradi. Alla professional darajada aytiladimi yoki hirgoyi qilinadimi har qalay bolaning qalbiga kirib uni tarbiyalashni boshlaydi. Ikkinchi tomondan, san’atning asosida siyosat yotadi, masalan, karnay, dumbira va boshqa musiqa asboblari ovozlari orqali urushlar boshlangan, tugagan, turli xavf xatarlar yoki quvonchli daqiqalar ham san’at vositalari orqali namoyon etilgan. San’atsiz umuman rivojlanishning uzi yuq. Ayniqsa hozirgi kunda bozor iqtisodiyoti davrida biz insonlarni kuproq san’at orqali oziqlantirib borishimiz zarur. O.V. Siz Toshkent Davlat Madaniyat institutini tashkil topgan yillaridan boshlab shu institutda faoliyat yuritgansiz. Shu institutning tashkil bulishi, chorak asr oldin institutdagi shart-sharoitlar, vaziyatlar qanday edi? Shu haqda tuxtalsangiz. B.S. Institutimiz birinchi rektori mashhur olim Aziz Pulatovich Qayumov birinchi galda kerakli mutaxassislarni, kadrlarni tug‘ri tanlay boshladilar. Ularning eng yaxshi qilgan ishlaridan biri shu buldiki, san’at institutining sobiq rektori Hamid Abdullayevich Abdullayevni uquv ishlari buyicha prorektor etib tayinladilar. Chunki uzingizga ma’lumki, 1974 yilda tashkil topgan institutimiz konservatoriya, teatr va rassomchilik instituti va pedagogika institutlarining ba’zi bulimlardan omuxta sifatida tashkil etilganligi uchun shunga mos mutaxassislar ishga taklif qilina boshladi. Ana shu tariqa Madaniyat instituti uz faoliyatini boshladi. Madaniyat institutini tashkil etilishi mening nazarimda respublika uchun ham zarurligini usha paytdayoq his qilganman. Chunki viloyatlar, chekka-chekka qishloqlardagi madaniy-ma’rifiy ishlarni tashkil qilishda bu institutning yetishtirgan kadrlari muhim rol uynagan. Ular bizni institutimizni tugatib, uz viloyatlarida, tuman, qishloq madaniyat maskanlarida aholini ma’naviy oziqlantirish, ma’naviyatini rivojlantirish borasida faoliyat kursatganlar. Agar Konservatoriya bitta yaxshi sozandani uqitib, unga bilim berib, uni dunyoqarashini kengaytirib yaxshi mutaxassis qilib yetishtirsa -u bitta shaxsni jamiyat uchun tayyorlab bergan buladi. Madaniyat institutida ham shunday...
Bizning institutimizda mashhur san’atkorlar ham uqib taxsil olganlar. Bir paytlar bizning institutimizga «barmoq orasidan» qaraydiganlar ham bulgan. Men bu haqda eslashni xohlamayman. Avvallari talaba va uqituvchi urtasida «katta devor» bor edi. Biz ana shu devorni olib tashlashga harakat qildik va erishdik. Talabaning aybi uning talaba ekanligida emas, u ham bizning farzandimizdek bulishi kerak. Ota–ona, aka-uka, opa-singildek bulish va tarbiyalash maqsadga muvofiqdir. Shuning uchun ham biz shu yildan boshlab, fakultetda kuratorlikdan voz kechib, uning urniga «ustoz – shogird» an’analari buyicha ish olib borishni yulga quydik, ya’ni 3-4 talabaga bitta ustoz barcha ishlarga javob bersin, kerak bulsa uning yashash tarzi bilan qiziqsin, talabalar uyiga borsin, ijarada turadigan bulsa shu joyga borsin, bevosita u bilan muloqatda bulsin. Talabani nima qiziqtiryapti, nimadan nafas olyapti, qanday muammolari bor, biz birgalikda ijobiy hal qilish etish yullarini topaylik. Hozirgi talaba nihoyatda talabchan, chunki u bevosita matbuot, radio, televideniye, internet orqali barcha axborotlarni olish imkoniyatiga ega. Shular orqali olgan bilimlari bilan siz bilan bemalol fikr almashishi mumkin. Shaxsan men shunday talabalarni juda xurmat qilaman. Shuning uchun uqituvchi ham uz ustida ishlab bilimini, sohasini yaxshi uzlashtirishi, yangiliklardan xabardor bulishi, uzining ilmiy, uslubiy va boshqa jihatlari buyicha juda kup ishlashi lozim. O.V. Siz «Rejissura» fanidan dars berish bilan birga amalda ham ijodiy ishlar bilan shug‘ullanasiz, ayniqsa 80-90-yillarda sizning g‘oyangiz bilan boshlangan respublikamizda utkazilgan bir qancha kurik-tanlovlar hozirda an’anaga aylanib ketgan. Masalan, Kamolot, Nafosat, Qiziqchi, Zarb, Botir Zokirov xotirasiga bag‘ishlangan estrada qushiqchilarining kurik-tanlovlari shular jumlasidandir. Ana shunday kurik-tanlovlarni boshlashga nima turtki buldi? B.S. Men buni sobiq ittifoq davrida uzbek estrada san’ati yunalishi buyicha ijod qilgan, uzbek estrada san’atini rivojlanishiga asos solgan Botir Zokirov misolida aytmoqchiman. San’atkor bor edi, u utdi ketdi, uni eslash, xotirlash, san’atini targ‘ib qilish maqsadida Uzbekiston xalq artisti Farrux Karimovich Zokirov bilan uchrashib, unga: «Farruh Karimovich, bizda bir g‘oya bor. Sizning akangiz ham ustozingizni nomini abadiylashtirish, xotirlash maqsadida shu tadbirni utkazsak, siz bunga qanday qaraysiz», deganimizda ular xursandchilik bilan rozi buldilar. Estradaning uz yuli, mumtoz qushiqlarning esa uz yunalishlari bor. Masalan, «Kamolot» kurik-tanloviga estrada aralashmasin. Shu maqsadda biz bu kurik tanlovni birinchi bulib utkazdik va bu tanlov juda yaxshi natijalarni berdi. Shu urinda Kamolot kurik tanlovlari haqida ham aytib utmoqchiman. «Kamolot-89» tanlovida yuzdan ortiq hali xalqqa tanilmagan xonandalar ishtirok etdi va bir qanchalari g‘olib buldilar, elga tanildilar. Masalan, «Kamolot-89»da Muhammadkarim Soipov, Muxriddin Holiqov, Oxunjon Madaliyev, Ғiyos Boytoyevlar g‘olib buldilar. Yillar utib esa ularning safiga yana bir qator xonandalar qushildi. Ular Ilhom Ibrohimov, Ravshan Komilov, Azim Mullaxonov, Valijon Qodirov, Orolmirzo Safarov va boshqalardir. Qiziqchilar kurik tanlovlarida ham hozirgi kunda xalqimizga xizmat qilib kelayotgan bir qancha kulgu ustalari qatnashib, g‘olib buldilar. Uzbekistonda xizmat kursatgan artistlar Mirzabek Xolmedov, Xojiboy Tojiboyev, Obid Asomov, Botir Muhammadxujayev, Tuyg‘un Sa’dullayev va boshqalar shular jumlasidandir. Bu tanlovlarni utkazish ularni uz san’atlarini namoyish etishlari uchun, ya’ni viloyatlardan kelgan san’at ixlosmandlari uchun katta imkoniyat edi. O.V. Sahna san’ati, tug‘rirog‘i estrada san’atidagi rejissuraga ham tuxtalib utsangiz. B.S. Kupgina yosh san’atkorlar sahnaga chiqqanlaridan keyin uzlarining yakkaxon kontsertlarini qila boshlaydilar. Kontsertlarda stsenariy yozilmaganligi yoki rejissuraning yuqligi kup kontsertlarni bir-biriga uxshab qolishiga yoki saviyasi past darajada utishiga sabab buladi. Estrada san’atining rivojlanishi bu yaxshi ishdir, ammo bu sohada ham uzbilarmonlik kupayib ketgan. Ular rejissyorlardan foydalanishni hohlamaydilar, zero rejissura – estrada san’atiga ham xuddi teatr, kino va boshqa san’at turlariga kerak bulgandek zarurdir. Rejissyorsiz artistlarning ishi unchalik yuzaga chiqmaydi, sababi u rassom bilan dekoratsiya ustida, chiroqlar bilan, aktyorlar, xoreograflar, boshlovchilar bilan, barcha texnik jihatlarni me’yor darajasida ishlatish kabi vazifalarni bajarishi lozim. Qolaversa, har bir qushiq uchun rejissura kerak. Rejissyor degani, «sen sahnaning u yoki bu tomonidan chiqasan yoki u joydan bu tomonga yurasan» kabi ishlarni bajaradigan emas, balki kontsert yoki tomoshaning barcha ijodiy va tashkiliy jihatlariga javobgar shaxs bulishi lozim. Bir suz bilan aytganda, san’at badiiy jihatdan mukammal shaklda insonlarga yetkazilishi kerak. Biz rejissyorlar esa bunga mas’ulmiz. O.V. Mazmunli suhbatingiz uchun sizga minnatdorchilik bildirib, ijodiy ishlaringizda baraka tilab qolamiz. MAHORAT MAYDONI Rejissyor – san’at olamida uziga xos bosh ijodkordir. Xoh teatr, xoh kino, xoh katta maydon tomoshalarida bulsin, aniq bir asarni shakllantirish, eng avvalo uning quvvat hofiziga bog‘liq. Demak, agar biror aktyor asardagi biror rolni uynash bilan uz urnini topsa, rejissyor asardagi barcha rollarni tasavvurida uynaydi, ularni yagona maqsadga birlashtiradi, hayotning, insoniy munosabatlarning yaxlit bir manzarasini yaratadi. Sahnaga, ekranga, maydonga chambarchas harakat baxsh etib, harakatga ma’no singdirib shular asosida ma’lum bir insoniy g‘oyani tarannum etadi. Rejissyor faoliyatining murakkabligi, baland san’at ekanligi ham mana shunda. Men rejissyor Baxtiyor Sayfullayev bilan sunggi bir necha yillarda – istiqlol davrimizda birga ijodiy hamkorlikda buldim. Ayniqsa, Jizzax va Andijon viloyatlari markazlaridagi kupgina tomoshalarni, «Mustaqillik» bayrami, «Navruz» bayrami, «Barkamol avlod» bayrami kabi sport musobaqalarini tashkil etish va yuksak saviyada utkazishga u kishining mahoratiga hamisha hayrat bilan boqdim. Katta maydon tomoshalari, bir qarashda guyo kup odamlar ishtirokidagi ommaviy bir saylu tomoshadek tuyulsa-da, lekin uning zamirida qanchalar ijodiy mehnat, topqirlik, katta mazmun yotadi. Barcha ijodkoru ijrochilarni, musiqa va qushiqni, dekoratsiya va chiroqlar tovlanishini bir ulug‘ mazmunga jam eta olish – rejissyordan ulkan mas’uliyat, mahorat talab qiladi. Shuning uchun ham rejissyor – bosh ijodkor va ijrochi hisoblanadi. Endi, masalaning ikkinchi tomoni. Agar shunday urinishlaringiz maydonni, minglarcha kishilar qalbini zabt eta olmasa, ularga zavq, guzallik tuyg‘usini, ma’nolar silsilasini baxsh eta olmasa – bu katta yutqiziq buladi. Donolardan biri aytganidek, sahna bilan tomoshabin urtasida «jang» boradi. San’atkor uz talqinining haqqoniyligi va ijrosining tabiiyligi, ta’sirchanligi bilan tomoshabinni uziga moyil eta olmasa, xudo kursatmasin, bu rejissyor uchun mag‘lubiyat buladi. Bir necha yillar mobaynida men rejissyor Baxtiyor Sayfullayev bilan tomoshalar stsenariysi – dasturi ustida ishlashib, repetitsiyalarda qatnashib, tomosha bulaklari – fragmentlarni kuzatib, shu narsaga amin buldimki, rejissyorimiz, eng avvalo, bulajak katta tomoshani uz tasavvurida jonlantiradi. Uni yaxlit holida uz ijodiy tafakkurida «pishirib», maydonga olib chiqishga ishonchi komil bulgandagina, repetitsiyalarni boshlaydi. Har bir rejissyorning uz «pinhoniy» uylanmalari buladi. Kupincha, u kishi bilan yonma-yon ishlayotgan biz ijodkorlar ham asarimiz qanday boshlanib, qanday avjlanib, qanday intihoga borishini bilolmay turamiz. Rejissyorimiz esa rejalarini mahfiy tutadi, ya’ni kartani darhol ochib tashlamaydi. Yana Baxtiyor Sayfullayevda kuchli talabchanlik bor. Ijrochilarga aytadigan yaxshi suzi-yu, achchiqroq ta’nalari ham bor. Bularning barchasi bitta maqsadga – katta tomosha sifatini oshirishga qaratilgan. Rassomning ishini, bastakorning musiqasini, ijrochilar mahoratini bir nuqtaga tuplab, sung katta, asosiy, bosh repititsiyaga kirishadi. Ana ushanda uzimiz ham rejissyor mehnati – uning tashkilotchilik qobiliyati, mahorati nima ekanligini yaqqol his etamiz. Necha yil, necha bor birga ishlashgan bulsak, ana shunday usul va uslubning guvohi bulib kelmoqdaman. Ana shundan bulsa kerakki, Jizzax va Andijonda utgan kup, rang-barang tomoshalarimiz Toshkentda utgan umumxalq tomoshalari bilan yonma-yon turadigan darajada salobatli, charog‘on tomoshalarga aylanar edi. Buni jamoatchilik tan olganligini yaxshi bilamiz. Menimcha, bu guzalliklar zamirida rejissyorimiz Baxtiyor Sayfullayevning yuksak insoniy qiyofasi, mehribonligi, samimiyligi, talabchanligi va badiiy tasavvur quvvatining uziga xosligi alohida kurinib turadi. Jumaniyoz Jabborov, Uzbekiston xalq shoiri HAR IShDA SABOT KERAK Ommaviy bayramlar va teatrlashtirilgan tomoshalar rejissyori Baxtiyor Sayfullayev uz kasbining mohir ustalaridan biridir. Respublikamizda utkazib kelinayotgan kuplab ommaviy tadbirlar ana shu rejissyorning nomi bilan bevosita bog‘liq. Bunday tadbirlar orasida «Toshkent 2000» teatrlashtirilgan bayram tomoshasi, qiziqchilarning respublika kurik-tanlovlari, Uzbekiston qushiq bayramlari, Xalqaro teatr kuni va xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan bayram dasturlari kabi kuplab anjumanlar uning rejissyorlik mahorati bilan uziga xos tarzda utgan. Yaqinda taniqli rejissyor-pedagog Baxtiyor Sayfullayev bilan uchrashib bir necha savol bilan murojaat qildik. Dastlabki ish faoliyatingizni Toshkent Davlat Madaniyat institutida boshlagan ekansiz. Endi esa ijodiy ishga utib ketibsiz... Institutda pedagoglik faoliyatimni ham davom ettirayapman. Aslida Sanat institutining rejissyorlik fakultetini tugatganman. Madaniyat instituti yangi ochilgan vaqtda meni u yerga ishga taklif etishdi. Hozirgi kunda ommaviy bayramlar va xalq teatrlari kafedrasida mudirlik qilyapman. Lekin, baribir, ijodiy ish meni uz komiga tortib ketdi. Katta bayramlar rejissurasi meni boshidan qiziqtirib kelgan. Nomzodlik dissertatsiyamning mavzui ham «Ommaviy bayramlarda xalk uyinlarining urni» deb nomlangan. Sankt-Peterburg Madaniyat instituti aspiranturasini bitirganman. Xullas, uzimni ijodiy jarayonsiz tasavvur qilolmayman. Shunisi ham borki, bu narsa pedagoglik faoliyatimda nihoyatda qul keladi. Endi bevosita uzingiz rahbarlik qilayotgan fakultet ishlari haqida gapirib bersangiz. Yaxshi bilasizki, San’at institutida faqat professional sahna uchun mutaxassislar tayyorlanadi. Shu ma’noda, bizda ommaviy bayramlar rejissurasi, ashula va raqs ansambllari rahbari fakulteti ochilgani yaxshi buldi. Bu yerda asosan, qishloq joylarda faoliyat kursatishga ixtisoslashgan mutaxassislar tayyorlanadi, ya’ni ular joylarda ommaviy tadbirlar, bayramlar utkazish ishlarini yulga quyishlari lozim. Shuningdek, joylardagi madaniyat maskanlarining ahvolini yanada yaxshilash, madaniy – ma’rifiy ishlarini talab darajasida olib borish ham ularga bog‘liq. Biroq kezi kelganda bir narsani aytib utishni istardim. Gap shundaki, keyingi yillarda biz qishloq joylari uchun tayyorlayotgan mutaxassislar kup hollarda kerakli joylarga borib ishlamayaptilar. Aslida talaba qaysi viloyatdan kelgan bulsa, uning usha joyga borib ishlashini ta’minlash lozim.
Juda kup aytilgan bulsa ham yana takrorlamoqchiman. Hamma narsada, eng avvalo poydevor puxta bulishi lozim, binobarin, kadrlar masalasida ham. Agar hozirgi talaba uquvchilik davrida zarur ilmlarni olmagan ekan, biz unga 4-5 yillik uqish davomida bush qolgan urinlarni tuldirish imkoniyatini yaratib berolmaymiz. Masalan, bizning sohani olaylik. Bizda kuproq til va adabiyot fanlariga e’tibor talab etiladi. Oddiygina misol: axir, boshlang‘ich sinflardagi kitoblarning uzidayoq she’r yoki proza asarining tagida «ifodali uqing» degan iborani uchratasiz. Demak, bola yoshligidanoq har qanday asarni maromiga yetkazib qoidali uqishga urganishi kerak. Afsuski, ba’zan uqituvchilarning uzi ham bu narsaga jiddiy e’tibor berishmaydi. Nafaqat katta yoshdagilar, balki uquvchilar ham kuniga ma’lum soatlarni kitob uqishga sarflashlari kerak, deb uylayman. Chunki bola kitob uqimas ekan, u kup narsaga erisha olmaydi. Kitob uqimaydigan ijodkorni esa mutlaqo kechirib bulmaydi. Kitob uqigan bolalarning dili toza, ruhiyati tiniq buladi. Ulardan yomonlik chiqmaydi. Hozirgi talabalarimizga ham xuddi shu gaplarni aytgan bulardim. Chunki bugungi talabalarimiz kutubxonalarda shug‘ullanish qoidalarini bilishmaydi, badiiy adabiyotlar, uquv qullanmalarini uqishni ikkinchi darajali ish deb hisoblashadi. Agar talaba darsda eshitganlarini boshqa qushimcha adabiyotlar bilan mustahkamlamas ekan, shubhasiz fikrlashi juda tor doirada qolib ketadi. Baxtiyor aka, bevosita teatrlar bilan ishlamasangizda, baribir, rejissyor sifatida ancha ishlarni amalga oshirgansiz. Uzingizning xabaringiz bor, bugungi kunda hatto mutaxassislar ham respublikamiz teatrlarida yaxshi rejissyorlar yetishmasligini e’tirof etmoqdalar. Sizning bu boradagi fikringiz? Xaqiqatan ham bugungi kunda rejissura, uz kasbining mohir ustalari bulgan rejissyorlar masalasi kun tartibida turibdi. Aytaylik, Muqimiy nomidagi teatrda faxr bilan eslagulik rejissyorlarning oxirgisi Razzoq Hamroyev bulsa, Hamza nomidagi teatrda Bahodir Yuldoshev edi. Afsuski, respublikamizning yetakchi teatrlaridan hisoblangan bu ikki dargohdagi rejissura kundalang bulib turgandan keyin, boshqa teatrlar haqida nima ham deyish mumkin. Albatta, buning sabablari bor, nazarimda, nafaqat teatrda, masalan, xoreografiyada ham shogird tayyorlash muammosi asosiy masalalardan biri bulib turibdi. Katta rejissyorlarimiz uz vaqtida tajribalarini yoshlarga urgatib, xaqiqiy shogirdlar tayyorlash ishiga jiddiy e’tibor berishlari kerak. Ikkinchidan, ayrim yosh mutaxassislarda sabr-qanoat, tanlagan kasbiga fidoyilik yetishmaydi. Ular faoliyatlarini boshlagan zahotlari muvaffaqiyatga erishini xohlaydilar. Har holda, bugun teatr san’ati dargohiga kirib kelayotgan yosh mutaxassislar, xususan rejissyorlar milliy teatrimizning bundan keyingi taqdiriga mas’ul ekanliklarini his qilishlarini istardim.
Biz yuqorida uqish-uqitish jarayoni haqida gaplashgandik. Xuddi shu masalada bir ikki tilaklarim bor. Jumladan, bizning sohamizda uquv qullanmalari yetishmaydi. Uzbek tilidagi kitoblar kup emas. Shu kunlarda hal qilinishi lozim bulgan eng dolzarb masalalardan biri – madaniyat va san’at atamalari hali yaxshi ishlanmagan. Uquv qullanmalari yetishmaganligi uchun ham pedagoglarimiz uqiyotgan ma’ruza matnlarini kutubxonalariga topshirmoqdalar. Nazarimda, yuqorida tilga olinga masalalar hal etilsa, uzbek madaniyati va san’atining bundan buyongi ravnaqiga jiddiy hissa qushishga qodir mutaxassislar tayyorlash saviyasini kutargan bulardik.
Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1972 yilda Toshkent teatr san’ati va rassomlik institutining rejissyorlik fakultetini tamomlagan. Oilali: turmush urtog‘i Adiba Nosirova Toshkent Davlat Madaniyat institutida dotsent, ikki nafar farzandi va nabiralari bor. «Sahna nutqi» va «jonli suz san’ati» fanlaridan dars beradi. 2000 yil avgust oyida «Uzbekistonda xizmat kursatgan madaniyat xodimi» unvoniga sazovor bulgan. Odamzod qalbida guzallikka oshuftalik, mehr -muruvvat, vafo, sadoqat va yana son- sanoqsiz hislatlarni uyg‘ota oladigan bir soha, barcha kasblar ichra eng jozibador, eng maftunkor bir kasb bor. Bu – rejissyorlik. Xalqona iborada esa «Guzallik ixtirochisi», «Oshuftalik haqida saboq beruvchi murabbiy», deyishadi. Baxtiyor Sayfullayev – siz-u bizning qalbimizda ana shunday noyob hislatlarni uyg‘otishda barakali mehnat qilayotgan sermahsul ijodkor. Quyida taniqli ijodkor, ommaviy bayramlar va teatrlashtirilgan tomoshalar rejissyori Baxtiyor Sayfullayev bilan bulgan suhbatimizni siz, aziz uquvchilar hukmiga havola etamiz.
Fikringizga qushilaman. Haqiqatan ham bugungi kunga kelib, bayramu tadbirlarimiz, shodiyona-yu bazmlarimizning nishonlanishi uzgacha tus oldi. Avvalo, barcha kechalarni utkazishda milliylik tomon siljiganimiz, milliy ruhiyatimiz, urf-odatu an’analarimizga kuchli e’tibor berishimiz bayramlarimizga farahbaxshlik ulashmoqda. Bu, albatta, mustaqillik sharofati tufaylidir. Axir biz bundan 9-10 yil oldin biror bayramni nishonlaydigan bulsak, Moskvadan, Leningraddan mutaxassislar kelishini kutib utirardik. Uzimizcha hech narsani hal qilolmasdik. Endi uzingiz uylang: «markaz»dan kelgan mutaxassis xalqimiz ruhiga, didiga mos keladigan nimaniyam qilib berardi? Ular bizning ming yillar oldin vujudga kelgan, uzbek xalqining qalb quridan mustahkam joy olib ulgurgan an’analarini biladimi? Shubhasiz, yuq. Eng muhimi, bunday rejissyor sahnalashtirgan tomosha kimga ham ma’naviy ozuqa berardi, deysiz. Shuning uchun ham rejissyorning boshqalardan ikki qadam oldinda yurishi talab qilinadi. Bu degani, rejissyor kim bulishidan, qaysi millat vakili ekanligidan qat’iy nazar, avvalo u uzi yaratadigan, uzi tashkillashtiradigan sahna asari ustida puxta ishlamog‘i lozim. Buning uchun undan xalqning folklorini, etnografiyasini, urf-odatlari, marosimlarini mukammal bilishi talab qilinadi. Chunki rejissyor yullanma beruvchi shaxs hisoblanadi. U san’atkorlarga tug‘ri yullanma bera olsagina uz maqsadiga erishadi. Xalqning didiga mos kelmaydigan har qanday bazmu jamshid esa hech bir tomoshabinni qanoatlantirmasligi, aksincha, ularni zeriktirib quyishi aniq. Demak, har qanday bayramning kutarinki ruhda utishi kup jihatdan rejissyor faoliyatiga ham bog‘liq ekan-da? Albatta. Yuqorida aytganimdek, rejissyor barcha san’atkorlarga yullanma berishi lozim. Masalan, Navruz bayrami munosabati bilan utkaziladigan ommaviy bayram va teatrlashtirilgan tomoshalarni olaylik. Biz bu bayramni uyushtirishdan oldin Navruz haqidagi eng qadimiy ma’lumotlarni urganmog‘imiz, ota-bobolarimizning bayramni nishonlashda qullangan usullaridan xabardor bulmog‘imiz va ana shunday qadrli urf-odatlarimizni xalqqa yetkazish uchun uni sahna, san’atkorlar orqali jonlantirishda izlanmog‘imiz kerak buladi. Men uz ish faoliyatim davomida xalqimizning milliy urf-odatlarimizga yug‘rilgan chiqishlarni, xalq qushiqlari, lapar va termalarni nihoyatda sog‘inib qolganligini sezdim. Bunday tomoshalarni xushchaqchaqlik bilan qarshi olinganligini kurib, ancha zavqlandim. Demak, xalqimizning milliy an’analarimizga e’tibori, hurmati kuchli ekanmi, uni aslo sundirmaslikda biz, rejissyorlar sergak, sobitqadam bulmog‘imiz kerak, deb uylayman. Baxtiyor aka, sir emas: kupgina bayramlarda utkazilgan shodiyonayu hushchaqchaqliklar, kontsertlaru bazmlarning boshida rejissyor turganligini bilishmaydi. Vaholangki, bunday ayyomlarni tashkillashtirishda mas’uliyatli vazifa rejissyor zimmasida buladi. Hatto sahnaga chiqqan har bir san’atkorning qadam bosishiyu boshqa xatti-harakatlari uning nazaridan chetda qolmaydi. Shunday emasmi? Lekin san’atkor-ku, gulduros qarsaklaru olqishlar bilan parda orqasiga utadi. Rejissyor esa... Ana shunday paytlarda uzingizni qanday his qilasiz? Qiziq savol. Xaqiqatdan ham biz, rejissyorlardan san’atkorlarning har bir xatti-harakatlariga alohida e’tibor berish talab qilinadi. Biz uning aytajak qushig‘i bayram ruhiga mos kelish-kelmasligini, laparlarning mazmun-mohiyatini, hangomasining sehru jozibasini, xullas, barcha-barchasini oldindan teran anglamog‘imiz, bu borada ularga yullanma bermog‘imiz kerak buladi. Hatto sahnani ham utajak bayram ruhiga mos holda bezatishga hissa qushmog‘imiz lozim. Bir suz bilan aytganda, san’atkorni sahnaga «mukammal» qilib chiqarishimiz kerak. San’atkor sahnada gulduros qarsaklar bilan qaytdimi, demak, biz uzimizni baxtiyor sezishga xaqlimiz. Chunki bu borada bizning ham hissamiz borligini bilamiz. Mening shunday paytlarda quvonchdan bahri-dilim yayraydi. Uz tanlagan kasbimdan faxrlanib ketaman. Xalqimizga shodlik va quvonch ulashish baxtiga musharraf bulganimdan tulqinlanaman. Siz uzingiz tashkillashtirgan qaysi bayramni yoki tadbirni faxr bilan tilga olgingiz keladi? Shoir uz she’rlarini tuqqan farzandidek e’zozlaydi.Uni mening borim -borlig‘im, deya tilga oladi. Biz, rejissyorlar, shaxsan men ham barcha ijodiy ishlarimni farzandimdek e’zozlayman. Chunki nafaqat ommaviy bayramlar yoki teatrlashtirilgan tomoshalarni tashkillashtirish, balki oddiy tadbirni uyushtirishning ham uziga xos mashaqqati buladi. Bugungi kungacha yuzdan ortiq har xil tadbirlar utkazgan bulsam, bularning barchasi men uchun ardoqli. Mana shunday tadbirlar orqali xalqimiz qalbida yurtga ishtiyoq va boshqa fazilatlarni uyg‘otishga hissa qushgan bulsam, uzimni baxtiyor hisoblardim. Ha, Baxtiyor Sayfullayevni fidoyi inson deya tilga olsak, yanglishmaymiz. Aynan shunday insonlargina ma’rifat, madaniyat darg‘alari bula oladilar, xalqqa ma’naviy ozuqa berishda jonbozlik kursatadilar. Mamlakatimiz mustaqilligining 9 yilligi munosabati bilan Baxtiyor Sayfullayev Uzbekistonda xizmat kursatgan madaniyat xodimi unvoniga sazovor buldi. Biz ham Baxtiyor akani yuksak unvon bilan samimiy tabriklab, kelgusi ishlarida omad tilab qolamiz. Ruzimboy Azim, «Mulkdor» gazetasining «Mehmon» sahifasi 2000 yil 20 oktyabr. Suhbat. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling