Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON


Download 2.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/238
Sana12.10.2023
Hajmi2.57 Mb.
#1699470
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   238
Bog'liq
63d14b8c9d234 TDPU I.A 8-son 2021

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON 
14 
madaniy qadriyatlarni o‗z ichiga olgan, oilaning jamoatchilik fikri, atrofdagi aholi va 
talabaning mustaqil faoliyati muvaffaqiyati bilan ta‘minlangan hayotiy tajribalar 
bilan uchrashadi. Shaxsning ichki dunyosiga kirgan yangi madaniy qadriyatlarni 
to‗plangan tajriba baholaydi, shundan so‗ng ular bu qadriyatlarni o‗zlashtiradi yoki 
rad etadi. Madaniyatni o‗zlashtirishning asosiy shartlaridan biri ta‘lim vositalarining 
talabalar turmush sharoitiga tegishlilicha mos kelishidir. 
Mavjud zamonaviy vaziyatni hisobga olgan holda ijtimoiy tarbiyada oliy 
ta‘lim muassasasi doirasida mul‘timedia vositalari asosida salohiyatlaridan samarali 
foydalanish zarur, chunki u talabalarning shaxsiy tashabbuskorligini namoyon qilish, 
shaxsni ijtimoiy munosabatlarda yo‗naltirish (o‗z yo‗lini topishga yo‗l-yo‗riq, 
tayanch berish) va ijtimoiy-kommunikativ o‗zaro faoliyat ko‗nikmalarini 
rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar ochib beradi. Shu bois multimedia vositalari 
orqali talabalarda, ijtimoiy pedagogik faoliyatlarini ya‘nada takomillashtirish 
maqsadida, ularni dars faoliyatidan tortib bo‗sh vaqtlarini to‗g‗ri tashkillash kasbiy 
mahoratlarini rivojlantirishni maqsadida multimedia vositalari faoliyatiga yanada 
e‘tibor berilsa maqsadga muvofiq bo‗ladi. Bo‗sh vaqt sohasiga nisbatan XX asrning 
50-yillarida fransuz sotsiologi J. Dyumazede ―bo‗sh vaqt hordiqning tamadduni‖ 
nazariyasi kontekstida ―ijtimoiy-madaniy animatsiya‖ atamasini birinchi bo‗lib 
qo‗llagan. Tashkil qilingan hordiq sohasiga murojaat qilib, Dyumazede ―ijtimoiy-
madaniy еtakchilik‖ iborasini ishlatgan va keyinchalik uning o‗rniga ―ijtimoiy-
madaniy animatsiya‖ atamasini qo‗llagan. Keyinchalik bu atama ilmiy va amaliy 
so‗zlashuvda mustahkam o‗rnashib, dam olish tashkilotchisi kasbining nomini 
anglatadi.
―Multimedia‖ atamasi deyarli ingliz tilida so‗zlash manbalaridan kirib 
boradigan lotinizm, deyarli bir xil transkripsiyada kiradi. Bu lotin so‗zlarini ulashdan 
sodir bo‗ladi ―mulyum‖ (ko‗p) va ―OAV, MEDIA‖ (Mentemorlik, vositalar, usul). 
Shunday qilib, tom ma‘noda ―multimedia‖ ―ko‗plab muhitlar‖ degan ma‘noni 
anglatadi. ―Multimedia‖ tushunchasi inson faoliyatining turli sohalarida qo‗llaniladi. 
Kompyuter sohasi saytlar, gipermast tizimlar, kompyuter grafikasi, kompyuter 
animatsiyasi va boshqalarni ishlab chiqish. ommaviy axborot vositalarida - 
jurnalistika, shu jumladan, Internet jurnalistika, nutq va ijtimoiy aloqa va boshqalar; 
Sanoatda tarmoq sanoatida kompyuter animatsiyasi, kompyuterda video taxrirlash
ovoz rejasi, film va boshqalar. Demak, ushbu atama bunday professional kishining 
o‗ziga xos tomonlarini aks ettirishi bilan qiziqarli ekan. Animator (animator) qiziqarli 
va xilma-xil, ijtimoiy foydali faoliyat uchun sharoit yaratishga harakat qiladi
odamlarni u bilan shug‗ullanishga chorlaydi va undaydi. 
Olima V.G. Bocharovaning fikriga ko‗ra, multimedia vositalari asosida bo‗sh 
vaqt sohasidagi faoliyatlarni uyushgan guruh va uning a‘zolarini ijtimoiy 
munosabatlar va madaniy shakllanish darajasida rivojlantirish jarayonini ta‘minlagan 



Download 2.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling