Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON


Download 2.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/238
Sana12.10.2023
Hajmi2.57 Mb.
#1699470
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   238
Bog'liq
63d14b8c9d234 TDPU I.A 8-son 2021

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON 
17 
Key words: learners, informal learning, activism, responsibility, public 
speaking, leadership, fairness, efficiency. 
 
Hozirgi davrda har bir mamlakat taʼlim - tarbiyani rivojlantirish orqali 
iqtisodiy barqarorlikka erishayotganligi va bunda inson omilining roli ortib 
borayotganligi kuzatilmoqda. Jamiyat taraqqiyotining ayni bosqichi shunday o‗ziga 
xos xususiyatga egaki, unda jismoniy kuch emas, balki intellektual salohiyat, aql-
idrok, ijodiy fikrlash, yangi texnika va texnologiyalar hal qiluvchi ahamiyat kasb 
etadi. Bu esa inson resurslarining samarali boshqarish jarayonini yangi bosqichga olib 
chiqish zaruriyatini tug‗dirmoqda. 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 
taʼkidlaganidek: ―Nafaqat yoshlar, balki butun jamiyatimiz aʼzolarining bilimi, 
saviyasini oshirish uchun avvalo ilm-maʼrifat, yuksak madaniyat kerak. Ilm yo‗q 
joyda qoloqlik, jaholat va albatta to‗g‗ri yo‗ldan adashish bo‗ladi. Eng katta boylik - 
bu aql zakovat va ilm, eng katta meros - bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik - bu 
bilimsizlikdir[1]!‖ Аlbatta taʼlim - tarbiya masalasi ko‗tarilganda ko‗proq 
yoshlarimizni befarqlik yoki loqaydlikda ayblash, ularni internet o‗yinlari bilan 
ko‗proq band bo‗lishlarini, vaqtlarini bexuda o‗tkazishlarini biz kattalar tomonidan 
qoralash holatlari yo‗q emas. Аmmo yoshlarni shu holatga tushurmaslik uchun biz 
qanday alternativ variantlarni ularga ko‗rsatyapmiz. Biz ularga internet 
mahsulotlaridan qiziqroq bo‗lgan mashg‗ulotlarni taqdim qilsakkina ularni bo‗sh 
vaqtlarini samarali va foydali o‗tkazishga hissa qo‗shishimiz mumkin. Demak, 
yoshlarimizni har bir daqiqa vaqtini unumli o‗tkazishlarida asosan biz kattalar 
masʼulmiz. Shu sababli ham bugungi jamiyatda kattalarni o‗qitish dolzarb masalaga 
aylanib qolmoqda. ―O‗qitish‖ deganda, faqat taʼlim muassasalardagi o‗qitishni 
nazarda tutmasligimiz kerak, aksincha hayot davomida muntazam ravishda o‗z 
bilimlarini takomillashtirib borish har bir shaxsning asosiy vazifasiga aylanishi zarur. 
Lekin ―kattalarni o‗qitish‖ yoshlarni o‗qitishga nisbatan ancha murakkab jarayon 
hisoblanadi. O‗quvchilar ko‗p holatlarda ota - onasi va ustozlarini yo‗naltirishi va 
majburiy taʼlim bo‗lganligi uchun maktablarga borishadi. Darslarda ham intizom 
talablarini bajargan holda o‗tirish kerakligini tushunishadi.
Katta yoshdagilar esa biror - bir yo‗nalishda qisqa kurslarda yoki o‗quv 
markazlarida bilim olmoqchi bo‗lsalar, albatta, pedagogdan yangiliklar, qiziqarli dars 
o‗tish uslubini kutadilar. Аgar dars yoqmasa, shu zahoti auditoriyani tark etishni 
boshlaydi. Chunki u vaqt qimmatini biladi va hayotiy tajribaga ega bo‗lganligi uchun 
pedagoglarni tanlash va taqqoslash ko‗nikmasiga ega bo‗ladi. Аmmo ushbu pedagog 
auditoriyani ushlash, darsni muvaffaqiyatli tugatish, asosiysi o‗tilgan o‗quv kursdan 
natija olishi uchun o‗z faoliyatiga tanqidiy nazar solishi lozim. 



Download 2.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling