Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON


Download 2.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/238
Sana12.10.2023
Hajmi2.57 Mb.
#1699470
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   238
Bog'liq
63d14b8c9d234 TDPU I.A 8-son 2021

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON 
25 
allomalaridan Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu  Nasr Forobiy, Abu Rayhon 
Beruniy, Abu Ali ibn Sino va boshqalar tabiat fanlarining rivojlanishiga katta hissa 
qo‗shganlar. Ular hali ekologiya fani dunyoga kelmagan davrda tabiat va undagi 
muvozanat, o‗simliklar va hayvonot dunyosi, tabiatni e‘zozlash haqida qimmatli 
fikrlar aytganlar.
Abu Rayhon Beruniy (973-1048) asarlarida o‗simlik va hayvonlarning 
biologik xususiyatlari, ularning tarqalishi va xo‗jalikdagi ahamiyati haqida 
ma‘lumotlar topish mumkin. Beruniyning ilmiy qarashlari, asosan, ―Saydana―, 
―Mineralogiya―, ―Qadimgi avlodlardan qolgan yodgorliklar― kabi asarlarida uchraydi. 
Olim ―Qadimgi avlodlardan qolgan yodgorliklar― asarida Eronning turli tropik 
o‗simliklari va hayvonlarining tashqi muhit bilan aloqasi, ularning xulq-atvori yil-
fasllarining almashinuvi bilan bog‗liq ravishda o‗zgarishini misollar bilan 
tushuntirgan. 
Zahiriddin 
Muhammad 
Bobur 
(1483-1530)ning 
eng 
yirik 
asari 
―Boburnoma‖dir. Unda shoirning ko‗rgan-kechirganlari, borgan joylarining tabiati, 
boyligi, odamlari, urf-odatlari, hayvonoti, o‗simliklari va boshqalar tasvirlangan. Har 
bir kasb egasi bu kitobdan o‗ziga keragicha ma‘lumot topa oladi. Asar muhim 
atamalar va toponimik manbalarga boy. Unda yеr, suv, havo, turli tabiiy hodisalarga 
tegishli xalq so‗zlari ko‗plab topiladi. ―Boburnoma―ni o‗qigan va o‗rgangan har bir 
kishi uni tabiat va geografiyani yaxshi bilgan o‗lkashunos olim yozgan degan 
xulosaga keladi. Bobur o‗lkani bilgan kishilarni hurmat qilgan, ularning qadriga 
yеtgan va ular bilan hamisha maslahatlashgan. 
Abu Ali ibn Sino (980-1037) ham o‗z asarlarida ekologiya borasida fikrlarini 
bildirib o‗tgan. Xususan, ―Tib qonunlari‖ asarida, kishi organizmiga tashqi muhit 
ta‘siri muhimligini bilgan alloma ayrim kasalliklar suv va havo orqali tarqalishi 
haqida fikr bayon etgan, ya‘ni u kasallikni yuqishi masalasini hal etishga 
yaqinlashgan edi. Bular moxov, qo‗tir, chechak, vabo isitmasi, yiringlagan yaralar 
kabi kasalliklardir. Xususan, bular odamlarning turar еrlari tor bo‗lganda, ya‘ni aholi 
zich yashagan joylarda shuningdek, shamol va boshqalar orqali tarqaladi, deb aytib 
o‗tilgan. 
Ekologik ta‘lim respublikamizda oliy ta‘lim muassasalarining o‗quv dasturiga 
kiritilgan o‗quv jarayonida ekologik tabiatni muhofaza qilish, tabiatdan foydalanish 
iqtisodiyoti, atrof-muhitni himoya qilish va tabiiy zahiralardan oqilona foydalanish va 
boshqa ekologik ixtisosliklar bo‗yicha talaba yoshlarga bilim berilmoqda. Bu borada 
bir qator ilmiy ishlar bajarilib kelinmoqda. 
Yu.Shodimetovning ―Ijtimoiy ekologiyaga kirish‖ darsligi oliy o‗quv yurtlari 
talabalari uchun mo‗ljallangan bo‗lib, unda jamiyat va tabiat haqidagi falsafiy hamda 
tabiiy qarashlarning mohiyati, ijtimoiy ekologiyaning shakllanishi va rivojlanishi, 



Download 2.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling