Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
Download 2.57 Mb. Pdf ko'rish
|
63d14b8c9d234 TDPU I.A 8-son 2021
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
21 yechimiga ko‗proq eʼtibor qaratilsa, maktab rahbarlar uchun ancha yengillik yaratilgan bo‗lar edi. ―Xalqimiz hamisha ustozlarni eʼzozlab, ularning hurmat-izzatini joyiga qo‗yib kelgan. ―Ustoz otangdek ulug‗‖ degan hikmatli naql ham bejiz aytilmagan. Endi ana shu so‗zlarni qog‗ozda emas, amalda qaror toptiradigan, o‗qituvchi - muallimning qadr - qimmatini joyiga qo‗yadigan payt keldi‖[3]. Pedagoglarning qadr-qimmatini yanada ko‗tarilishida, ularning faqat xizmat vazifasi bilan shug‗ullanishlari katta ahamiyat kasb etadi. O‗zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 177 - moddasida ish beruvchi xodimdan uning mehnat vazifalari doirasiga kirmaydigan ishlarni bajarishni, qonunga xilof yoki xodim va boshqa shaxslarning hayoti va sog‗ligi uchun xavf tug‗diruvchi, ularning shaʼni va qadr- qimmatini kamsituvchi harakatlar qilishni talab etishga haqli emasligi belgilangan. Аmmo amaliyotda o‗qituvchining ish faoliyatiga taʼsir qiluvchi va xalaqit beruvchi tashkilotlar ko‗pligidan eʼtirozlar yo‗q emas[1]. Maktablardagi yana bir muammolardan biri, o‗qituvchilar lavozim shtatlariga emas dars soatlari bo‗yicha ishga qabul qilinmoqda. Bitta fandan bir nechta o‗qituvchi umumiy belgilangan o‗quv soatlarini bo‗lib berilishi hisobiga ishlamoqdalar. O‗quv soatlari ish hajmi hisoblanadi va 1 ta lavozimga mo‗ljallangan ish hajmi bilan taʼminlanishi kerak. Bir tomondan ko‗proq pedagoglarni jalb qilinishi minimal darajada bo‗lsa ham ularga daromad manbai bo‗lmoqda, ikkinchi tomonidan esa kim asosiy lavozimda? degan savolga javob yo‗q. Chunki mehnat qonunchiligi bo‗yicha asosiy lavozimdagi xodimlar va o‗rindosh, soatbay yoki fuqaroviy huquqiy shartnoma asosida ishlaydigan xodimlar bilan mehnat shartnomasi tuzish va bekor qilish tartibi tubdan farq qiladi. Mehnat shartnomasi Mehnat kodeksi bilan tartibga solinadi[1]. Fuqaroviy huquqiy shartnoma esa Fuqarolik kodeksi bilan tartibga solinadi. Hattoki, Mehnat shartnomasini rasmiylashtirishda ham qaysidir toifadagi xodimlarga imtiyozlar mavjud, qaysidir toifadagi xodimlar sinov muddatisiz ishga qabul qilinishi belgilanishi kerak. Аksariyat maktablarda tuzilgan mehnat shartnomalarida ana shu kabi xotoliklarni kuzatish mumkin. Ko‗plab o‗qituvchilarda esa mehnat shartnomasining ikkinchi nusxasi mavjud emas. Bularning hammasi ish beruvchilar va pedagog xodimlarning huquqiy savodxonligi yetarli emasligidan dalolat beradi. Shuningdek, pedagog xodimlarning kafolatlangan mehnat sohasidagi huquqlari buzilish xavfini oshiradi. Oxirgi yillarda o‗qituvchilarni nufuzini oshirish, ularni qo‗llab-quvvatlash maqsadida qabul qilingan ko‗plab qonun hujjatlarini ijrosini samarali taʼminlanishi, pedagog xodimlarning jismoniy yoki iqtisodiy holatini emas balki intellektual salohiyatini inobatga olgan holda boshqarish taʼlim sifatiga ijobiy taʼsirini ko‗rsatadi. Download 2.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling