Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON


Download 2.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/238
Sana12.10.2023
Hajmi2.57 Mb.
#1699470
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   238
Bog'liq
63d14b8c9d234 TDPU I.A 8-son 2021

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON 
18 
Katta yoshdagilarni o‗qitish va ularga taʼlim berish butun umr davomida 
o‗qitishning markaziy tarkibiy qismi boʼlib, taʼlim berish hamda o‗qitishning jamiyat 
hayotida va mehnat faoliyatida katta yoshdagilarning ishtirok etishini taʼminlashga 
qaratilgan barcha shakllarini o‗z ichiga oladi, shuningdek, rasmiy, norasmiy va 
informal o‗qitish jarayonlarining butun majmuini qamrab oladi[2]. O‗zbekiston 
Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‗zbekiston Respublikasi davlat 
mustaqilligining 30 yillik bayramiga bag‗ishlangan tantanali marosimdagi nutqida: 
―Chindan ham, agar biz taʼlimni o‗zgartirsak, taʼlim insonni o‗zgartiradi. Inson 
o‗zgarsa - butun jamiyatimiz o‗zgaradi ‖- deb taʼkidladi[5].
Darhaqiqat, taʼlimni o‗zgarishi bu jarayonning ishtirokchilari bo‗lgan 
pedagoglarning innovatsion pedagogik mahoratga ega bo‗lishlari, kreativ 
yondoshuvlari, o‗z ustida ishlashlari yaʼni ―o‗zini o‗zi o‗qitish‖ tamoyiliga amal 
qilishlari bilan bog‗liqdir. Bugungi zamonaviy pedagog jamiyatdagi o‗zgarishlarni 
oldindan ko‗ra olishi va to‗g‗ri talqin qilgan holda yosh avlodni kelajak to‗g‗risidagi 
qarashlarini o‗zgartira olishi lozim. Yoshlar uchun pedagogning fikr mulohazalari 
qiziqarli bo‗lishi, ularning kelajakda yetuk, malakali inson bo‗lib yetishishlariga 
albatta o‗z taʼsirini o‗tkazadi. Lekin bugungi pedagoglarimiz qanchalik o‗quvchi - 
yoshlarni yoki talabalarni dars jarayoniga jalb qilmoqdalar? Аgar o‗quvchi oʼz 
vaqtida barcha darsda berilgan topshiriqlarni o‗z vaqtida bajarayotgan va intizom 
talablariga rioya qilayotgan bo‗lsa-yu, ammo darslar ular uchun zerikarli bo‗layotgan 
bo‗lsa kim aybdor? Ushbu savollarga javob qidirishda yuqorida keltirilgan Prezident 
Sh.Mirziyoyev fikrlari qanchalik o‗rinli ekanligiga yana bir bor amin bo‗lamiz.
Davlatimiz tomonidan qanchalik sharoitlar yaratilmasin, taʼlim muassasalari 
yangitdan qurilib, jihozlanmasin o‗qituvchilarning dars o‗tish uslubida o‗zgarish 
bo‗lmas ekan taʼlim sifati haqida gapirishdan foyda bo‗lmaydi. Chunki taʼlim 
jarayoni intellektual jarayon. Bunda taʼlim jarayoni ishtirokchilari bo‗lmish 
o‗qituvchi va o‗quvchilar o‗rtasida fikrlar, g‗oyalar, bilimlar, tajribalar almashadi. 
O‗qituvchi ―bilimlar‖ dunyosi bilan ―bilim oluvchi‖ o‗rtasidagi asosiy ko‗prik 
vazifasini o‗taydi. Аgar bu ko‗prik mustahkam bo‗lmasa, bilim oluvchiga 
maʼlumotlar yetib bormaydi.
13

Download 2.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling