Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali
Shaxs kamolotida ma‟naviyat, ma‟rifat va madaniyatning o„rni
Download 2.57 Mb. Pdf ko'rish
|
63d14b8c9d234 TDPU I.A 8-son 2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
Shaxs kamolotida ma‟naviyat, ma‟rifat va madaniyatning o„rni.
Mamlakatimiz o‗z mustaqilligini qo‗lga kiritgandan so‗ng erkin fikrlaydigan, o‗z- o‗zini anglaydigan, jamiyat maqsad va manfaatlarini tushunib yetadigan, har tomonlama yetuk komil insonni tarbiyalash vazifasi davlat siyosatining ustivor yo‗nalishi qilib belgilandi. Uni amalga oshirish esa eng avvalo, tarbiyalanuvchilarning ichki ruhiy ma‘naviyatini boyitish va mustaqil dunyoqarashini shakllantirishni taqoza etadi. Ma‘naviyatning vazifasi shaxsda o‗z o‗zini anglab, bilimdonlik va qalbi tozalik kabi insoniy tuyg‗ularni shakllantirishga xizmat qiladi. Bu haqida Sh.M.Mirziyoyev ―Har qaysi davlat, har qaysi xalq intellektual salohiyati, yuksak ma‘naviyati bilan qudratlidir‖-degan edi[2.]. Mohiyatdan ma‘naviyat ko‗p qirrali tushuncha bo‗lib, u inson faoliyatining barcha qirralarini, uning yaqqol ko‗zga tashlanuvchi zoxiriy va yashirin, ichki ruhiy- botiniy tomonlarini ham qamrab oladi. Bunga sabab ―Ma‘naviyat‖ tushunchasi keng ma‘noda jamiyat hayotidagi g‗oyaviy, mafkuraviy, ma‘rifiy, madaniy, diniy va axloqiy qarashlarni o‗zida to‗la mujassam etgan ijtimoiy-ma‘naviy hodisa ekanligidir. Demak, ma‘naviyat, ma‘rifat va madaniyat tushunchalari o‗zaro bir-biri bilan uzviy tarzda insonga xos eng ezgu xislatlarni shakllantirishga xizmat qiladi. TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON 143 Madaniyat-jamiyat, inson ijodiy kuch va qobiliyatlari tarixiy taraqqiyotining muayyan darajasi. Kishilar hayoti va faoliyatining turli ko‗rinishlarida, shuningdek, ular yaratadigan moddiy va ma‘naviy boylik-larda ifodalanadi. ―Madaniyat‖- atamasi tor ma‘noda kishilarning faqat ma‘naviy hayoti sohasiga nisbatan ham ishlatiladi. Yevropada ―Madaniyat‖ deyilganda dastlab insonning tabiatga ko‗rsatadigan maqsadga muvofiq ta‘siri, shuningdek, insonga ta‘lim-tarbiya berish tushunilgan (lot. cultura - yerni ishlash, parvarishlash; ruschadagi ―kultura‖ so‗zi ham shundan olingan)[3.]. Ma‘naviyat har doim ma‘rifat bilan ya‘ni bilim bilan uyg‗un holda rivojlanib boradi. Har ikkalasining uyg‗unligiga erisha olsakkina yoshlarimizning ma‘naviy barkamol, iymon-e‘tiqodli, vatanparvar, insonparvar, vijdonli, diyonatli, or-nomusli, halol va pok insonlar bo‗lib tarbiya topishlariga erisha olamiz. Bu haqda Abu Hamid Muhammad G‗azzoliy quyidagi fikrlarni bildirgan edi: Gumroh kishilar ―Ilm bo‗lgach, amalga hojat yo‗q qablida fikr qiladilar. Bunday fikrlar ilmning o‗zi bilan kifoyalanib, shariatni inkor etuvchilar e‘tiqodi bo‗lib, ular uchun ilm hosil bo‗lsa-yu, amal bo‗lmasa. Bu kabi ilmdan foyda yo‗qligini bilishmaydi. Holbuki o‗qib o‗rgangan ilmga amal qilmagan kishining qiyomat kunidagi azobi ikki hissadir‖[4.]. Ma‘naviy, ma‘rifiy va madaniy qashshoqlik bilan hech bir millat, u yashayotgan mamlakat hech qachon iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotning yuksak cho‗qqilariga erisha olmaydi. Ma‘naviyat, ma‘rifat va madaniyatni egallash masalasiga yondashuvga hadislarda aytilgan ―Bu dunyoni deb u dunyoni, oxiratni deb bu dunyoni unitmang‖ degan mazmundagi naqlini hech qachon esdan chiqarmasligimiz zarur. Chunki tarix va hayot tajribasi dunyoviy va diniy qadriyatlar, ilmma‘rifat doimo bir-birini to‗ldirib, boyitib kelganligi shu asosda kishilar ma‘naviy kamolot cho‗qqilariga erishganligidan dalolat beradi. Ma‘naviyat, ma‘rifat va madaniyatni har doim ma‘rifat bilan ya‘ni bilim bilan uyg‗un holda rivojlanib boradi. Har uchalasining uyg‗unligiga erisha olsakkina yoshlarimizning ma‘naviy barkamol, iymon-e‘tiqodli, vatanparvar, insonparvar, vijdonli, diyonatli, or-nomusli, halol va pok insonlar bo‗lib tarbiya topishlariga erisha olamiz. Shuningdek, milliy madaniyat, urf-odat, an‘analarni saqlash va ularning umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg‗unlashtirish sari jadal odimlash, iqtisodiy-ijtimoy jihatdan taraqqiy etish, yer yuzida istiqomat qilayotgan yetti milliarddan ziyod kishilarning umumiy istagidir. Insoniyat o‗tmishida ko‗plab bo‗hton, urushlar va haq-nohaq qon to‗kishlarga guvoh bo‗ldi. Aql-zakovat sohibi bo‗lgan inson oldida bugungi globallashuv davrida o‗tmish ajdodlardan meros bo‗lgan madaniy-ma‘naviy boyliklarni kelajak avlod uchun bus-butun saqlab qolish vazifasi ko‗ndalang turibdi. Biroq jahon, globallashuv davrida ro‗y berayotgan turli voqea, hodisa va jarayonlar tufayli o‗z tarixiy vatani, isteqomat qilayotgan yurtini tashlab chiqishga majbur bo‗lmoqda. Tinch va osoyishtalik ilinjida o‗zga yurt, hududlarni makon |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling