Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
Download 2.57 Mb. Pdf ko'rish
|
63d14b8c9d234 TDPU I.A 8-son 2021
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
203 Jangovarlik, asosan, harbiy xodimlarga xos fazilat deb hisoblanadi. Bu yondashuv aslida to‗g‗ri, tahdidga qarshi turish, uni zarur bo‗lsa, qurol yordamida bartaraf etish harbiylarga burch qilib yuklatilgan. Tahdidlar, ayniqsa tashqi tahdidlar o‗zining beshafqatliligi, yovuzligi, tinch aholini o‗ziga qaram etishga qaratilganligi bilan ajralib turadi. Bu tahdidni harbiy qurol kuchisiz to‗xtatib bo‗lmaydi. Harbiy xodimlardagi jangovarlik shunday tahdidlarni bartaraf etishga qaratiladi. Biroq jangovarlik harbiy xatti-harakat emas, u harbiy bilim, jang olib borish taktikasidan xabardorlik, qurollarga oid bilimlarga ega bo‗lish, yon-atroflarni, jo‗g‗rofiy muhitni o‗rganish, unda bemalol harakat qilish uchun zarur ma‘lumotlardan foydalanish kabilardan ham iboratdir. Dushman harbiy rejasidan xabardorlik, unda qo‗rquv va ikkilanishni uyg‗otish, unga kutilmaganda zarba berish hiylasidan foydalanish ham o‗sha bilimlar qatoriga kiradi. Jangovarlik harbiy qurol dushmanini bilish, yengish haqidagi bilimlar majmuasiga tayanadigan fazilatdir. Shuning uchun ham harbiy xodim professiogarammasida mazkur bilimlar majmuasi, ya‘ni kadrlarni harbiy qurol, dushmanni bilish, yengish san‘atiga o‗rgatish muhim o‗rin tutadi. Sharqda, ayniqsa, Xitoyda bu majmua ―strategema‖ deb ataladi. ―Kimda kim dushman ustidan g‗olib kelmoqchi bo‗lsa, u to‗g‗ridan to‗g‗ri jang olib boradi, ham manyovr, ham qurol qo‗llaydi,‖- deyiladi qadimgi Xitoy manbalarida. Manyovr dushmanni, bilish va yengish san‘atini anglatadi. ―Mardlik‖ etikaga oid tushuncha bo‗lib, uning negizida tahdidga qarshi chiqish, ikkilanmasdan, hatto o‗z hayotini xavf ostiga qo‗yib bo‗lsa-da, xavf-xatarni, hujumni, yovuzlik va zo‗ravonlikni to‗xtatishga qaratilgan dadil xatti-harakat yotadi. Mardlik shaxs qalbida, ongida shakllangan hayotiy pozisiya, barqaror qadriyatga aylangan ideal, yashash va fikrlash tarzi ifodasidir. Hech kim mard, jasur, botir bulib tug‗ilmaydi, bu fazilatlar ijtimoiy-tarbiyaviy ta‘sirlar mahsuli hisoblanadi. Shuning uchun, harbiy xodimlar mardlikni shakllantirish kadrlar tayorlashdagi asosiy vazifalar qatoriga kiradi. Mardlik – oliyjanob, axloqiy fazilat. U mudom alturizmni, ya‘ni boshqalarni xavf-xatardan xalos qilish, ular hayotini, tinch-osoyishta yashashni asrashga qaratiladi. Undagi mazkur fidoyilik boshqa fazilatlarning ahamiyatini pasaytirmaydi, balki ularning yig‗ma mohiyati, kvintessensiya sifatida keladi. Mardlik har onda, har bir harakatda sodir etiladigan fazilat emas, u mudom ochiq, alturistik harakatda urunish beradi. Tadqiqotning metodologik asosi. Mardlik fenomenning sinonimi sifatida ham qo‗llaniladi. Maxsus tadqiqotlar ko‗rsatadiki, qahramonlik – noyob hodisa. Ammo uni kundalik hayotda ham namoyon etish mumkin. Masalan, harbiy xodimlarning kundalik hayoti va faoliyati (chegara xizmatchilarini eslang) mardlik va alturistik xususiyatga ega. O‗rganilgan auditoriyaning fikriga ko‗ra, mardlik va qahramonlikni asosan harbiy sohada (79%) va ichki ishlarda (54%) ko‗rsatish mumkin. Demak, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling