Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
Download 2.57 Mb. Pdf ko'rish
|
63d14b8c9d234 TDPU I.A 8-son 2021
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
204 ijtimoiy fikrda harbiylar faoliyatini mardlik va qahramonlik bilan bog‗lash an‘anasi shakllangan. Harbiy xodimlar professiogrammasida maxsus o‗rganishni taqozo etadigan mavzu. Bu borada ma‘lum bir qarashlar, fikrlar uchrasada, u hali ilmiy eksperimental asoslangan emas. U yoki bu sohadagi taxminiy – nazariy qarashlarni harbiy xodimlar professiogrammasiga ko‗chirish har doim ham to‗g‗ri xulosa chiqarishga olib kelavermaydi. Milliy harbiy doktrinamiz o‗zbek harbiy kadrlarning professiogrammasini maxsus tadqiq etishni, uning o‗ziga xos mental va kasbkor xususiyatlarini aniqlashni talab qiladi. Bizning fikrimizcha, harbiy xodimlar professiogrammasi quyidagi yo‗nalishlarda tadqiq qilsa, zarur, obyektiv holat aniqlanadi: - maxsus bilimlar; - maxsus tayyorgarlik – ko‗nikmalar; - umumnazariy bilimlar; - g‗oyaviy – ma‘naviy bilimlar - ijtimoiy – axloqiy fazilatlar; Mazkur yo‗nalishlarning har biri yana kichik yo‗nalishlarga bo‗linadi. Masalan, maxsus bilimlarga harbiy ishlar tarixi va nazariyasi, harbiy psixologiya va pedagogika, harbiy sosologiya, harbiy geografiya, harbiy taktika, harbiy informatika kabi fan sohalari va nazariyalar kirishi mumkin. Ushbu kichik yo‗nalishlar umumiy fan - harbiy ish nazariyasi va tarixini to‗ldirishga, boyitishga yo‗naltiriladi. Bo‗lg‗usi harbiy kadrlar yuqoridagi fanlar sohalari va nazariyalari orqali o‗zida maxsus bilimlarni shakllantiradilar. Jangovarlik va mardlik harbiy xodimlarda vatanga, el- yurt osoyishtaligini ta‘minlashga, mustaqillikni asrashga, xizmat qilish fazilatlari mohiyatan vatanga sadoqat belgisi, tinch va osoyishta yashayotgan, yaratuvchilik bilan shug‗ullanayotgan xalq, millatga xizmat qilish ramzidir. Shuning uchun, jangovarlik va mardlik harbiy xodimlar professiogrammasida markaziy o‗rinda turuvchi, kadrlar kasbiy mahoratini belgilovchi fazilatlardir. Mustaqillikning dastlabki yillarida mahalliy harbiy kadrlar harbiy xizmatchilar umumiy sonining 0,6 foizini tashkil etardi, xolos. Ofiser kadrlar tayyorlash uchta harbiy bilim yurtida va uchta harbiy sohada tayyorlangan. Respublikamiz prezidenti va oliy bosh qo‗mondoni sh.m.mirziyoyev ta‘kidlaganidek, qisqa davr ichida o‗zbekistonda ―harbiy kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish tizimi prinsipial jihatdan mutlaqo yangi asosga o‗tkazildi‖. 1995- yili qurolli kuchlar akademiyasi, 2001-yilda serjantlar tayyorlash maktablari, 2017- yilda milliy gvardiya harbiy texnika instituti tashkil etildi. Sh.m.mirziyoyev ta‘kidlaganidek ―bugungi kunda milliy armiyamiz ming-minglab o‗g‗lonlarimiz uchun chinakam mardlik, fidoyilik, haqiqiy vatanparvarlik maktabiga aylangani, hech shubhasiz shu yo‗lda erishgan eng katta yutug‗imizdir. Bu haqiqatni yurtimizdagi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling