Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


Download 2.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet206/238
Sana12.10.2023
Hajmi2.57 Mb.
#1699470
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   238
Bog'liq
63d14b8c9d234 TDPU I.A 8-son 2021

Ключевые 
слова: 
будущий 
учитель 
английского 
языка, 
социолингвистическая 
компетентность, 
самостоятельное 
обучение, 
педагогические условия, педагогические принципы, педагогические факторы, 
учебные пособия. 
Ma‘lumki, so‗nggi o‗n yillikda xorijiy tillarni o‗rganish, o‗qitish va 
baholashga 
qo‗yilgan 
malaka 
talablari 
ijtimoiy-siyosiy 
omillar 
tufayli 
takomillashtirilmoqda. Yangi tendensiyalarning paydo bo‗lishi natijasida chet tili 
didaktikasida kommunikativ burilish, ya‘ni chet tilini o‗qitishda kommunikativ 
kompetensiya tushunchasi asosiy konsepsiyaga aylandi va natijada o‗qituvchining 
roli bilimlar vositachisi sifatida emas, aksincha u yordamchi, (fasilitator, instruktor, 
mentor) sherik va maslahatchiga aylandi. Kommunikativ yondashuvga asoslangan 
chet tilini o‗qitish shaxsga (talabaga) yo‗naltirilgan (learner-centered) til 
kompetensiyalarini egallashga mo‗ljallangan integrativ yondashuv asosida tashkil 
etiladi va bu jarayonda talaba axborot sohibi (kognizant) maqomida nutqiy va 


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON 
207 
madaniy malakalari (kompetensiyalar)ni auditoriya va auditoriyadan tashqarida 
egallagan bilim, ko‗nikmalarini kengaytiradi hamda mustahkamlaydi. ―Bu yondashuv 
g‗arb lingvodidaktikasida madaniyatlararo yondashuv nomi bilan yuritilib, 
kognitologiya, konseptologiya, lingvokulturologiya va boshqa zamonaviy fanlarning 
so‗nggi yutuqlari asosida mazkur metodik nazariya shakllangan bo‗lib, keng 
ko‗lamda amaliyotda joriy etilmoqda‖[7:40-41]. 
Bir 
jumla 
bilan 
ifodalaganda, 
chet 
tili 
va 
madaniyat 
yaxlit 
(integratsiyalashgan) holda o‗rgatilmoqda. Mazkur metodik qoida doirasida chet til 
o‗qitish maqsadi va mazmuni belgilanadi. ―Chet tili o‗qitish maqsadi: amaliy 
(practical goal), madaniy (cultural goal), ta‘limiy/tarbiyaviy (educational goal) va 
rivojlantiruvchi (developmental goal) to‗rtta maqsadlarni amalga oshiradi‖[3; 21-29]. 
Amaliy va madaniy maqsad doirasida talabalarning lisoniy dunyoqarashini va 
kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish, ularning dunyo haqidagi bilimlarini 
tili o‗rganilayotgan xalqlarning hayoti, urf-odatlari va an‘analari bilan tanishish, 
ularning ijodiy, mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish, real va pedagogik 
muloqot jarayonda talabaning o‗ziga va boshqalarga nisbatan ijodiy va tanqidiy 
munosabatini, turli xarakter, qarashlar, e‘tiqodlar, axloqiy-estetik va hissiy tajriba, 
motivatsiya, hamkorlik qilish va ijtimoiylashish istagini rivojlantirish; madaniy 
an‘analarni saqlash, hurmat qilish, turli madaniyatlarni taqqoslash kabi bilim, 
ko‗nikma va malakalarini rivojlantirishni nazarda tutadi.
Ingliz tilini o‗rganishning ta‘limiy/tarbiyaviy maqsadi talabalarning xotirasini, 
mantiqiy tafakkurini, mustaqil ishlash ko‗nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi. 
Rivojlantiruvchi maqsad (G. V. Rogova va I. N. Vereshagina tomonidan kiritilgan) 
esa talabalarda ijodkorlik, aqliy va intellektual, xotirani yaxshilash, oldindan sezish, 
bashorat qilish, taxmin qilish qobiliyatlarni, mantiqiy tafakkur, tashabbuskorlik kabi 
qobiliyatlarini rivojlantirishni nazarda tutadi[4: 34-37]. 
Demak, ingliz tilini o‗qitishning amaliy, madaniy, ta‘limiy/tarbiyaviy va 
rivojlantiruvchi maqsadlari bir-biri bilan uzviy bog‗liq bo‗lib, mazkur maqsadlarni 
chet tili o‗qitish tizimida muvaffaqiyatli amalga oshirishda chet tili o‗qituvchilari 
kommunikativ kompetensiyalarga (linvistik, sotsiolingvistik, pragmatik va strategik) 
va zarur kasbiy bilim, ko‗nikma va malakalarga ega bo‗lishlari vazifalarini qo‗yadi. 
Bo‗lajak ingliz tili o‗qituvchilarining kommunikativ kompetensiyasi o‗ziga 
xos pedagogik shart-sharoitlarni o‗z ichiga oladi. O‗qituvchining kommunikativ 
kompetensiyasi talabalar, pedagogik jamoa, keng jamoatchilik, atrof-muhit bilan 
bo‗ladigan uzluksiz munosabatlarda namoyon bo‗ladi. ―Madaniyatlararo yondashuv 
sharoitida kommunikativ kompetensiya bir qator kompetensiyalarni birlashtirgan 
murakkab polimorfik tushuncha sifatida qaraladi. ‖[5: 48] Ya‘ni uning lingvistik 
kompetensiyalari: nuqtayi nazar va qarashlarni ifodalovchi so‗z va iboralarni to‗g‗ri 
qo‗llash, muloqotni mazmunini tushunish, shaxslararo muloqot va suhbatlar, 
ommaviy munozaralar va rasmiy muhokamalarda o‗z mutaxassislik sohasiga oid 
bo‗lmagan mavhum va murakkab mavzulardagi muloqotlarda konkret yoki mavhum 
mavzular bo‗yicha o‗z mulohazasini bildirish va uni asoslay olish, o‗z fikrini 



Download 2.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling