Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
Download 2.57 Mb. Pdf ko'rish
|
63d14b8c9d234 TDPU I.A 8-son 2021
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
210 rejalashtirilgan ko‗rsatmalar talabalarning ijtimoiy-lingvistik, ijtimoiy-pragmatik va amaliy bilim va ko‗nikmalarini rivojlanishiga olib keladigan eng muhim omil hisoblanadi.‖[1: 132-148-b.]. Ikkinchidan, mustaqil ta‘lim jarayonida barcha til hodisalari kontekstda o‗qitilishini ta‘minlash zarurligini ko‗rsatadi. ―Sotsiopragmatik nuqtayi nazardan, hech qanday so‗z yoki jumla hech qanday ma‘noga ega bo‗la olmaydi. ―Men hozir shu yerdaman‖ jumlasi har bir vaziyatda o‗ziga xos kontekstli ma‘noga ega. Agar do‗stingiz Nyu York shahridagi Markaziy Grand bekatidan qo‗ng‗iroq qilib, ―men hozir shu yerdaman‖ degan xabar bersa, telefon tarmog‗idagi tinglovchi bu yerda va hozir nimani anglatishini oldindan kelishib olgan bo‗lishlari kerakligini anglatadi‖[8: 353-b.]. Uchinchidan, bo‗lajak ingliz tili o‗qituvchilarining sotsiolingvistik kompetentligini mustaqil ta‘lim jarayonida rivojlantirishning yana bir o‗ziga xos bo‗lgan prinsipi shuni ko‗rsatadiki, talabalar inson hayotining turli sohalaridagi turli xil ijtimoiy o‗zaro ta‘sirlarda foydalanishi mumkin bo‗lgan linvistik, sotsiolingvistik va pragmatik kompetensiyalarga oid bilim, ko‗nikma va malakalarini rivojlantirish zaruratini o‗z ichiga oladi. Ya‘ni, talaba dunyo haqida qanchalik ko‗p bilsa, madaniyatlararo muloqot jarayonida paydo bo‗ladigan signallarni to‗g‗ri boshqara oladi. Yuqorida sanab o‗tilgan pedagogik tamoyillar bilan chambarchas bog‗liq bo‗lgan prinsip bo‗lajak ingliz tili o‗qituvchilarining oldindan taxmin qilish qobiliyatiga taalluqli bo‗lib, ―oldindan taxmin qilish - bu ko‗rinmas ma‘lumotlarning bir qismi sifatida namoyon bo‗lib, taxminning shaffof bo‗lishi quyidagicha ifodalanadi: so‗zlovchi yig‗inda baham ko‗riladigan taomga quyidagicha baho beradi: ―Kim bu dahshatli (awful lasagna) lazanyani olib keldi?‖ Ushbu jumla tinglovchining makaron taomini bemaza deb o‗ylashi, so‗zlovchining tinglovchi bilan hazillashishi va bazmda boshqa kishiga makaron ta‘mi yoqmaganligi haqidagi taxminlarni ko‗rsatadi. So‗zlashuvchi mazkur jarayonda tinglovchining oldindan aytib bo‗lmaydigan taxminlarni xulosa qilishiga ishonadi‖ [8; 353-b.]. Shuningdek, mazkur pedagogik tamoyillar qatoriga yana bir pedagogik tamoyilni ―xabardorlikni oshirish‖ (awareness building) ni kiritish mumkin. Ta‘lim va tarbiya jarayonida bo‗lajak ingliz tili o‗qituvchilarining lingvistik, sotsiolingvistik va pragmatik kompetensiyalarini muloqotdagi o‗rni to‗g‗risida xabardor bo‗lishi ularni kommunikativ kompetentli chet tili o‗qituvchilar sifatida tayyorlash yo‗lidagi muhim qadam hisoblanadi. Mazkur jarayonda talabalar chet tiliga va madaniyatiga oid tafovutlarni kognitiv tuzatish, ona tili va chet tillaridagi xatti-harakatlarni solishtirish orqali o‗rganadilar. Tadqiqotlar shuni ko‗rsatadiki, bo‗lajak ingliz tili o‗qituvchilarining sotsiolingvistik kompetentligini mustaqil ta‘lim jarayonida faol rivojlantirishga oid puhta ko‗rsatmalarni takomillashtirish, buning uchun o‗qituvchi tomonidan maxsus ko‗rsatmalar asosida talabalarning lingvistik, ijtimoiy lingvistik va pragmatik kompetensiyalarni rivojlantirishga yo‗naltirilgan o‗quv materiallarini izlab topish, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling