Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON


Download 2.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet208/238
Sana12.10.2023
Hajmi2.57 Mb.
#1699470
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   238
Bog'liq
63d14b8c9d234 TDPU I.A 8-son 2021

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON 
209 
DTS va kredit modul tizimiga asosan mustaqil ta‘lim bo‗lajak o‗qituvchilari 
ta‘lim jarayonining eng zarur ajiralmas komponenti bo‗lib, auditoriya va 
auditoriyadan tashqari mustaqil ta‘lim jarayonida egallagan bilimlarini 
mustahkamlash, o‗z navbatida, bu bilimlar mazmunini anglash va kengaytirish, 
ijtimoiy-madaniy va kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish va rivojlantirish, ularni 
aqliy va jismoniy faoliyatga aylantirishga yo‗naltiriladi.
Mustaqil ta‘lim jarayonida bo‗lajak ingliz tili o‗qituvchisining sotsiolingvistik 
kompetensiyalarini rivojlantirishida bir qator pedagogok omillar o‗zining ta‘sirini 
ko‗rsatadi, shu jumladan, fan o‗qituvchisining mentor, fasilitator vazifasida 
talabalarning mustaqil ta‘lim jarayonini monitoring qilishi, ijtimoiy-ma‘naviy muhit 
(talaba darsdan tashqari qo‗shimcha to‗garak mashg‗ulotlari, klublar va ijtimoy-ijodiy 
guruhlarda o‗zining bilim, ko‗nikma va malakalarini oshirishi bilan bir qatorda 
ijtimoiylashib, professor O. Bobrikova ta‘biri bilan aytganda, ―bo‗lajak chet tili 
o‗qituvchisining aksiologik (tolerantlik, chet tili madaniyatiga, an‘analarga, 
qadriyatlar tizimiga va jamiyat kishilariga nisbatan hurmat), lingvistik va madaniy 
(chet tili jamiyatining ijtimoiy-madaniy voqeligini aks ettiruvchi bilimlardan diskurs 
tarzda foydalana olish va madaniyatlararo muloqotga tayyorlik), lingvistik (nutq 
odobiga va dialektlar va sotsiolektlar, ijtimoiy etiket qoidalaridan xabardorlik), uning 
vaziyatli-xulq-atvori 
(imo-ishoralar, 
yuz 
ifodalari, 
noverbal 
vositalardan 
kommunikativ maqsadlarda to‗g‗ri foydalanish, muloqot holati va suhbatdoshning 
ijtimoiy roli va holatini tushunish qobiliyati) va motivatsion baholash (ularning nutq 
xatti-harakatlarini nazorat qilish, tahlil qilish va baholash qobiliyati) qobiliyatlari 
rivojlanib boradi‖[2: 155-159-b.]. 
Yuqorida ta‘kidlaganimizdek, chet tillarni o‗qitishda madaniyatlararo 
yondashuvga (chet tilni madaniyat bilan integrallashgan holda, tilni sotsial 
vaziyatlarda munosib ishlatishni o‗qitish) asoslangan ta‘lim jamiyat o‗zgarishi 
natijasida paydo bo‗ladigan tarbiyaviy zarurat hisoblanadi. Demak, chet tillarni 
o‗qitishda madaniyatlararo yondashuvga asoslangan ta‘limning umumiy maqsadi 
madaniy xilma-xillik, umumiy ochiqlik va bag‗rikenlik, tolerantlik, madaniyatlararo 
kompetensiyalarni rivojlantirish, boshqa madaniyat vakillariga nisbatan ijobiy 
munosabatda bo‗lishni taqozo etadi. 
Mazkur jarayonda bo‗lajak ingliz tili o‗qituvchilarining sotsiolingvistik 
kompetentligini mustaqil ta‘lim jarayonida faol rivojlantirish muhimligini 
ko‗rsatadigan bir qator o‗ziga xos quyidagi pedagogik tamoyillarga amal qilishni 
taqozo etadi. 
Birinchidan, mustaqil ta‘lim jarayonida talabalarning kommunikativ 
kompetensiyalarining tarkibiy qismlari: lingvistik, sotsiolingvistik va pragmatik 
kompetensiyalarni integrallashgan holda rivojlantirishga qaratilgan mustaqil ta‘lim 
mazmunini muntazam ravishda takomillashtirish, ya‘ni, mustaqil ta‘lim 
mashg‗ulotlarini nazariya bilan amaliyotning aloqadorligi, til muhitining mavjudligi, 
ilmiy asoslangan, hayotiy, ishonchli, lingvistik, ijtimoiy-madaniy, pragmatik 
ahamiyatga ega bo‗lgan autentik o‗quv ma‘lumotlaridan foydalanish, ―aniq va puxta 



Download 2.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling