Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
Download 2.57 Mb. Pdf ko'rish
|
63d14b8c9d234 TDPU I.A 8-son 2021
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
212 amaliy mashg‗ulotlar bo‗yicha ko‗rsatma va tavsiyalar, mustaqil ta‘lim va mustaqil ishlar bo‗yicha ko‗rsatma va tavsiyalar, fan o‗qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar), ta‘lim texnologiyalari va metodlari (interfaol keys-stadilar; seminarlar (mantiqiy fiklash, tezkor savol-javoblar); guruhlarda ishlash; taqdimotlarni qilish; individual loyihalar; jamoa bo‗lib ishlash va himoya qilish uchun loyihalar); kreditlarni olish uchun talablar; asosiy va qo‗shimcha adabiyotlar ro‗yxatidan tashkil topadi. Auditoriyada o‗qituvchi-talaba hamkorligida olib boriladigan mustaqil ishlar fan o‗qituvchisining ishchi-o‗quv rejasida ko‗rsatilgan mavzular doirasida ta‘lim texnologiyalari va metodlaridan samarali foydalangan holda talabalarning sotsiolingvistik kompetensiyalarini shakllantirishga qaratiladi. Auditoriyadan tashqarida o‗qituvchi tomonidan nazorat (monitoring) qilinadigan mustaqil ish mavzulari fan o‗qituvchisi va talabalar tomonidan ishlab chiqilib, mustaqil ta‘lim mavzulari talabalarni mustaqil bilim olishlariga ongli ravishda yo‗naltirilgan bo‗ladi. Shuningdek, kafedra mutaxassislari tomonidan har bir mavzu bo‗yicha talabaning mustaqil o‗qib o‗rganishiga doir vazifa va topshiriqlar ishlab chiqilib, ularni bajarish uchun aniq ko‗rsatmalar misollar yordamida beriladi. Chet tilini o‗rganish jarayonida talabalardan interfaol usullar, elektron ta‘lim vositalaridan keng va samarali foydalanib mustaqil ta‘lim olishga rag‗batlantiriladi. Talabalardan fan bo‗yicha mustaqil o‗rgangan bilimlarini auditoriyada turli xil interaktiv uslublar va elektron o‗quv vositalari orqali namoyish qila olishlari va boshqalarga o‗rgata olishlarini taqozo etadi. Mazkur ta‘lim tizimi negizida bo‗lajak ingliz tili o‗qituvchilarining sotsiolingvistik kompetensiyalarini mustaqil ta‘lim vositasida rivojlantirish jarayonida: - bo‗lajak ingliz tili o‗qituvchisi mustaqil o‗z ustida ishlash ko‗nikmalarini rivojlantirishi qatorida o‗z-o‗zini tarbiyalab, avtonomiyasini rivojlantiradi; - axborot kommunikatsiya texnologiyalari, elektron o‗quv vositalari va ijtimoiy tarmoqlardan unumli foydalanishga ishtiyoqi shakllanadi va ehtiyoji ortib boradi; - tanlagan kasbi va mutaxassislik fanlarini o‗zlashtirishga nisbatan qiziqishi va ehtiyoji ortib boradi; - turli ijtimoiy-madaniy munosabatlarda yaxshi tinglovchi/tinglash ko‗nikmalari, nutq odobi, ijtimoiy etiketga qoidalaridan xabardorligi oshadi; -kommunikativ maqsadlarni amalga oshirishga qaratilgan og‗zaki va yozma nutqdan samarali foydalanish qobiliyatlarini rivojlantiradi; -turli ijtimoiy-madaniy munosabatlarda o‗zining aksiologik (tolerantlik, chet tili madaniyatiga, an‘ana va qadriyatlarga, kishilariga nisbatan hurmat) tafakkuri rivojlanadi; |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling