Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
Download 2.57 Mb. Pdf ko'rish
|
63d14b8c9d234 TDPU I.A 8-son 2021
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
30 Bu bosqichda o ‗ qituvchi xohlasa ma‘ruza shaklida ma‘lumotlarni bayon qilib berishi ham mumkin. Talaba ―hozirgi‖ bosqichga tayyor bo‗lishi uchun u oldingi darsning materialini to ‗ liq o ‗ zlashtirgan bo ‗ lishi mumkin. Dars yakunida materiallar testlar, savollar va amaliy masalalar yordamida mustahkamlanadi. “Dastlabki” bosqichda talaba o‗qituvchi yoki boshqa talabalar bilan birgalikda muloqotga, darsga tayyorlanadi. Buning uchun o‗qituvchi albatta biror topshiriq berishi zarur. Shunday qilinsa dars vaqtida ortiqcha takrorlanishlar bo ‗ lmaydi va dars samarali bo ‗ ladi. Shunda talabalar dars vaqtida faqat ma‘lumot olibgina qolmasdan, murakkab masalalarni yaxshi tushunib oladi. “Keyingi” bosqichda i bevosita muloqot qilinadi (seminar, forum va h.k.). Bu jarayonda o ‗ qituvchi talaba dars materialini mustahkamlaydi (test, uy ishi va h.k.). O ‗ qituvchi avval talabalarning savollariga javob beradi va keyin bajarilgan ishlarga izoh beradi. Bunda u talabalarni keying mavzuga qiziqtirib yo ‗ naltiradi. Shunday qilib, bu bosqichlar har bir darsda takrorlanadi. Talabalar shunday yo ‗ l bilan ortiqcha muhokamalarga, keraksiz va oldindan ma‘lum materiallarni takror tinglashga vaqtlarini ketkazmasdan darslarda amaliy ish, muloqot, loyihalarni ishlash uchun ko ‗ proq vaqt to‗plashadi. Ma‘lumotni ajrata bilish, mustaqil ishlash, nazariy bilimlarni amalda qo ‗ llay olish kabi ko ‗ nikmalarni orttirishadi[6]. Hozirgi kunda blended learning (aralash ta‘lim, an‘anaviy va elektron ta‘lim) texnologiyasi rivojlanmoqda, natijada o‗quv materialining bir qismi elektron kurs shaklida, qolgani esa, auditoriyadagi mashg‗ulot shaklida amalga oshirilishi mumkin. Bunday ta‘lim talabalardan o‗z o‗quv jarayonini boshqarishni, yuqori darajada tashkilotchilikni, ma‘lum qobiliyatlarni, uquvlarni, ta‘lim olish jarayoni natijalarini baholashni talab etadi. Bundan tashqari, talaba o‗quv materialini o‗zlashtirish uchun uni mustaqil ravishda umumlashtirishi, bajarilgan o‗quv ishlari va topshiriqlarni bajarishdagi faoliyatini tahlil qilishi va baholashi kerak. Shunday qilib, talaba o‗qituvchi bilan birga nazorat ishlarini bajarishga qay darajada tayyor ekanligini mustaqil baholashi lozim. Download 2.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling