Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON


Download 2.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/238
Sana12.10.2023
Hajmi2.57 Mb.
#1699470
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   238
Bog'liq
63d14b8c9d234 TDPU I.A 8-son 2021

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON 
55 
ijtimoiy, boshqaruv, axborot-muloqot kompetensiyalari shakllanishiga 
imkon beruvchi fanlararo o‗quv fanlarini o‗rganish amaliyoti deyarli mavjud 
emasligi; 
– oliy ta‘limning o‗quv dasturlarida nafaqat matematika o‗qituvchilari va 
boshqa sohadagi mutaxassislarni kasbga tayyorlashning integrativ jihatlariga 
yetarlicha 
e‘tibor 
qaratilmayotganligi 
nazariy 
tayyorgarlik 
qanchalik 
chuqurlashtirilmasin, unga qanchalar ko‗p o‗quv soatlari va fanlar ajratilmasin, uning 
o‗zi kelgusi pedagogik faoliyatning ilmiy asosi bo‗la olmaydi. Bunga to‗sqinlik 
qiluvchi omil, N. V. Amokova ta‘kidlaganidek, birinchi navbatda, ―elementlar 
bo‗yicha fikrlash‖ bo‗lib, u fikr erkinligiga, ijodiy izlanishga, erkin improvizatsiyaga, 
tarbiyalanuvchilar bilan muloqot amaliyotida shaxsning butun salohiyati namoyon 
bo‗lishiga imkon bermaydi. Bu borada boshlang‗ich sinf matematika o‗qituvchilarini 
tayyorlashda ilmiy izlanish olib borgan, o‗z tadqiqot ishida matematika 
o‗qituvchilarini tayyorlash yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqqan 
M.Toshpo‗latovaning nomzodlik dissertatsiya ishida ham ko‗rishimiz mumkin. 
Yuqorida keltirib o‗tilgan muammoli holatlar pedagog-xodimlarni 
tayyorlashning ekstensiv tizimiga taalluqli bo‗lib, bunda uning kasb faoliyatini 
takomillashtirish yo‗lidagi barcha urinishlar faqatgina miqdoriy parametrlarning 
o‗zgarishi sifatida ko‗rib chiqiladi. Ushbu an‘anaviy tizimni o‗zgartirmasdan turib, 
o‗qituvchilar tayyorlashni tubdan o‗zgartirish mumkin emas bugungi kunda o‗z 
isbotini ko‗rsatmoqda. 
An‘anaviy o‗qitish metodikasi asosida ta‘lim olayotgan talaba 
mashg‗ulotlarda ko‗pincha eshitadi, ko‗radi, eslab qoladi, takrorlaydi, misol, masala 
va mashqlardan ishlab ko‗rsatilgan namunalar asosda boshqa turdagi misol va 
masalalarni ishlab egallagan nazariy bilimlarini amaliy jihatdan qo‗llab ko‗rgan holda 
o‗zining bilim, ko‗nikma va malakasini mustahkamlaydi. Ta‘lim jarayonida 
muammoli vaziyatni qo‗yish, faraz va uning yechimini ilgari surish, muammolarga 
yechim topishning optimal yo‗llarini izlab topish, aloqa va munosabatlar o‗rnatishiga 
deyarlito‗g‗rikelmaydi. Shuning uchun hamma tematika turkumida fanlarda 
o‗qitishda talabalarga o‗qitishning faol shakllari va metodlaridan mohirona 
foydalanish talab etiladi. Ayrim hollarda professor-o‗qituvchilarda bu sohada liderlik 
mahorati yetishmaydi yoki talaba-yoshlarning kumiridagi shakllangan shaxs sifatida 
namuna bo‗lolmaydi. 
Metodik tayyorgarlik amaliyotida allaqachon ishlab chiqilgan mazmunga ega 
turli harakatlar (tahlil, baholash, tarkiblash)ni bajarishga yo‗nalganlik sezilib turadi. 
Talabalarning kamdan-kam hollarda ta‘lim jarayonini mustaqil loyihalashiga yoki 
uning muayyan o‗quv vaziyatlari bilan bog‗liq tarkibiy qismlarini tuzishiga to‗g‗ri 
keladi. Bundan tashqari, hozirgi kunda nafaqat mazmun bilan ishlashga, balki 
amaliyotga qo‗llashga ko‗proq e‘tibor qaratilmoqda. 



Download 2.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling