Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
Download 2.57 Mb. Pdf ko'rish
|
63d14b8c9d234 TDPU I.A 8-son 2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
63 maqsadlari va vazifalari, huquqlari, majburiyatlari hamda javobgarligini, shuningdek, ularning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarning faoliyati jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari bo‗lgan bolalarning maktabgacha ta‘lim olishiga, shuningdek, ularni tarbiyalash va reabilitatsiya qilishga qaratilgan. Barcha mamlakatlarda hozirgi kunda inklyuziv ta‘lim tushunchasi ommalashmoqda. Buning provardida jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‗lgan bolalarni sog‗lom tengdoshlari bilan birgalikda ta‘lim olishi yotmoqda. Shu sababli 2020-yil 13-oktabr kuni PQ-4860 sonli ,,Alohida ta‘lim ehtiyojlari bo‗lgan bolalarga ta‘lim tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‘‘gi Prezident qarori imzolandi. Ushbu farmonga muvofiq O‗zbekistonda inklyuziv ta‘limning joriy holati va mavjud muammolari, inklyuziv ta‘lim tizimini rivojlantirishning maqsadlari va ustuvor yo‗nalishlari, konsepsiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar o‗z aksini topgan. Inklyuziv ta‘lim tizimini rivojlantirishning maqsadi - ta‘lim olish uchun teng imkoniyatni ta‘minlash va barcha bolalarning individual xususiyatlaridan, oldingi ta‘lim yutuqlaridan, tili, madaniyati, ota-onalarning ijtimoiy va iqtisodiy holatidan qat‘iy nazar ta‘limda muvaffaqiyatga erishishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishdir. Inklyuziv ta‘lim jarayonida o‗quvchilarda o‗qishga sog‗lom, kuchli va ta‘sirchan motivatsiyani shakllantirish hamda kasb tanlash, kasbiy o‗sishini mustaqil rejalashtirish, zamonaviy kasblarni egallash qobiliyatini rivojlantirish, inklyuziv ta‘lim dasturlari asosida zamonaviy darsliklar, o‗quv-uslubiy qo‗llanmalar, axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etgan holda multimedia ilovalarini yaratish kerak. Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, ta‘lim va tarbiya jaroyoniga bo‗lgan e‘tibor so‗nggi yilar mobaynida yana ham kuchaygan. Shunga muvofiq qonunlar, qarorlar, farmoyishlar qabul qilindi. Yosh avlodni ta‘lim-tarbiyalash, jismoniy va ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‗lgan bolalarni tarbiyalash juda murakkab jarayondir. Bunda defektologlardan yuksak mahorat, kuchli bilim, bolarga bo‗lgan muhabbat sifatlari shakllangan bo‗lishi zarur. Adabiyotlar 1. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat‘iy tartib – intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‗lishi kerak. O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2016-yil yakunlari va 2017-yil istiqbollariga bag‗ishlangan majlisdagi Ozbekiston Respublikasi Prezidentining nutqi. Xalq so‗zi gazetasi. 2017-yil 16-yanvar, № 11 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling