Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
Download 2.57 Mb. Pdf ko'rish
|
63d14b8c9d234 TDPU I.A 8-son 2021
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
66 yozuvchining tendensiyasi bir fikr hamda qarash bilan bilan cheklanmaydi, u ko‗p tarmoqli, hayot kabi keng bo‗ladi. U o‗z qarashlarini, insoniyatga asari orqali aytmoqchi, kishi ongiga singdirmoqchi bo‗lgan fikrlarini faqatgina voqelik orqali emas, balki jamiyatning eng qudratli va go‗zal mavjudoti bo‗lgan inson orqali beradi‖ [1, 19-b.]. Asosli qayd qilinganidek ijodkor qaysi mavzuda yoki qaysi davrni talqin etishidan qat‘iy nazar, inson qismati, uning xarakter qirralari orqali uning qiyofasini aks ettirish bilan bir qatorda davr muammolarini, inson botinidagi ziddiyatlari, ruhiy- ma‘naviy borlig‗ini ochib berishga intiladi. Iste‘dodli adib Asqad Muxtorning ―Insonga qulluq qiladurmen‖ hikoyasida tarixiy shaxslar qiyofasi, ularning ruhiy-ma‘naviy olami juda go‗zal talqin etilgan. Hikoyaning o‗ziga xosligi, unda tarixiy voqelik talqini ufurib turmasa-da, asar qahramonlarining botiniy olamiga singdirib yuborilganki, bu ham ijodkorning badiiy mahoratidan dalolat beradi. Yozuvchi talqinlariga e‘tibor qarataylik: ―Quyosh subh yoqasini chok etib, ko‗k maydonida jilva ko‗rguzgach, Sohibqiron Qur‘oni karimni lahv ustiga qo‗ydilar. Kun saraton burjida edi, shiddati beadad. O‗rda sahnida davlatpanohning oq chodirlari shukuh-u as‘asa ila charaqlab kunga yuz tutdi‖ [2, 1-bet]. Talqinlarga nazar tashlar ekanmiz, asar xronotop talqinidan boshlangan. Erta tongdagi vaqt kategoriyasi orqali o‗quvchni diqqatini jalb qilmoqda. Buning zamirida makon va zamonning hamohangligini kuzatamiz. Makon orqali tarixiy hayotni yoki uzoq o‗tmishni qalamga olish baraborida insonni, uning qiyofasini, davrning murakkab ziddiyatlarini talqin uchun asos qilib olgan: ―Shu mahal xirgohning ko‗rinishxona yo‗lagida soch- soqoli o‗siq, darveshona xirqa ustidan kumush fo‗ta bog‗lab, unga esa tug‗ro bezagi taqqan bir kimsa paydo bo‗lib, mangu ko‗zlarini yerdan olmay, shohona ostonaga qarab o‗taverdi. Chodirning davlatxona qanotida Sohibqironga ko‗rinish bermoq uchun muntazir o‗ltirgan kazo-kazo saltanat ustunlari, fuzalo-yu ulamo, sipohsolor-u no‗yonlar, xos-u ra‘iyatdan kelgan kalontar-u kadxudolar – biri hayratda, biri g‗azabda, noiloj qarab qoldilar‖ [2; 1-b.]. Sohibqiron Amir Temurdagi insoniy fazilatlar o‗z davridayoq tarixiy manbalarda asosli qayd etib qoldirilgan. Bu o‗rinda ham, ijodkor Amir Temurning o‗ziga xos fazilatini, insoniylik xususiyatiga ega bo‗lgan shaxslarni ajrata olishi, ular bilan muloqot qilishi, fikr almashishi bejiz emas edi. Ana shundagina xalqning hayoti, ularning turmush darajasi, insoniy fazilatlari, dushmanning maqsadini ham anglashga harakat qiladi. Natijada, haq va haqsizlikni, adolat va adolatsizlikni o‗z xayollarida anglashga harakat qiladi. Raiyatning turmushi, uning o‗ziga xos hayoti, ulardagi mavjud harakatlarning yuzaga chiqish sabablarini anglashga intilardi. Bu esa Amir Temurning hayotdagi o‗rnini, saltanatdagi mavqeyini mustahkamlashga xizmat qilar edi. Darvesh bilan Amir Temur uzoq suhbatlashdi, Iso alayhissalomning dunyoga kelishi, davr hukumdorlarining fojialari, qirg‗inlari haqidagi afsonaviy xarakterdagi hikoyatlarni |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling