Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
Download 2.57 Mb. Pdf ko'rish
|
63d14b8c9d234 TDPU I.A 8-son 2021
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
62 boshlang‗ich qismi hisoblanadi. U bolaning sog‗lom va rivojlangan shaxs bo‗lib shakllanishini ta‘minlab, o‗qishga bo‗lgan ishtiyoqini uyg‗otib, tizimli o‗qitishga tayyorlab boradi. 6-7 yoshgacha bo‗lgan maktabgacha ta‘lim davlat va nodavlat bolalar maktabgacha ta`lim muassasalarida va oilada amalga oshiriladi. Mamlakatimizda yosh avlodga ta‘lim-tarbiya ishini erta boshlash maqsadida 2017-yil 30-sentabrda PF-5198-sonli farmoni ijrosini ta‘minlash maqsdida ―O‗zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta‘lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‗g‗risida‖ PQ-3305 O‗zbekiston Respublikasining Qarori qabul qilindi . Bu qarorga binon Respublikamizda yangi vazirlik ―Maktabgacha ta‘lim vazirligi‖ tashkil topdi. Vazirlik tuzilmasiga Qoraqalpog‗iston Maktabgacha ta‘lim vazirligi, Toshkent shahar maktabgacha ta‘lim bosh boshqarmasi, viloyatlar maktabgacha ta‘lim boshqarmalari hamda ularning shahar va tuman bo‗limlari kiritildi. Farmonda qayd etilishicha, so‗nggi 20 yil davomida O‗zbekistonda davlat maktabgacha ta‘lim muassasalari soni 45 foizdan ziyodroqqa kamaydi, bolalarni maktabgacha ta‘limga qamrab olish esa bor-yo‗g‗i 30 foizga yaqinroqni tashkil etgan. Maktabgacha ta‘lim muassasalarining moddiy-texnik bazasi talablarga javob bermaydi, deyiladi farmonda. Amaldagi tizimda bolalarni maktabga tayyorlash bo‗yicha ishonchli ta‘lim modellari, ularni ijtimoiy, hissiy, nutqiy, matematik, jismoniy va ijodiy rivojlantirishni ko‗zda tutuvchi rivojlangan davlatlar tajribalariga asoslangan davlat dasturlari mavjud emas. Davlat MTMLarida aksariyat pedagogik kadrlar o‗rta maxsus ma‘lumotga ega bo‗lib, bu bolalarni maktab ta‘limini tayyorlashni yetarli darajada ta‘minlanmasligiga olib kelmoqda. Yangi vazirlikning asosiy vazifalari bosqichma-bosqich barcha bolalarni maktabgacha ta‘limga qamrab olish, mamlakatda o‗zaro raqobat qiluvchi davlat va nodavlat MTMlari tarmog‗ini yaratish, amaliyotga maktabgacha ta‘lim va bolalarni tarbiyalashning muqobil shakllarini joriy etishdan iborat. O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Maktabgacha ta‘lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖ 2018-yil 30-sentabrdagi PQ-3955-son qaroriga muvofiq, shuningdek, maktabgacha ta‘lim tizimini yanada takomillashtirish, sog‗lom, faol, to‗laqonli, jamiyatga moslashgan bola shaxsini shakllantirish, o‗sishida turli nuqsonlari bo‗lgan bolalarni, shuningdek reabilitatsiya qilish va sog‗lomlashtirishga muhtoj bolalarni o‗qitish, tarbiyalash va integratsiya qilish uchun qulay muhit yaratish maqsadida 2019-yil 13-mayda Vazirlar Mahkamasining ,,Maktabgacha ta‘lim faoliyatini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to‗g‗risda‘‘ qarori tasdiqlandi[4]. Ushbu qarorga muvofiq ―Ko‗p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta‘lim tashkilotlari va qo‗shma tipdagi maktabgacha ta‘lim tashkilotlari to‗g‗risida‖ nizom ishlab chiqldi. Ushbu Nizom ko‗p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta‘lim tashkilotlarining qo‗shma tipdagi maktabgacha ta‘lim tashkilotlarining |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling