Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
Download 2.57 Mb. Pdf ko'rish
|
63d14b8c9d234 TDPU I.A 8-son 2021
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
61 psixologik – pedagogik kamissiyaning xulosasiga binoan amalga oshiriladi‘‘ deya belgilab qo‗yilgan. Respublikamizda nogironligi bo‗lgan shaxslarning huquqlarini muhofaza qilish maqsadida 2020-yil 11-sentabrda O‗zbekiston Respublikasi senati tomonidan ―Nogironligi bo‗lgan shaxslarning huquqlari tog‗risida‖gi qonun m‘qullandi . Mazkur Qonunnig maqsadi nogironligi bo‗lgan shaxslarning huquqlarini ta‘minlash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir. Ushbu qonunda nogironligi bo‗lgan shaxslarning huquqlarini ta‘minlash sohasini tartibga solish, nogironligi bo‗lgan shaxslarning jamiyat va davlat hayotida to‗la huquqli tarzda ishtirok etishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, fuqaroni nogironligi bo‗lgan shaxs deb e‘tirof etish, nogironligi bo‗lgan shaxslarni reabilitatsiya va abilitatsiya qilish, nogironligi bo‗lgan shaxslarning sog‗lig‗ini saqlash va ularga ijtimoiy yordam ko‗rsatish, nogironligi bo‗lgan shaxslarning ta‘lim olishi, ushbu shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, nogironligi bo‗lgan shaxslarning mehnat qilishi va bandligi o‗z ifodasini topgan. Mamlakatimizda imkoniyati cheklangan shaxslarning turmush darajasini yaxshilash, ularga ko‗rsatilayotgan turli xizmat turlarini ko‗lamini oshirish, ta‘lim sifatini yanada oshirishga qaratilgan chora – tadbirlar tizimiga e‘tibor qaratilmoqda. ―2017-2021-yillarda O‗zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo‗nalishi bo‗yicha Harakatlar strategiyasi‖ ishlab chiqildi. Uning to‗rtinchi ustuvor yo‗nalishi ―ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‗nalishlari‖dir. Unga ko‗ra uzluksiz ta‘lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta‘lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish,maktabgacha ta‘lim muassasalari tarmog‗ini kengaytirish va ushbu muassasalarda bolalarning har tomonlama intellektual, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash, bolalarning maktabgacha ta‘lim bilan qamrab olinishini jiddiy oshirish va foydalanish imkoniyatlarini ta‘minlash, pedagog va mutaxassislarning malaka darajasini yuksaltirish, jismonan sog‗lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat‘iy hayotiy nuqtayi nazarga ega yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish, yosh avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini qo‗llab- quvvatlash va ro‗yobga chiqarish, bolalar va yoshlar o‗rtasida sog‗lom turmush tarzini shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish kerakligini nazarda tutadi. Buyuk bobomiz Abdulla Avloniy aytganlaridek ―Tarbiya biz uchun yo hayot- yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat-yo falokat masalasidir‖ deb qoldirgan oltin satrlari har qaysi zamon va makonda o‗z isbotini topmoqda. Shu barobarida imkoniyati cheklangan shaxslarni hayotga moslashishlari uchun biz ham birdek mas‘ul bo‗lishimiz kerak. Maktabgacha ta‘lim tizimi uzluksiz ta‘limning |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling